3. Yangi mavzuni o’rganish
Guruhlar taqdimoti
XVIasrda mashhur polyak astronomi Nikolay Kopernik (1473-1543) tomonidan olam tuzilishining geliosentrik nazariyasini yaratadi.
Quyosh – yunonlarda Gelios xudosi, Misrda Ra xudosi deb atalgan. Quyosh - Quyosh sistemasining markazi. Uning massasi sayyoralar massasidan 740 marta, Yer massasidan 333000 marta katta. Uning tarkibi vodorod(74,7%) va geliy(23,7) elementlaridan tashkil topgan. Quyoshdan yergacha bo’lgan masofa 150 mln km. termoyadro reaksiyasi natijasida vodorod geliyga aylanadi. Buning oqibatida beqiyos miqdorda energiya ajralib chiqadi. Quyosh sirtida temperature 5500°C. yadrosida 15,000,000°C. Quyosh bundan 5 mlrd yil oldin paydo bo’lgan. Quyosh tarkibidagi vodorod geliyga aylangach yadrosi siqiladi, tashqi qobig’I kengayib qizil gigantga aylanadi.
Quyosh sistemasidagi sayyoralar soni 9 ta va ular quyidagi tartibda joylashgan: Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, Pluton. Bu sayyoralar ikki guruhga ajratilgan:
Yer guruhiga kiruvchi sayyoralar: Merkuriy, Venera, Yer, Mars
Gigant sayoralar: Yupiter, Saturn, Uran, Neptun
Pluton ikkala guruhga han taalluqli bo’lmagan eng uzoq sayyora.
Yer guruhiga kiruvchi sayyoralar diametric, zichligi bilan o’xshaydi. Gigant sayyoralar ham zichligi, o’lchami, yo’ldoshlarning ko’pligi bilan o’xshaydi.
Merkuriy(Utorud). Yuzasi toshloq kratorlardan iborat. Atmosferasi tarkibida geliy, vodorod, kislorod, neon, argon gazlari mavjud. Sayyoraning yoritilgan qismining temperaturasi 290-430°C. yoritilmagan qismining temperaturasi -160°C. yo’ldoshi yo’q.
Venera(Zuhro). Yuzasi notekis, qoyatoshlari ko’p, vulqonli kratorlari mavjud. Sulfat kislota 75-85%li ikki qavatli bulutlar mavjud bo’lib, Quyosh nurlarini deyarli o’tkazmaydi. Atmosfera tarkibi CO2 ~ 96%, azot – 3,5%, suv bug’lari 0,2%. Aylanish o’qi orbita tekisligiga perpendikulyar bo’lganligi sababli fasllar almashinuvi kuzatilmaydi. Aylanish yo’nalishi Yerga nisbatan teskari. Quyosh G’arbdan chiqib, Sharqqa botadi.
Yer. Yuzasi qattiq bo’lib, tuproq va suv bilan qoplangan. Atmosferasining tarkibi azot – 78%, kislorod – 21% va boshqa gazlar. Bulutlari suv bug’laridan iborat. Yo’ldoshi – Oy. Oyning sirti krator, dengizlardan iborat. Tog’larning balandligi 9 kmgacha yetadi. Yoriyilgan qismining temperaturasi 130°C, yoritilmagan qismining temperaturasi -170°C. Atmosferasi yo’q.
Mars(Mirris) – urush xudosi. Yuzasi tosh va qum bilan qoplangan. Tog’larning balandligi 25 kmgacha. Atmosferasi CO2 – 95%, azot – 1,5-2%, argon va kislorod 0,2%, suv bug’lari 0,1%. Temperaturasi -103°C - +17°C. kuchli bo’ronlar bo’lib, ba’zan 50 kmgacha ko’tariladi. Qurigan daryo, ko’llar izlari mavjud. Mars qutblarida muzliklar mavjud bo’lib, ularning o’lchamlari o’zgarib turadi. Yo’ldoshlari 2 ta: Deymos va Fobos.
Yupiter(Mushtariy) – Oliy xudo. Massasi qolgan 8 ta sayyoralarning birgalikdagi massasidan 2,5 baravar katta. O’z o’qi atrofida 10 soatga aylanib chiqadi. Atmosferasi vodorod(70%), geliy(28%)dan iborat. Aylanish o’qi orbita tekisligiga perpendikulyar bo’lganligi sababli fasllar almashinuvi kuzatilmaydi. Yo’ldoshlari 61 ta. Eng kattalari: Io, Yevropa, Ganimed, Kallisto. Yupiter atrofida chang va muz bo’laklaridan iborat halqasi mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |