O’zbеkistоn Rеspublikаsi
Оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi
Pahtaobod Tibbiyot kolleji
1 kurs talabalar uchun o’quv darslik
(mа’ruzа mаtnlаri)
Mualif: Musayeva O
Taqrizchi: Dadaboyev Q
Shahobova D
2009-2010 yil
1-mаvzu. Informatika va axborotlar texnologiyalari fani va uning predmeti
Rеjа:
Kirish
Informatika va axborotlar texnologiyalariga qo‘yilgan talablar.
Informatika fanining ta’rifi, O‘zbekiston Respublikasida vujudga kelishi tarixi va hozirgi kundagi o‘rni.
Infоrmаtikа fаni prеdmеti.
1. Kirish.
Xozirgi zamonda biror bir soxada ishni boshlash va uni boshkarishni kompyutersiz tasavvur kilish kiyin. XXI asr savodxon kishisi bulishi uchun kompyuter savodxon bulish, axborot texnologiyalarini puxta egallamok lozim. Xar bir mutaxassis, u kaysi soxada ishlashdan kat’iy nazar, uz vazifasini zamon talabi darajasida bajarishi uchun axborotni ishlab chiqaruvchi vositalar va ularni ishlatish uslobiyotini bilish va ishlash kunikmalarga ega bulishi zarur. Shu sababli bugungi kunda mustakil Respublikamizda ta’lim soxasida amalga oshirilayotgan tub isloxotlar, jumladan, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da “Kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iktisodiy tarakkiyoti istikbollaridan, jamiyat yextijlaridan, Fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuklaridan kelib chiqqan holda kayta kurish nazarda tutiladi” deb ta’kidlangan.
Respublikamizdagi barcha oliy o‘quv yurtlarida, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida bugungi kunda kompyuter texnologiyalari va Butun jaxon axborot tarmogi bo‘lgan - Internetni ukuv jarayoniga tadbiq etishni rivojlantirishga katta axamiyat berilmoqda. Buning xukukiy asoslari Prezidentimizning "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish tugrisda"gi farmonida, Vazirlar Maxkamasining 2001 yil 23 maydagi "2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, Internetning xalkaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta’minlash" xaqidagi dasturlarida kursatib utilgan. Mamlakatimizdagi Akademik litseylar va kasb-xunar kollejlarining zamonaviy texnika vositalari va kompyuterlar bilan ta’minlanishi davom etayotgan bulsada, ulardan foydalanish va foydalanuvchilarning imkoniyat darajalarini kutarishni davr talabi takozo etmokda. Shuning uchun xam ukuv yurtlarimizda Informatika va axborot texnologiyalari fanlarining ukitilishiga va yangi texnikadan samarali foydalanishni amalga oshiruvchi pedagoglarning malakalarini oshirishga juda yuksak e’tibor berilayapti.
Ta’lim tizimi butunlay yangi mazmun kasb etayotgan xozirgi davrda xar bir fanning ukitilishi mazmunini kayta taxlildan utkazish, ta’lim bosqichlari buyicha uning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash asosida tubdan islox kilish va amaliy xayotga boglash nuktai nazardan yondashuv zarur buladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |