4. Mustahkamlash: Guruhlarda ishlash.
Quyosh tutilishi – Oy soyasi Yerga tushganda sodir bo’ladi. Quyosh tutilishi 3 xil bo’ladi:
To’la tutilish
Qisman tutilish
Halqasimon tutilish
Quyoshning to’la tutilishi davrida uning toji namoyon bo’ladi.
To’la tutilishga Oy quyoshni butunlay to’sib qo’yadi. Qisman tutilish oyning yarim soyasi tushgan joylarda kuzatiladi. Halqasimon tutilishda Oy Quyoshning o’rta qismini to’sadi. Bunga sabab Yerdan Oygacha va Quyoshgacha masofalarning biroz o’zgarib turishidir.
Oy Yer soyasiga tushib qolganda Oy tutilishi sodir bo’ladi. Bu faqat to’lin oyda kuzatiladi. Oy tutilishi 2 xil ko’rinishda bo’ladi:
Qisman
To’la
Saros davri – 18 yil 11,3 sutka. Bu davrda Quyosh va Oy tutilishlari davriy takrorlanadi. Saros davrida 43 marta Quyosh, 28 marta Oy tutiladi. Quyoshning to’la tutilishi ayni bir joyda 200-300 yilda bir marta bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |