1. Islom dini haqida tushuncha Iymon haqida tushuncha



Download 57,08 Kb.
bet14/15
Sana06.02.2022
Hajmi57,08 Kb.
#431905
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
islom tarixi; Islom va Iymon

Qiyomat kunining sharhi
- Dunyo maxluqoti tamoman halok bo’lgandan so’ng nima bo’ladi?
- Undan so’ng qiyomat boshlanadi. Alloh taolo odamlarni qaytadan tiriltiradi. Qabrlardagi va boshqa joylardagi o’liklar Alloh taoloning qudrati bilan bir joyga yig’ilib, xuddi tirik vaqtlaridagidek to’planishadi. So’ng Alloh taolo Isrofil alayhissalomga surni ikkinchi marotaba chalmoqni amr qiladi. So’ng har bir banda mahshar maydoniga jam bo’ladi.
- Mahshar maydoni qanaqa maydondir?
- U bandalarning o’tkinchi dunyoda qilgan amallarini hisob va taftish qiladigan joydir.
- Mahshar maydonida qanaqa ishlar bo’ladi?
- Har bandaga o’tkinchi dunyodagi amallari yozilgan daftar berilib, u amallarining har biri o’ziga ma’lum qilinadi. Va har kimning amali to’g’rilik, odillik tarozisi bilan o’lchanib,
jannat va do’zax ahllari saralanadi.
- Mahsharda bandalarning amallarini kimlar hisob va taftish qiladilar?
- Alloh taolo tarafidan buyurilgan vakil farishtalar.
- Hisobotdan so’ng bandalar qaysi yerga borishadi?
- Jahannam ustiga qurilgan Sirot ko’prigining yoniga boradilar.
- Sirot ko’prigidan kimlar o’tmoqqa qodir?
- Har bir solih va gunohlari kechirilgan mo’min zotlar. Ammo undan o’tolmagan
gunohkor zotlar Sirot ko’prigidan qulab jahannamga tushib ketadilar.

Bismillahir rohmanir rohiym.


Savol. "Tavhid kalimasi" qaysi?
Javob. "Tavhid kalimasi", ya’ni Xudoning yagonaligini aytiladigan muqaddas gap mana bu: "La ilaha illalloh. Muhammadun Rasululloh!".
Savol. "Tavhid kalimasi"ning ma’nosi nima?
Javob. Uning ma’nosi quyidagicha: "Bir Allohdan o‘zga iloh yo‘q. Muhammad alayhissalom Uning payg‘ambaridir!".
Savol. "Shahodat kalimasi" qaysi?
Javob. "Shahodat kalimasi", ya’ni Xudoning yagonaligi va payg‘ambarning haqligiga guvohlik beriladigan muqaddas gap mana bu: "Ashhadu an la iloha illalloh, va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluhu!".
Savol. "Shahodat kalimasi"ning ma’nosi nima?
Javob. "Shahodat kalimasi"ning ma’nosi quyidagicha: "Guvohlik beramanki, bir Allohdan o‘zga iloh yo‘qdir. Yana guvohlik beramanki, albatta Muhammad alayhissalom Uning bandasi hamda payg‘ambaridirlar!".
Savol. "Iymoni mujmal" qaysi?
Javob. "Iymoni mujmal", ya’ni qisqacha iymon keltiriladigan gap mana bu: "Amantu billahi kama huva bi-asmaihi va sifatihi va qabiltu jami’a ahkomihi!".
Savol. "Iymoni mujmal"ning ma’nosi nima?
Javob. Uning ma’nosi quyidagicha: "Iymon keltirdim, ya’ni ishondim Alloh taologa va uning hamma ismlariga va hamma sifatlariga hamda qabul qildim barcha buyurgan ishlarini!".
Savol. "Iymoni mufassal" qaysi?
Javob. "Iymoni mufassal", ya’ni batafsil baѐn etilgan iymon kalimasi quyidagicha: "Amantu billahi, va malaikatihi, va kutubihi, va rusulihi, val-yavmil-oxiri, val-qadari xoyrihi va sharrihi min Allohi taolo val-ba’si ba’dal-mavti!".
Savol. "Iymoni mufassal"ning ma’nosi nima?
Javob. Uning ma’nosi quyidagicha: "Iymon keltirdim – ishondim Alloh taologa, Uning farishtalariga, hamma payg‘ambarlariga, hamma kitoblariga, qiѐmat kuniga, har bir yaxshi va ѐmon ishlar Uning iroda va taqdiri ila bo‘lmog‘iga va hamma o‘lganlarni ikkinchi tiriltirmog‘iga". Savol. Iymonni arabcha ta’rifi qaysi?
Javob. Ushbudir: "al-Iymonu iqrorun bi-l-lisoni va tasdiqun bi-l-qalbi bima joa min bihi min indillohi. Muhammadun Rasululloh!".
Savol. Iymonning o‘zbekcha ta’rifi qanday?
Javob. Ma’nosi budir: "Iymon – Alloh taolodan keltirilgan har ishga iqror qilmoq til bilan va ishonmoq dil bilandir. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomdir".
Savol. Iymonni necha farzi bor?
Javob. Iymonda yetti farz bor.
Savol. Ular qaysilar?
Javob. Ular ushbulardir: 1) G‘aybga iymon keltirmoq; 2) G‘ayb ilmini Alloh taologa xos deb bilmoq; 3) Jannat bilan do‘zaxni ko‘rmay iymon keltirmoq; 4) Halol narsalarni halol deb bilmoq; 5) Harom narsalarni harom deb bilmoq; 6) Xudoy taoloning azobidan qo‘rqmoq; 7) Allohning rahmatidan umid tutmoq.
Savol. Iymonda necha vojib bor?
Javob. Iymonda o‘n ikki vojib bor.
Savol. Ular qaysilar?
Javob. Ular ushbulardir: 1) Ulamolar bilan suhbat tutmoq; 2) Gunohi ko‘p odamlardan o‘zni uzoq tutmoq; 3) Tashnalarga suv bermoq; 4) Bemorlarning hollarini so‘ramoq; 5) Yetimlarning boshlarini marhamat qo‘li bilan silamoq; 6) Yetimlarga shafqat qilmoq; 7) Aѐlmand bechoralarga muruvvat qilmoq; 8) O‘liklarni ko‘mishmoq; 9) Ikki urishgan odamni yarashtirmoq; 10) Yo‘l ustidagi zararli toshlar kabi narsalarni bir chetga olib qo‘ymoq; 11) Yo‘l ustidagi najosatlarni ustini ѐpib qo‘ymoq; 12) O‘z farzand va xotinlariga shariat ilmini o‘rgatmoq.
Savol. Iymonni amallari necha?
Javob. Iymonning amallari beshtadir.
Savol. Ular qaysilar?
Javob. Ular ushbulardir: 1) Hech kimsaning qonini nohaq to‘kmaslik; 2) Hech kishini molini zo‘rlik bilan olmaslik; 3) Hech kimsaning aybini oshkora qilmaslik; 4) Hech kimsani ѐmonlikka nisbat qilmaslik; 5) Iymonni amali shuki, mo‘minlarni jannatga doxil qilgay.
Savol. Iymonni baqosi (doim qolishi) necha narsa bilan bo‘ladi?
Javob. Iymonni baqosi (hamisha barqaror bo‘lishi) uch narsa bilandir.
Savol. Ular qaysilar?
Javob. Ular ushbulardir: 1) Iymonlik bo‘lganiga shod bo‘lmoq; 2) Iymonni zavolidan qo‘rqmoq; 3) Iymonni buzadigan narsalardan qochmoq.
Savol. Iymonni dunѐdagi foydasi nima?
Javob. Iymonning dunѐdagi foydasi ushbudir: iymonlik odamni shariat hukmi bilan moli va joni omonda bo‘ladi. Agar biror kimsani nohaq o‘ldirsa, o‘ldirguvchini o‘ldirilgay. Agar zino qilsa, toshbo‘ron qilingay. Mana shu iymonning dunѐdagi foydalaridan ayrimlari.
Savol. Iymonni oxiratdagi foydasi nima?
Javob. Iymonning oxiratdagi foydasi ushbudir: iymonli kimsa do‘zax otashidan ozod bo‘lgay; jannatga kirgay; Alloh taoloning diydoriga musharraf bo‘lgay. Mana shu iymonning oxiratdagi foydalaridan ayrimlari. Savol. Iymon necha turli bo‘ladi?
Javob. Iymon besh xil bo‘ladi.
Savol. Ular qaysilar?
Javob. Ular ushbulardir: 1) Iymoni matbu’ (Ergashilgan ishonch); 2) Iymoni ma’sum (Poklangan ishonch); 3) Iymoni maqbul (Qabul qilingan ishonch); 4) Iymoni mavquf (To‘xtab turilgan, qabulligi shubhali ishonch); 5) Iymoni mardud (Rad qilingan ishonch).
Savol. Bular kimlarning iymoni?
Javob. Bular quyidagi odamlarning iymoni. Birinchisi, farishtalarning iymoni. Ikkinchisi, payg‘ambarlarning iymoni. Uchinchisi, mo‘minlarning iymoni. To‘rtinchisi, mubtade’ – bid’atchilarning iymoni. Beshinchisi, munofiqlarning iymonidir.
Savol. Iymonning boshi nima?
Javob. Iymonning boshi "La ilaha illalloh. Muhammadun Rasululloh!" demoqdir.
Savol. Iymonning kamoli nima?
Javob. Iymonning kamoli din va millatning yo‘lida boshiga har ranj va alam, har qancha jabru sitam yetsa, ularga sabr qilmoqdir.
Savol. Iymonning asli nima?
Javob. Alloh taoloning bandalariga qilgan atosidir.
Savol. Haѐ nima?
Javob. "al-Haѐ min al-iymon!" – "Haѐ iymondandir!".
Savol. Haѐ qaydadir?
Javob. Haѐ odamzodning yuzida bo‘ladi.
Savol. Iymonning tanasi nima?
Javob. Iymonning tanasi har kuni besh vaqt namoz o‘qimoqdir.
Savol. Iymonning dili – yuragi nima?
Javob. Iymonning dili Qur’oni karimni tilovat qilmoqdir.
Savol. Iymonning nuri nima?
Javob. Iymonning nuri to‘g‘ri so‘zlamoqdir.
Savol. Iymonning xiraligi nima narsadan bo‘ladi?
Javob. Iymonning xiraligi ѐlg‘on so‘zlamoqdir.
Savol. Iymonning tangligi nima?
Javob. Iymonning tangligi benamoz bo‘lmoqdir.
Savol. Iymoning ulug‘ligi nima?
Javob. Iymonning ulug‘ligi Alloh taoloni ko‘p ѐd qilmoqdir.
Savol. Iymonning po‘sti nima?
Javob. Iymonning po‘sti sharm – uyalmoqdir.
Savol. Iymonning mevasi nima?
Javob. Iymonning mevasi ro‘za tutmoqdir.
Savol. Iymonning tuxmi nima?
Javob. Iymonning tuxmi shariat ilmlarini o‘qib-o‘rganishdir.
Savol. Iymonning tomiri nima?
Javob. Iymonning tomiri har bir ahkomi sharitani ixlos bilan qilmoqdir. Savol. Iymonning chirog‘i nima?
Javob. Iymonning chirog‘i halol yemoq va harom narsalardan qochmoqdir.
Savol. Iymonning qo‘rg‘oni nima?
Javob. Iymonning qo‘rg‘oni beshdir.
Savol. Ular qaysilar?
Javob. Ular quyidagilar: 1) Odob-axloq; 2) Mustahab; 3) Sunnat; 4) Vojib; 5) Farz.
Savol. Betasdiq ma’rifat iymon hisoblanadimi?
Javob. Betasdiq ma’rifat, ya’ni bilib turib ko‘ngli bilan ishonmaslik iymon emasdir.
Savol. Bu qanday bo‘ladi?
Javob. Zero, Iblisda bilmoq bor, tasdiq yo‘q edi. Shuning uchun beiymon kofir bo‘ldi.
Savol. Betasdiq iqror iymon hisoblanadimi?
Javob. Betasdiq iqror, ya’ni bilib turib iqror qilmaslik iymon emasdir. Bunga barcha ulamolar ittifoq qilganlar.
Savol. Iqrorsiz tasdiq iymon hisoblanadimi?
Javob. Iqrorsiz tasdiq ham iymon emasdir. Imomi A’zam rahimahulloh shu fikrda bo‘lganlar. Biroq, Imom Moturidiy rahimahulloh buning iymon hisoblanishiga fatvo berganlar.
Savol. Iymon ziѐda va kam bo‘ladimi?
Javob. Iymon ismda ziѐda va kam bo‘lmaydi. Biroq, amalda ziѐdalik va kamlik bo‘lur. Chunonchi, otning ozg‘inini ham, semizini ham ot deyiladi. Lekin, uning bajaradigan ishiga qarab farqlanadi. Vallohu a’lam! Savol. Necha narsaga iymon keltirmoq farz?
Javob. Yetti narsaga iymon keltirmoq farz bo‘ladi.
Savol. Ular qaysilar?
Javob. Ular quyidagilardir: 1) Alloh taoloning bor va birligiga, hamma sifatlariga iymon keltirmoq va chin ko‘ngil bilan ishonmoq; 2) Alloh taoloning hamma farishtalariga iymon keltirmoq; 3) Alloh taoloning barcha kitoblariga iymon keltirmoq; 4) Alloh taoloning hamma payg‘ambarlariga iymon keltirmoq; 5) Qiѐmat kuniga iymon keltirmoq; 6) Alloh taoloning har bir qilgan taqdiriga iymon keltirmoq; 7) Qiѐmat kuni hamma o‘lganlarning qayti tirilmog‘iga iymon keltirmoqdir.

Download 57,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish