1. Islom dini haqida tushuncha Iymon haqida tushuncha


«Albatta, Alloh adolatga, chiroyli amallar qilishga va qavm



Download 57,08 Kb.
bet4/15
Sana06.02.2022
Hajmi57,08 Kb.
#431905
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
islom tarixi; Islom va Iymon

«Albatta, Alloh adolatga, chiroyli amallar qilishga va qavm-qarindoshga yaxshilik qilishga buyuradi hamda buzuqlik, yomon ishlar va zo‘ravonliklardan qaytaradi. U zot shoyad ibrat-eslatma olarsizlar, deb sizlarga pand-nasihat qiladi» (Nahl: 90)1.
Islom ruknlari, ya’ni Islom asoslanadigan poyde­vorlar, Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilgan ushbu hadisda bayon qilinganidek, beshtadir: «Islom besh narsa ustiga qurilgan: Allohni yakkalash (boshqa bir rivo­yatda: Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad Allohning bandasi va elchisidir, deb guvohlik berish), namozni to‘­kis ado etish, zakotni berish, Ramazon oyi ro‘zasini tu­tish va haj qilish» (Muttafaqun alayh. Imom Muslim­ning lafzi).
1. «La ilaha illalloh va Muhammadur-rasululloh», deb guvohlik berish, til bilan talaffuz va qalb bi­lan e’tiqod qilish, demakdir. Ushbu guvohlik, guvohlik berilgan narsalar xilma-xil bo‘lsa-da, yagona bir rukn qilindi. Buning sababi, yo Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Alloh tomonidan yetkazuvchi bo‘lib, Uning banda va payg‘ambar ekaniga guvohlik berish «la ilaha illalloh» (Allohdan o‘zga iloh yo‘q), deb guvohlik be­rishning to‘ldiruvchisi ekani, yoki bu ikki guvohlik amallarning to‘g‘ri va qabul bo‘lishining asosi ekan­ligidir. Chunki Alloh taologa bo‘lgan ixlos va Uning payg‘ambariga ergashish bilangina amallar to‘g‘ri va qabul bo‘ladi. Demak, Alloh taologa bo‘lgan ixlos bilan «La ilaha illalloh» deb guvohlik berish ro‘yobga chiqsa, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga ergashish
bilan «Muhammad — Allohning bandasi va elchisidir», deb guvohlik berish ro‘yobga chiqadi.
Ushbu guvohlik samarasi — qalb va nafsning maxluqlarga qul bo‘lish va payg‘ambarlardan boshqalarga erga­shishdan ozod bo‘lishidir.
2. Namozni to‘kis ado etish — namozni o‘z vaqtida uzluksiz va mukammal ado etish bilan Alloh taologa qullikni ado etishdir.
Ushbu guvohlik samarasi — bag‘ri kenglik va quvonch. Hamda behayolik va gunoh ishlardan tiyilishdir.
3. Zakotni berish — belgilangan-muayyan miqdorga yetgan boylikdan belgilangan-muayyan miqdorni berish bilan Alloh taologa qullikni ado etishdir.
Buning samarasi — nafsni razil xulq bo‘lmish xasis­likdan poklash hamda Islom va musulmonlar ehtiyojini qondirishdir.
4. Ramazon oyi ro‘zasini tutish — Ramazon oyining kunduzida ro‘zani buzadigan barcha narsalardan tiyi­lish bilan Alloh taologa bo‘lgan qullikni ado etishdir.
Buning samarasi — Allohning roziligi uchun se-vimli bo‘lgan narsalarni tark qilish bilan nafsni chiniqtirishdir.
5. Haj qilish — haj amallarini ado etish uchun Ka’batullohni qasd qilish bilan Alloh taologa ibodat qilishdir.
Hajning samarasi esa, Alloh taologa itoat qilish yo‘lida moliyaviy chiqimlar va jismoniy kuchlarni sarflash bilan nafsni chiniqtirishdir. Shuning uchun ham haj, Alloh taolo yo‘lida qilingan jihod turlari­dan biri hisoblanadi.
Ushbu asoslarning biz eslatgan va eslatmagan barcha qirralari, xalqlar ichidan Alloh taoloning haq dini­ni qabul qilgan va yaralmishlar bilan adolat va rost­go‘ylik asosida muomala qiladigan pok Islom ummati­ni keltirib chiqaradi. Zero, Islomning bundan boshqa 14
qirralari, ushbu asoslarning salohiyatli bo‘lishi bi­langina salohiyatli bo‘ladi. Ummat ahvolining salohiyatining yo‘qolib borishi, uning din ishlarining salohiyatining yo‘qolishiga qarab bo‘ladi.
Bu so‘zlarning haqiqatini bilmoqchi bo‘lgan odam, Alloh taoloning ushbu oyatlarini o‘qisin:

Download 57,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish