1-Dars. Yangi o‘zbek adabiyoti va uning o’ziga xos xususiyatlari



Download 0,56 Mb.
bet10/17
Sana21.02.2022
Hajmi0,56 Mb.
#622
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Savol va topshiriqlar:
1.”O’tkan kunlar’ romaning byozilish sababi nimada deb o’ylaysiz?
2.Adib nima sababdan o’sha davrni “tariximizning eng kir va qora kunlari” deb atadi?
3.Otabek va Kumush fojeasining sabablari nimada?
4.Asarda qanday ma’naviy axloqiy muammolar qalamga olingan?
5.”Mehrobdan chayon” romani qachon , qanday vaziyatda yozilgan?
6. Roman nega “Mehrobdan chayon” deb atalgan?
7. Romanda adib qanday badiiy estetik tamoyillarga amal qilgan?
11-Dars. Abdulhamid Cho‘lpon hayoti va ijodi
Reja:
1.Cho‘lpon–yangi o‘zbek adabiyotining yorqin yulduzi
2.Adibning hayot va ijod yo‘li
3.Cho‘lpon dramalari
O`zbek adabiy tilni shaklllantirish va rivojlantirishga katta xissa qo`shgan, o`zbek adabiyotini yangi janrlar bilan boyitgan, zamonaviy tarjima maktabiga asos slogan, milliy tetrimizning asoschilaridan biri bo`lgan Abdulhamid Sulaymon o`g`li Cho`lpon 1898-yil Andijon shaxrining Qatorterak mahallasida tug`ilgan. Uning otasi Sulaymonqul Muhammadyunus dehqonchilik, hunarmandchilik, bazzozlik bilan shug`ullanib, “Rasvo” taxallusi bilan hajviy she`rlar yozgan, o`g`lining mudarris bo`lishini xohlagan. Onasi Oysha aya esa o`g`lining ijodiga katta ta`sir ko`rsatgan. Abdulhamid dastlab eski maktabda, keyin Andijon va Toshkent madrasalarida, rus-tuzem maktabida o`qiydi. U o`zbek, turk, fors, arab, rus tillarini yaxshi biladigan, Sharq va Ovro`pa madaniyatini chuqur o`zlashtirgan ziyoli bo`lib yetishadi, Turkistonda chiqadigan gazetalaridan jadidlik g`oyalari bilan yaqindan tanishadi va shu g`oyalarga xizmat qiluvchi asarlar yoza boshlaydi.
Cho`lpon “Qurboni jaholat” (ilk asari, 1914), “Do`xtur Muhammadyor” hikoyalarini hamda “Yozuvchilarimizga”, “Adabiyot nadur?” nomli maqolalarini e`lon qilganda 16 yoshda edi. Uning dastlabki asarlari “Sadoyi Farg`ona” , “Sadoyi Turkiston” gazetalarida e`lon qilinadi. Shoirning ilk she`ri “Turkistonlik qarindoshlarimg`a” (1914) dir.
Adibning taqdiriga katta ta`sir ko`rsatgan Toshkent jadidlarining sardori Munavvar qori Abdurashidxonov edi.
Qo`qon (Turkiston) Muxtoriyatining kuychisi bo`lgan Cholpon uning “Ozod turk bayrami” nomli madhiyasini ham yozgan.
U 1918-yilda Orenburgga boradi va boshqirdiston hukumatining raisiga kotib bo`ladi, 1919-yil “ Yangi Sharq” gazetasida, 1923-yil Andijondagi “Darxon” gazetasida ishlaydi. 1921-22-yillarda shoir fitratning taklifi bilan “ Axbori Buxoro” gazetasida muharrirlik qiladi, asarlari bilan “Inqilob”, “ Haqiqat” jurnallarida ham qatnashib turadi.
1930-yillarda matbuotda Cho`lponga qarshi maqolalar tinimsiz chiqa boshlagach, 1932-yilda Moskvaga ko`chib ketib jon saqlaydi. Hatto Cho`lponning qand kasaliga mubtalo bo`lgani sababli shotut yeb yurishi ham uning eskilikka mukkasidan berilganini isbotlovchi dalil sifatida unga qarshi kurashda muxoliflarga dastak bo`lgan. Bu haqda Cho`lponning o`zi: “Qand kasalimga hech qayda yaxshi davo topa olmagandan keyin sharq tabobatiga ishonib ketib, shotut yeyishim yana bir xatoim edi”,- deb yozgan edi.
Cho`lpon 1924-1926-yillarda Moskvada tashkil etilgan o`zbek dramastudiyasida tarjimon, adabiy emakdosh va dramaturg sifatida faoliyat ko`rsatadi, 1935-yilning boshlarida esa Toshkentga qaytib, Hamza nomli teatrda (shu teatrning tashkilotchilaridan biri Cho`lpon edi) adabiy emakdosh bo`lib xizmat qiladi. U 1937-yil 14-iyulda qamoqqa olinib, 1938-yil 4-oktabrda Toshkentning yunusobod tumanidagi qatlgohlarning birida otib tashlanadi. Cho`lponni o`limga hukm qilgan sud qarori ham 1938-yilning 5-oktabrida chiqarilgan.
Cho`lpon lirikasining asosiy mavzusi mavjud ijtimoiy tuzumga nisbatan isyondir. Uning ishqiy she`rlarida esa soch obrazi muhim ma`no tashiydi . Shoir she`rlaridagi qor obrazi esa mustamlakichi davlatning, tuzumning ramzidir.
Cho`lpon sho`rolar hukumatini dastlab “Sharqni qul emas , hur qilg`usidir” deb iliq kutib olgan , oktabr inqilobi bilan murosada bo`lgan.
Shoir “Qalandar”, “Mirzaqalandar”, “Andijonlik”, “Q.”, “Cho`lpon” (“Tong yulduzi”. Bu taxallusi unga Munavvar qori bergan) taxalluslari bilan ijod qilgan. Qatog`on qurboni Cho`lpon adabiyotni “o`tkir yurak kirlarini yuvadurg`on ma`rifat suvi” deb atagan edi.
Adabning “Kuz yomg`iri” she`ri Moskvada yozilgan. Bu she`r tabiatning rangin tasviri emas, balki qora qalam bilan chizilgan eskizidir.
Cho`lpon ko`pgina asarlarni o`zbek tiliga tarjima qilgan. Bu asarlar quyidagilardir: Shekspir “Hamlet”, K. Gossi “Malikai Turondot, Molyer “Xasis”, Goldoni “Ikki boyga bir qarol”, Shiller “ Bosmachilar “, Pushkin “Boris Godunov”, “Dubrovskiy”, Gogol “Tergovchi”, Franko “Feruza” , Gorkiy “Ona”, Andreyev “Osilgan yetti kishining hikoyasi”, I. S. Turgenev “Cho`ri qiz” va boshq.
Shoirning eng sara asarlarini o`zida jamlangan “Yana oldim sozimni” kitobi 1991-yilda nashr etildi. Shu yili yangi ta`sis etilgan Alisher Navoiy nomidagi mukofotning dastlabki sohiblaridan biri ham Cho`lpon bo`ldi.
Asarlari: “Uyg`onish” (1922), “Buloqlar” (1923), “Tong sirlari (1926), “Soz” (1923), “Jo`r” (so`nggi to`plami , nashr etilmay qolgan) kabi she`riy to`plamlari. Oydin kechalarda” (hikoya qahramonlari: Zaynab kampir, Qodirjon va boshq.), “ Qor qo`ynida lola”, “Novvoy qiz”, “Oq podshoning in`omi”, “Gavharoy” kabi hikoyalari, “Mushtumzo`r”, “O`rtoq Qarshiboyev”, “Hujum” (V. Yan bilan hamkorlikda yozilgan), “Yorqinoy” (1920-yida yozilgan ertak-pyesa, unda o`zbek folklori (ertaklari) motivlari asosida o`zbek xalqiningerk va ozodlik uchun olib brogan kurashlari gavdalantirilgan. Asar qahramonlari: Po`lat, O`lmas botir hamda uning qizi Yorqinoy vujudida To`marisning qoni jo`sh urib turganiga ishonch hosil qilamiz), “Kecha va kunduz”, “Xalq” (1921), “Binafsha”, “Buzilgan o`lkaga”, “Ko`ngil”, “Kishan”, “Go`zal”, “Sezgi”, “Diyorim”, “Vijdon erki”, “Qo`zg`alish”, “Xazon” (1923), “O`zbegim”, “Qalandar ishqi” (bu she`rni intim lirikaning yorqin namunasi sifatida qarash mumkin), “Galdir”, “Yo`l esdaligi”, “Sharq uchun”, “Amirning o`limi”, “Erkinlik istagi”, “Men shoirmi?” (1928), “Somon parcha”, “Cho`lpon sevgisi”, “Kuz”, “Qor”, “Yong`in” kabi she`rlari , “Adabiyot nadur?” (unda Cho`lpon “Adabiyot har bir millatning hisli ko`ngul tarixining eng qorong`u xonalarida maishat (tirikchilik)ning ketishiga qarab har xil tusda va rangda yetishgan, fayzli til birla taqdir etula olmaydigan bir guldur”. …Adabiyot yashasa millat yashar… Hozirda bizg`a birdan lozim bo`lgan narsa … adabiyot, adabiyot…”, deb yozgan), “Hijrat” (sahnalashtirilmagan), “Safarnoma”, “Halil farang” (1921), “Yana uylanaman” (1926), “Cho`rining isyoni”, “Qaytish yo`q” (maqola) va boshq.
She`rlaridan parchalar:
Muhabbatning saroyi keng ekan yo`lni yo`qotdim-ku,
Asrlik tosh yanglig` bu xatarli yo`lda qotdim-ku.
(“Qalandar ishqi”dan)
Kishan gavdamdagi izlar bukun ham bitgani yo`qdir!
Temir barmoqlaringning dog`I butkul ketgani yo`qdir!
(“Kishan”dan)
Shoirlik menda bir soyami deyman,
Har bir tushunchamni yoza olmagach,
Rassomdek xayolga chiza olmagach,
Haqir borlig`imga ko`p afsus yeyman.
(“Men shoirmi?”she`ridan)
Ey, sovuq ellardan muz kiyib kelg`onlar,
U qo`pol tushingiz qorlarda yo`q bo`lsin!
Ey, mening bog`imdan mevamni terg`onlar.
U qora boshingiz yerlarga ko`milsin!
(“Xazon”she`ridan)

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish