1 bosqich sirtqi talabalariga oraliq nazorat uchun savollar: Adabiyot nazariyasi deganda nimani tushunasiz?



Download 29,74 Kb.
bet4/4
Sana20.06.2021
Hajmi29,74 Kb.
#71746
1   2   3   4
Bog'liq
adabiyotshunoslik

Adabiyotshunoslik – badi-iy adabiyotni, uning mazmun-mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlari, paydo bo‘lish va rivojlanish bosqichlari, ijtimo-iy funksiyasi, ijodiy jarayon qonuni-yatlarini o‘rganadigan fan. U bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan Z bo‘limni: adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi va adabiy tanqidni o‘z ichiga oladi. A.ning ildizi maqol, qo‘shiq, doston singari xalq og‘zaki ijodi namunalari yuzasidan bildirilgan ilk mulohazalarga borib boglanadi. Mas, Mahmud Koshg‘ariyning "Devonu lug‘otit turk" asaridan joy olgan matallarga, badiiy so‘z unsurlariga ilmiy-tekstologik munosabat, o‘sha davr adabiy janrlari haqidagi fikrlar A.ning olis tarixidagi ko‘rinishidir.A. ilmiga oid teran qarashlar Foro-biining "She’r san’ati..." kitobida mu-fassal bayon qilingan (10-asr). Unda she’riy asarning yaralish tabiati, ijodkor shaxsi va mahorat muammolari, so‘z qadri xususida fikr yuritiladi. 11-asrda yashagan adabiyotshunos olim Abdulqodir Jur-joniyning "Asror ul-balog‘a fi-ilmi bayon" ("Bayon ilmida balog‘at sirlari") asarida so‘z san’atidagi shakl va mazmun masalasiga alohida urg‘u berilsa, 13-asrda yashagan qomusiy olim Kays Roziyning "Kitob ul-mo‘’jam fi-maoyiri ash’or il-ajam" ("Ajam she’riyati me’yorlari qomusi") kitobida nazariy masalalar – aruz tizimi, poetik san’atlar, she’riy janrlar tahlil etilgan. Kaykovusning "Qobusnoma"sidan (11-asr) esa, she’r jamiyatning turli qatlamlari estetik talablaridan kelib chiqib yaratilishi, badiiy asar, albatta, ta’sirchan bo‘lishi lozimligi haqidagi mulohazalar o‘rin olgan.Adabiyot tarixi yo‘nalishida muay-yan xalq (xalqlar, mintaqa, jahon) badiiy adabiyotining tarixiy taraqqiyoti hamda yozuvchi-shoirlarning hayot va ijod yo‘li chuqur o‘rganiladi. Jumladan, o‘zbek milliy adabiyoti bosib o‘tgan uzoq tari-xiy yo‘l, zamon, siyosat va adabiy jarayon munosabatlarining o‘ziga xosliklari, u yoxud bu ijodkorning ushbu jarayon-ga ko‘rsatgan ta’siri yuzasidan ko‘plab tadqiqotlar yaratilgan.A. tarixida 12-asrda yashagan shoir va adabiyotshunos Nizomiy Aruziy ibn Umar Samarqandiy, 15-asrda adabiyotshu-nos olim Atoulloh Husayniy, Zamax-shariy, Xondamir, Vosifiy asarlari muhim ahamiyatga egadir.O‘zbek A.ning takomili Navoiy (qarang Alisher Navoiy) ijodiy faoliyati bilan chambarchas bog‘liq. O‘zbek tilidagi tazkira janriga asos solgan "Majolis un-nafois" ("Go‘zal majlislar") ilk o‘zbek adabiy qomusi hisoblanadi. Ushbu asarda Navoiy deyarli yarim asr mobaynida o‘ziga zamondosh bo‘lgan 469 shoir, olim, bastakor, hattot, she’riyat homiylari haqida ma’lumot beradi, badiiy mahorat, san’atkorning ijtimoiy burchi, poetik janr masalalarini yoritadi. Navoiyning "Holoti Pahlavon Muhammad", "Holoti Sayyid Hasan Ardasher", Jomiyga bag‘ishlangan "Hamsat ul-mutahayyirin" ("Besh hayrat") singari asarlari adabiy portretning dastlabki namunalaridir. Uning "Mezon ul-avzon" ("Vaznlar o‘lchovi") asarlarida aruzning nazariy, amaliy masalalari tadqiq etil-gan. Husayn Boyqaro esa, o‘z navbatida, Navoiyning betakror mahorati, u yaratgan adabiy muhit, davr adabiy jarayoni haqida ma’lumot beruvchi risola yarat-gan. Zahiriddin Muhammad Bobur "Mux-tasar" kitobi bilan Navoiydan so‘ng aruz ilmi tadqiqini yangi bosqichga ko‘tardi. Bu kitobda aruzning 20 dan ortiq bahri, 530 dan ortiq vazni haqida ma’lumot be-riladi.O‘zbek adabiyotshunosligining key-ingi davrlardagi yo‘nalishini, asosan, tazkiralar belgilaydi. Jumladan, 19-asr boshlarida Fazliy rahbarligida she’riy shaklda yaratilgan "Majmuai sho-iron" ("Shoirlar guruhi") tazkirasi Qo‘qon xoni saroyiga to‘plangan ijod-korlar haqida nisbatan to‘liq ma’lu-mot beradi. Ahmad Tabibiyning she’riy shakldagi "Majmuat ash-shuaroi Feruzshohiy" ("Shoh Feruz shoirlari guruhi") hamda "Muhammasoti majmuat ush-shuaroi Feruzshohiy" ("Shog‘ Feruz shoirlari guruhining muhammaslari") tazkiralarida ijodkorlarning asarlari janrlarga bo‘lib o‘rganiladi (20-asr boshi). Birinchisida g‘azallar, ikkinchisida muhammas va musaddaslar tahlil etiladi.Matbuot va noshirlik ishlarining rivoji 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida o‘zbek tanqidchiligi, adabiyotshunosligi uchun yangi imkoniyatlarni vujudga keltirdi. Ayniqsa, adabiy tanqidda uyg‘onish ro‘y berdi – harakatdagi ada-biy jarayonni, yozuvchi ijodini, ada-biy muammolarni davrning ma’naviy va estetik talablari, ommaning ruhiy ehtiyojlaridan kelib chiqib o‘rganish, adabiyot taraqqiyotidagi, ijodkor mahoratidagi yangiliklarni kashf etish, kamchiliklarni baholi qudrat ko‘rsatish boshlandi. Hoji Muin, Mirmuhsin Shermuhamedov, Behbudiy, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat, Ashura-li Zohiriy, Vadud Mahmudlarning maqolalarida so‘z san’ati oldida turgan muhim ijtimoiy vazifalarga urg‘u be-rildi, adabiyot rivojini millat, Vatan, istiqpol, mustaqil yurt uchun kurashuvchi yangi insonni tarbiyalash masalalari bilan bog‘lashga harakat qilindi. Cho‘lponning "Adabiyot nadur?" (1914) maqolasida o‘rtaga tashlangan "Adabiyot yashasa – millat yashar" degan g‘oya milliy uyg‘onish uchun ham da’vat bo‘ldi.20-yillar o‘rtalarigacha A., asosan, ada-biy tanqid doirasida faoliyat ko‘rsatdi. Shu paytlardan e’tiboran sho‘ro hukumati uni o‘z yo‘rig‘iga sola boshladi. Ijod mahsulini baholashda mafko‘ra, o‘tkinchi siyosat bosh mezonga aylandi. Adabiyot va A.dan bir yoqpama (markscha) dunyoqarash bilan qurollanish, voqelik va uning badiiy in’ikosi bo‘lmish san’atga faqat sinfiy kurash, sho‘rolar mafkurasi nuqtai nazaridan turib yondashish talab qilindi. Bularga qo‘shimcha, mumtoz ada-biy merosdan voz kechish tamoyili hukm surdi. Yassaviy, Navoiy, Bobur, Mashrab, Hofiz, Rumiy, Huvaydo singari shoirlar yaratgan ma’naviy mulk o‘quvchiga ke-raksiz, hatto, ziyonli deb e’lon qilindi. Abdurauf Fitrat, Otajon Hoshim kabi adabiyotshunoslar bunday qarashlarga qarshi chiqib, madaniy merosni himoya qilishga urindilar.Shu yillari, muayyan kamchiliklardan holi bo‘lmasada, dastlabki nazariy qo‘llanma – adabiyotshunos Abdurahmon Sa’diyning "Amaliy, ham nazariy ada-178biyot darslari" (1924) yaratildi. Fitratning "Adabiyot qoidalari" (1926) darsligida esa o‘z davri Sharq va G‘arb adabiyoti nazariyasi muammolari yoritildi. Shu muallifning "O‘zbek adabiyoti namunalari" kitobida O‘rxun-Yenisey bitiklari, "Alpomish", "Kitobi dadam Qo‘rqut", "Devonu lug‘otit turk"dan par-chalar berildi, Yassaviy, Boqirg‘oniy, Lutfiy, Atoiy, Navoiy, Bobur asarlaridan misollar keltirildi.20-yillar oxiri – 30-yillar boshlarida sho‘ro adabiy siyosatida partiyaviy tazyiq ostida sinfiy dushman axtarish ruhi kuchaydi, ijod erkinligi bo‘g‘ildi, vulgar sotsiologizm ko‘rinishlari avj oldi. Abdulla Qodiriyning "O‘tgan kunlar", "Mehrobdan chayon" romanlari zararli asar deb, muallifning o‘zi esa burjua adibi deb qoralandi.30-yillar o‘rtasidan markaz Yozuvchilar uyushmasi qurultoyining qarori bilan rasmiy kuchga kirgan sotsialistik rea-lizm metodi haqidagi aqidaning keng joriy etilishi oqibatida o‘zbek A.ga partiyaviylik, sinfiylik, g‘oyaviylik, shaklan milliy, mazmunan sotsialistik degan tushunchalar chuqur singib bordi. Mumtoz adabiyotga munosabatda uni sa-roy adabiyoti, diniy-klerikal adabi-yot, reaksion yoxud progressiv deya bir xalq adabiyotini ikkiga ajratib talqin etish, ijodkorlar va ularning merosini sinfiy qarshilantirish tamoyili urfga kirdi. O‘ziga xos yondashuv va tahlilni talab etadigan Yassaviy, Boqirg‘oniy, Boyqaro, Mashrab, Huvaydo, Amiriy, Feruz (Muhammad Rahimxon) kabi sho-irlar merosi batamom qoralandi, ular ijodini o‘rganish deyarli man qilindi. Sho‘ro mafkurasining zug‘umi, tanqid va A.ning jiddiy xatolari tufayli Abdul-la Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, So‘fizoda, Elbek, Botu, Usmon Nosir singari shoir va yozuvchilar, Otajon Hoshim, Vadud Mahmud kabi adabiyotshunoslar jisman yoxud ma’nan mahv etildilar.O‘sha yillardagi nisbatan ijobiy faktlar sifatida So‘fizoda, Oybek, G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon haqida adabiy portretlar yozilganini, Izzat Sultonning "Adabiyot nazariyasi" darsligi va boshqa monografiyalar nashr etilganini qayd etish mumkin. Biroq 40-yillar oxiri – 50-yillar boshlarida A. fani kosmopolitizmga qarshi kurash, yagona oqim, konfliktsizlik nazariyasi deb nomlangan xato yo‘llarni bosib o‘tishiga ham to‘gri keddi. Ayni shu yillari Oy-bek, Maqsud Shayxzoda va boshqa mualliflarning tarixiy yo‘nalishdagi, Abdulla Qahhor, Mirtemir, Said Ahmad singari adiblarning zamonaviy mavzudagi asarlari, o‘sha "nazariyalar" dan kelib chiqib, nohaq qoralandi.50-yillar o‘rtalaridan avval qatli om qilingan ayrim yozuvchi-shoirlar hayoti va ijodini qayta o‘rganishga harakatlar bo‘ldi. Matyoqub Ho‘shjonov, Ozod Shara-fiddinov, Ibrohim G‘afurov, Umarali Normatov, Salohiddin Mamajonov, So-bir Mirvaliyev singari adabiyotshunos olimlarning adabiy jarayon, alohida ijodkor va asar haqidagi kitob va maqolalari adabiyotning nisbatan erkin nafas olishiga zamin yaratdi.60–70-yillarda o‘zbek adabiyoti tarixi yuzasidan qator asarlar yaratildi. Jumladan, ilk adabiy yodgorliklardan tortib 20-asr boshlarigacha bo‘lgan dav-rlar merosini qamrab oluvchi 5 jild-li "O‘zbek adabiyoti tarixi" kitobi nashr qilindi. Unda o‘ta mafkuraviy talqin, adabiyot ilmidan chekinish, bir yoqlamalik qusurlari mavjud esada, ming yillik adabiyotimizning tari-xiy taraqqiyoti, yetakchi tamoyillari, so‘z san’atkorlarining hayoti va ijodi, asarlaridagi o‘ziga xosliklar, mahorat belgilari to‘g‘risida zamona yutuqpari darajasida muxtasar ma’lumot berildi.Dunyodagi eng qadim madaniyat o‘choklaridan biri bo‘lmish yurtimizda yaratilgan jamiki adabiy-estetik boyliklarga xolis nuqtai na-zar bilan qarash va baho berish imkoniyati paydo bo‘ldi. Natijada, adabiyotshunos olimlar so‘z san’atimiz tarixida e’tibor-179ga loyiq neki asar bo‘lsa, barchasini chuqur o‘rganishdek mas’uliyatli yumushga kirishdilar. "Avesto"dek teran va mu-rakkab diniy-ma’rifiy yodgorlik, xalq og‘zaki ijodining gultoji bo‘lmish "Al-pomish" dostoni va boshqa o‘nlab epik asarlar atroflicha tadqiq etildi.Tasavvuf ta’limotining badiiy ijodga ko‘rsatgan ta’siri xususida Na-jmiddin Komilov ("Tasavvuf", 1– 2-kitoblar), Ibrohim Haqqulov ("Tasav-vuf va she’riyat") va boshqa mutaxassislarning kitoblari chop etildi. Navoiyning 20 jildli "Mukammal asarlar to‘plami" nashr qilinishi barobarida, mutafakkir ijodini tamomila yangi mezonlar asosida o‘rganish boshlandi va o‘nlab risolalar yaratildi. 20-asr boshlarida yozilgan, ma’rifatparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan badiiyat namunalari tadqiq etildi, nohaq qurbon bo‘lgan Abdulla Qodiriy (U. Normatov, "Qodiriy bog‘i"; mual-liflar jamoasi "Abdulla Qodiriyning badiiy olami"), Cho‘lpon (O. Sharafiddinov, "Cho‘lpon", "Cho‘lponni anglash", D. Quronov, "Cho‘lpon, hayoti va ijodiy merosi"), Fitrat, M. Behbudiy, A. Avloniy, Hamza, Usmon Nosir hayoti va ijodiga doir yirik asarlar dunyoga keldi.A.ning nazariy muammolarini o‘z ichiga qamragan 3 jildli "Adabiy turlar va janrlar" kitobi, A. Hojiahmedovning "She’riy san’atlar va mumtoz qofiya", "O‘zbek aruzi lug‘ati" risolalari chop etildi. S. Mirvaliyev yaratgan "O‘zbek adiblari" to‘plami esa 20-asr o‘zbek adabi-yotining yirik vakillari hayoti va ijodi xususida eng zarur ma’lumotlarni beradi.A. nafaqat o‘zbek, balki jahon este-tik ilmi yutuqlarini ham ijodiy o‘zlashtirish, bu borada o‘z so‘zini ay-tish yo‘lida izlanmoqda. Najmiddin Komilovning "Tafakkur karvonlari", Ibrohim G‘afurovning "Dil erkinligi" singari kitoblari keyingi davr o‘zbek A.ning jiddiy yutuqlari hisoblanadi. Bugungi kunda adabiyotshunosligimiz saflarini Shuhrat Rizayev, Dilmurod Quronov, Bahodir Karimov, Ulug‘bek Abduvahob singari yosh, iste’dodli olimlar to‘ldirmoqda.Baxtiyor Nazarov, Rahmon Ko‘chqorov.

  • Obraz, badiiy obraz— voqelikni fakat sanʼatga xos usulda oʻzlashtirib va oʻzgartirib harakterlovchi estetik kategoriya. Shuningdek, badiiy asarda ijodiy qayta yaratilgan har qanday voqea ham O. deb yuritiladi.

  • O.da obʼyektiv anglash bilan subʼyektiv ijodiy tafakkur qorishib ketadi. Badiiy O.ning oʻziga xos xususiyatlari real voqelikka va fikrlash jarayoniga boʻlgan munosabatda aniq namoyon boʻladi. O. vokelikning badiiy inʼikosi sifatida real mavjud obʼyektning hissiy aniq, tayin zamon va makonda davom etgan, moddiy tugal, oʻzicha yetuk xususiyatlariga ega boʻladi. Badiiy O.ni real obʼyekt bilan chalkashtirmaslik kerak; u shartlilik, ramziylik xususiyati bilan real voqelikdan farq qiladi va asarning ichki "illyuziyali" olamini tashkil qiladi. O. voqelikning oddiy inʼikosi boʻlmay, balki uni umumlashtirib, aloqida, oʻtkinchi, tasodifiy hodisaning eng mohiyatli, oʻzgarmasmuqim, adabiy jihatlarini ochib beradi. Mavhum tushunchadan farqli ra-vishda O. koʻrgazmalilik xususiyatini namoyon etadi, u voqealarni mavqum mulohazalar bilan emas, balki hissiy yaxlit, bir butun takrorlanmas tarzda aks ettiradi. O.ning badiiyligi mavjud voqelikni aks ettirish va uni anglash xususiyati bilan belgilanmaydi, balki badiiylik O.ning misli koʻrilmagan, yangi oʻylab chiqarilgan dunyo yarata olish imkoniyatida yuzaga chiqadi. O.da obʼyektiv mavjud va muhim jihatlar bilan birga, boʻlishi mumkin boʻlgan, moʻljaldagi, xohishdagi, yaʼni turmushning emotsional-irodaviy tomonlariga munosabat, uning koʻrinmas, ichki imkoniyatlari bilan bogʻliq xususiyatlar ham muxrlangan boʻladi. Shuningdek, badiiy O.da xayolot, boʻyoq, tovush, soʻz va boshqalarni ijodiy ishlash yoʻli bilan sanʼat asari yaratiladi.

    O. murakkab tuzilish va murakkab koʻrinishga ega; u borliq bilan ruhiy dunyoning bir-biriga oʻtishidagi barcha momentlarni oʻz ichiga oladi. Badiiy O. vositasida subʼyektivlik bilan obʼyektivlikning , yakka holat bilan umumiylikning , ideallik bilan reallikning oʻzaro muvofiq munosabatlari ijodiy ishlab chiqiladi.

    Badiiy asarda O. soʻz vositasida yuzaga chiqariladi. Adabiy asarning materiali ashyoviy asosdan (boʻyoklar, marmar, tosh va boshqalar) emas, balki belgilar tizi-mi, til, soʻz materialidan iborat boʻlgani uchun ham soʻz bilan ifodalangan O.da koʻrgazmalilik tomoni plastik O.ga nisbatan kam aks etadi. Shoir hatto konkrettasviriy soʻzlardan foydalanganda ham, predmetning koʻzga koʻrinadigan qiyofasini emas, assotsiativ aloqadagi mazmuniy koʻrinishini yaratadi.

    Badiiy O.ning muhim vazifasi uning hayotdagidek salmoqdorlik, yaxlitlik va jonlilikka ega boʻlishidir.

    8. Adabiyot oddiy so‘zga hayotbaxsh qudrat ato etib, insoniyatning eng nozik tuyg‘ularini harakatlantiradi, ko‘ngil atalmish sirli va mo‘jizakor dunyosini taftish qiladi; olam va odamning mohiyati, ular o‘zaro munosabatlarining sabab va oqibatlari, yashash mezonlari bilan tanishtiradi. Badiiy adabiyot insoniyat hayotini charog‘on etishi, inson umriga nurafshonlik baxsh etib, ma’naviy olamini shakllantirishi va yuksaltirishi, porloq kelajak uchun munosib to‘g‘ri yo‘lni tanlashga yordam berishi, kitobning insoniyat tomonidan yaratilgan eng buyuk kashfiyot ekanligi bois har qanday davr va zamonda kitob o‘qish, kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Ayniqsa, bugungi kunda davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tashabbuslari bilan mazkur masalalarga davlat siyosati darajasida qaralib, yanada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu yurtimiz rahbarining quyidagi fikrlarida ham yaqqol aks etgan: “Ayni paytda, axborot-kommunikatsiya sohasidagi oxirgi yutuqlarni o‘zlashtirish bilan birga, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan do‘st bo‘lishga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Buning uchun, avvalo, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng sara namunalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish va ularni keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor berishimiz muhim ahamiyat kasb etadi”.

    San’at inson evristik faoliyatining oliy ko‘rinishidir. Badiiy adabiyot san’atning boshqa turlari orasida alohida mavqega ega ekanligi tan olingan haqiqatdir. G‘oyat ko‘p o‘lchovli murakkab butunlik bo‘lmish badiiy adabiyot namunasi o‘quvchi tomonidan to‘liq his etilib, anglanib, nafis adabiyotning sehru jozibasidan atroflicha xabardor bo‘lingandagina ta’sirchan estetik-ma’naviy energiyaga aylanadi. His etilmagan, anglanmagan go‘zallik ma’naviyat shakllanishiga xizmat qila olmaydi. Shuning uchun ham adabiyot o‘qitishda badiiy asar tahlili alohida mavqega egadir,- deya ta’kidlaydi adabiyotshunos Q.Yo‘ldoshev. Ta’lim bosqichlarida adabiy asarni o‘rganish – uni badiiy-estetik tahlilga tortish, o‘ziga xos talqinini yaratishdir. Chunki tahlil va talqinsiz hech qanday asarni o‘qib-o‘zlashtirib, o‘rganib bo‘lmaydi.

    9. Syujet (frans. — predmet, mazmun, narsa) — badiiy asar mazmunini tashkil etadigan, bir-biri bilan oʻzaro bogʻliqlikda kechadigan, qahramonlar oʻrtasidagi aloqalardan tarkib topgan voqealar tizimi. Barcha epik, dramatik va liroepik turdagi badiiy asarlarda S. mavjud boʻladi. gʻar bir adabiy turda S. oʻziga xos harakterna ega. Koʻpgina lirik asarlarda koʻzga yaqqol tashlanib turadigan S. tizimi yoʻq. Ulardagi histuygʻu, oʻykechinmalar rivoji qaysidir maʼnoda lirik asar Sini tashkil etadi. Ayrim adabiyotshunoslar syujetlilik umuman lirik turga xos xususiyat emas, deb hisoblaydi. Chunki lirik asarda voqealar tizimi boʻlmasligi ham mumkin. Ayni choqda, S faqat voqealar tizimidan ham iborat emas.

    Badiiy asarda tasvirlangan voqealar tizimining oʻzaro munosabatiga koʻra S asosan xronikal (voqeaband) va konsentrik (voqeaband boʻlmagan) turlarga boʻlinadi. Xronikal S. da voqealar orasidagi vaqt munosabati yetakchilik qiladi (mas, D. D. Defont "Robinzon Kruzo", Servantesning "Don Kixot", Oybekning "Navoiy", P. Qodirovning "Yulduzli tunlar" asarlari). Konsentrik S.da esa asarda tasvirlangan voqealar orasidagi sabab — natija muhim ahamiyat kasb etadi (mas, Pushkinning "Yevgeniy Onegin", O. Yoqubovning "Muqaddas", "Ulugʻbek xazinasi" asarlari). Ammo badiiy asarlarda yuqoridagi S.larning har ikki turi uygʻunligidan tarkib topgan shakli koʻproq uchraydi (mas, Abdulla Qodiriyning "Oʻtgan kunlar", Choʻlponning "Kecha va kunduz" asarlari).

    Badiiy asar Si tasvirlanayotgan voqelik va asarda ishtirok etadigan qahramonlar masalasiga bevosita bogʻliq. Chunki S. asosidagi voqelikda qahramonlar harakat qiladi va, eng muximi, haqiqiy badiiy asarlarda avvalo qahramonlar oʻz dardidunyosi bilan namoyon boʻladi. F.M. Dostoyevskiyning "Jinoyat va jazo" romanida Raskolnikov, A. Qahhorning "Sarob" romanida Saidiy, Togʻay Murodning "Otamdan qolgan dalalar" romanida Dehqonqul obrazlari atrofida voqealar sanʼatkorona tarzda uyushtirilgan.

    Badiiy asar S. i ekspozitsiya, tugun, voqea rivoji, kulminatsiya, yechim singari bir kdgor unsurlardan tarkib topadi. Mas, Abdulla Qodiriyning "Mehrobdan chayon" romanidagi Xudoyorxon bilan Anvarning toʻqnashuvi epizodi asarning kulminatsion nuqtasi sanaladi. Soʻngra voqealar yechimi keladi. Badiiy asarda S. unsurlari baʼzan turlicha hajm va turlicha tartibda kelishi mumkin. Shuningdek, ayrim asarlarda ekspozitsiya yoki yechim singari S. unsurlari boʻlmasligi ham mumkin. Bu aslo kamchilik emas, aksincha, oʻquvchini badiiy tafakkurga chorlaydi, tasavvurini kengaytiradi. Baʼzi adabiyotshunoslar prolog (muqaddima) va epilog (xotima)larni ham S. elementi sifatida koʻrsatadilar (A Qodiriy romanlarida bu unsurlar mavjud). S. kompozitsiya, konflikt, fabula kabi adabiy tushunchalar bilan ham mustahkam bogʻlangan.

    10. Hayotning badiiy ifodalashda va zurur g’oyani olg’a surishda syujetning roli nihoyatda kattadir. Syujet badiiy asarning hamma turlariga ham bo’ladi. Lekin har bir janrning syujeti o’ziga xosdir. Chunonchi, kichik lirik she’rda ham ma’lum bir fikr oqimi mavjud. Shu fikr oqimi she’rining o’ziga xos syujetini tashkil qiladi. fikrlar oqimi ko’zga ravshan tashlanadigan, uning ifodasida voqea – vaziyat yaratilgan she’rlar ham bo’ladi. Bunday she’rlar voqeaband she’rlar yoki syujetli she’rlar deb yuritiladi (Mirtemirning «Opoqi» , «Tarsaki» she’rlari kabi)

    Syujetning klassik shakli, asosan dramatik, epik va liro-epik asarlarda uchraydi.

    Syujet (fransuzcha syujet) – tasvirlanayotgan yoki bayon etilayotgan narsa degan ma’noni anglatadi. Syujetga o’zbekcha qo’llanmalarda turlicha ta’rif beriladi. Masalan, I.Sultonov «Adabiyot nazariyasi» kitobida «Asarda hikoya qilanayotgan voqea «syujet» deb ataladi», deydi.

    Prof. N.Shukurov va dots. Sh.Xolmirzayevlar «Obrazlarining o’zaro munosabatidan, kurashidan kelib chiquvchi, iroda yo’nalishini, xarakter xususiyatini namoyon qiluvchi voqealar silsilasiga syujet deyiladi» deb ta’rif berishadi («Adabiyotshunoslikka kirish»). Dots. T.Boboyev «Syujet adabiy asarda tasvirlangan xarakterning mazmunini ifodalovchi sistemasi kengroq ma’noda konkret voqealar chizmasidagi namoyon bo’ladigan xarakterlar tarixidir» deydi. («Adabiyotshunoslikka kirish kursi bo’yicha o’quv-metodik qo’llanmalar»). Shularni umumlashtirib, badiiy asarda voqealar va xarakterning o’zaro uyushishi hodisasiga syujet deyiladi deb ta’rif berish.

    Syujet yozuvchiga asarning butun materialini biriktirishga imkon beradi. U badiiy asarning g’oyasiga nisbatan shakl hisoblansa va obrazlarning xarakteri, faoliyati, iroda yo’nalishini ifodalashi jihatidan mazmunni tashkil etadi.

    Qahramonlarning o’zaro murakkab munosabatlari asar syujetini tashkil qiladi. Qahramonning o’zaro munosabatlari esa voqeada hodisada namoyon bo’ladi. Shu ma’noda voqea-hodisalar sistemasi asar syujetining asosini tashkil etadi.

    Badiiy asar syujetida xarakterlar mantiqi va voqealar mantiqi bo’ladi.

    (F.M.Golovchenko va M.Qo’shjonovlarning fikri) chinakam asar san’at asari voqealar, albatta, qahramonlar xarakterini ochishga buysundiriladi.

    Prof. M.Qo’shjonov realistik asarlarda syujetning qator ko’rinishlari borligini ta’kidlaydi. Bular quyidagilar:

    Shunday asarlar ham bo’ladiki, ularda vakealar tartibi ko’zga yaqqol tashlanib turadi. Odatda, sarguzasht xarakteridagi asarlar syujetida xuddi shu holat seziladi. Masalan, A.Belyayevning «Odam-Amfibiya» qissasi, X.To’xtaboyevning «Sariq devni minib…» romanida syujetning shu turi mavjud.

    Shunday asar bo’ladiki, ularning syujetda xarakterlar ham shaklan, ham mazmunan birinchi o’rinda turadi. Bunday asarlarda voqealar tizmasi u qadar tashkil qiluvchilik kuchiga ega bo’lmaydi. Asarda voqea-hodisalar xarakterlar mantiqi asosida tartiblashtiriladi. Voqealar tartibi esa tez-tez o’zgarib, yangilanib turadi. Ba’zan bir bobdagi voqea keyingi bobda davom etmaydi. Voqeadan mantiqan voqea kelib chiqmaydi. Odatda, avtobiografik asarlar shunday xarakterga ega bo’ladi.




    Download 29,74 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish