1. Karamdosh sabzavotlarning ahamiyati, tarqalish tarixi. Karam turlarining inson salomatligi muxofazasida axamiyati. Oq bosh karamning yetishtirish texnologiyasi


Karam turlarining inson salomatligi muxofazasida axamiyati



Download 43,78 Kb.
bet3/8
Sana03.07.2022
Hajmi43,78 Kb.
#735112
1   2   3   4   5   6   7   8
2. Karam turlarining inson salomatligi muxofazasida axamiyati.
Oqbosh karam ekiladigan V. capitata turi uchta kenja turga bo‘linadi:
1. Sharq karami. O‘simlik yirik, past poyali, barglari katta bo‘lib, yerga yopishib o‘sishi hamda yuzasi mum g‘ubor bilan qalin qoplanganligi bilan xarakterlanadi. Bu kenja turga issiqqa chidamli, o‘rta va kechpishar (Likurishka 498/15, Termez 2005, Ashxabadskaya, Tashkentskaya 10, Uzbekistanskaya 133, Sudya uzbekskiy kabi) navlar kiradi.
2. O‘rta yer dengizi karami. O‘simliklari qisqa kun, yuqori harorat talab qiladi. Shuning uchun mu’tadil iqlimda juda erkaklab ketadi va bizda ekilmaydi.
3. Yevropa karami. Turli muddatda pishadigan, morfologik belgilari har xil bo‘lgan navlarni o‘z ichiga olib, sovuqqa chidamliligi, issiqqa talabchanmasligi, uzun kunda yaxshi o‘sishi bilan farqlanadi. Bu kenja turga keng tarqalgan Slava 1305, Slava Gribovskaya 231, Nomer pervыy Gribovskiy 147, Iyunskaya, Saratoni, shuningdek Qizilbosh karamning Kamennaya golovka 447, GAKO 741 navi kiradi.
Karamning navlari bir-biridan morfologik belgilari va xo‘jalik-biologik xususiyatlari bilan farqlanadi. Uning eni muhim nav belgilari:
- Tashqi o‘zakning uzunligi: o‘zak 16 sm gacha – kalta, 16-20 sm o‘rtacha, 20 sm dan ziyod bo‘lsa uzun deyiladi.
- Tupbarg yirikligi va uning yer betiga nisbatan joylashishi (gorizontal, tik yoki yarim tik).
- Tupbargdagi barg shakli, yirikligi, rangi va mum g‘uborning mavjudligi.
- Karamboshining shakli, yirikligi, qattiq (zich) ligi hamda ichki o‘zak uzunligi.
- Karam boshning pishishi – qo‘chat o‘tkazilgach 2-2,5 oyda pishsa tezpishar, 2,5-3 oyda – o‘rtapishar, 3-4 oyda pishsa, kechpishar navlar deyiladi.
- Karamboshning saqlanuvchanligi – muhim biologik va xo‘jalik belgi bo‘lib, boshning yorilmasligi, mazasi va uzoq muddat saqlanishi bilan aniqlanadi. Odatda, karamboshni zich o‘raydigan navlar uzoq saqalandi. O‘zbekistonda ekiladigan oqbosh karam navlarining ta’rifi keltirilgan.
Biologik xususiyatlari.Oqbosh karam sovuqqa chidamli ikki yillik o‘simlik. Uning urug‘i 4-50 haroratda nishlaydi. Harorat 15-200 bo‘lganda 3-4 kunda unib chiqadi. Lekin, harorat yuqori bo‘lib, yorug‘lik yetishmasa ko‘chatxonalarda ko‘chatlar bo‘yiga o‘sib ketadi. Shu tufayli ko‘chatlar ko‘karib chiqqandagi davrda harorat 6-80 bo‘lsa, eng qulay hisoblanadi. O‘simlikning karambosh urashi uchun eng qulay harorat 15-180, lekin past (5-100) haroratda ham karambosh o‘sishi va shakllanishi mumkin. Karam ko‘chati minus –5-60, o‘simligi esa -80 gacha sovuqqa chidaydi. Kuzda o‘tkazilgan Derbentskaya mestnaya, Apsheronskaya ozimaya navlari esa minus –10, -12 gacha sovuqdan zararlanmaydi.
Dalaga o‘tqazilgan urug‘lik karamlar minus 5-70 sovuqdan shikastlanmaydi. Sutkalik o‘rtacha harorat 250 dan ortib, kunduzi 30-350 gacha borganda, karambosh o‘rashi sekinlashadi, tezpishar navlarda to‘xtaydi. Urug‘lik karam g‘ovlab, ko‘plab qo‘shimcha vegetativ novdalar chiqaradi, shona-gullari aynib, mayda barg plastinkalarga aylanib qoladi. Natijada karamning urug‘ hosili keskin kamayadi yoki butunlay urug‘ hosil qilmaydi.
O‘zbekistonda issiqqa chidamli o‘rtapishar navlar muvaffaqiyatli o‘stirilmoqda. Bu navlarining issiqqa chidamliligi anatomik xususiyatlari (barg epidermis to‘qimasining mayda hujayraliligi, og‘izcha teshikchalarining kattaligi va suv to‘plam qobiliyatining yuqoriligi bilan bog‘liq).
Ertapishar karam navlari ertagi hosil olish uchun plyonka ostida o‘stirib yetishtirilmoqda. Ertapishar navlar umuman karam urug‘ini respublikamiz sharoitida yetishtirish dolzarb muammo bo‘lib, iqlim va tuproq sharoitlarini hisobga olgan holda uni ekologik, agrotexnologik, tashkiliy-iqtisodiy jihatdan asoslash talab etiladi. Oqbosh karam tuproq unumdorligi, undagi oziq moddalar va namga talabchan.
V.I.Edelshteyn (1962) ma’lumotlariga ko‘ra, 500 s/ga oqbosh karam hosili oliganda yerdan 150 kg azot, 50 kg fosfor va 222 kg kaliy, Akademik V.I.Zuev va professor A.Abdullaev (1997) bo‘yicha O‘zbekiston bo‘z tuproqlarida 529 s/ga karam hosili olinganda esa yerdan 227 kg. Azot, 68 kg fosfor va 252 kg kaliy olib chiqadi. Shuning uchun organik va mineral o‘g‘itlarni solishga alohida e’tibor berish kerak. Tuproqdagi namning ortiqcha bo‘lishi, aeratsiyaning yomonlashuvchi, o‘simlikning o‘sishini to‘xtatib, barglarda antotsian (ko‘k-binafsha) rang paydo qiladi. Karamboshlar bo‘sh o‘raladi va hosil keskin kamayib ketadi.
Oqbosh karam uzun kun o‘simlik. Uzun kun bo‘lsa, karam ko‘chatining o‘sish va karamboshlar hosil bo‘lishi, ikkinchi yilgi o‘simliklarda esa gullashi hamda urug‘larning pishishi tezlashadi.
Karam – yorug‘sevar o‘simlik. Yorug‘ yetishmasa ko‘chatlar g‘ovlab ketadi, karamboshlar bo‘sh shakllanadi. Karamboshlar shakllanishi – assimilyatsiya apparati (erkin va yashil borglar) paydo bo‘lgach boshlanadi. Karamboshlar juda tez o‘sadi. Tezpishar navlarda ko‘chat dalaga ekilgandan keyin 60-85 kun o‘tgach to‘liq shakllanadi va texnik pishadi. Lekin, karambosh nisbatan bo‘sh va kam muddatga saqlanadi. Tuproqda namning yuqori bo‘lishi (dala nam sig‘imiga nisbatan 90 % dan ziyod) va o‘simlik azotli o‘g‘itlar bilan ortiqcha oziqlantirilsa, karambosh bo‘sh o‘raladi va hosildorlik kam bo‘ladi (B.Azimov, 1971).

Download 43,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish