1 bosqich sirtqi talabalariga oraliq nazorat uchun savollar: Adabiyot nazariyasi deganda nimani tushunasiz?



Download 29,74 Kb.
bet3/4
Sana20.06.2021
Hajmi29,74 Kb.
#71746
1   2   3   4
Bog'liq
adabiyotshunoslik

Adabiyot (arab. – adab so‘zining ko‘pligi) – 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy A., qishloq xo‘jaligi A.i, siyosiy A. va boshqalar). 2. San’atning bir turi (badiiy A. deb ham ataladi); voqelikni so‘z yordamida obrazlar orqali aks ettiradi. A. avval og‘zaki bo‘lgan, yozuv paydo bo‘lgandan so‘ng yozma shaklga o‘tgan. A. so‘z orqali insonning his-tuyg‘ularini keng va chuqur aks ettirish imkoniyatiga ega, shuning uchun ham u san’atning eng ommaviy turi hisoblanadi. Badiiy A.ning yetakchi 3 turi – eposlirikadrama mavjud. Epos voqelikning o‘zini in’ikos etadi, lirikada esa insonning voqelikdan olgan taassurotlari qo‘shib tasvirlanadi. Sharq qadimdan she’riyat tuyg‘ulari o‘lkasi bo‘lgan. Shu boisdan Sharq badiiy adabiyotida ayniqsa lirika keng rivojlangan. Drama hayotni harakatda ifodalab, muallif nutqisiz aks ettiradi. A.da qorishiq turlar ham mavjud. Mas, lirika va epos xususiyatlari birlashib liro-epik turni tashkil etadi. Liro-epik turga poemaballadadostonmasal kabilar kiradi. Epos, odatda, 3 ga bo‘linadi: kichik epik shakl (latifaocherkertakhikoya), o‘rta epik shakl (qissa) va katta epik shakl (roman). Lirika mazmun va shaklga ko‘ra, g‘azal, muhammas, marsiya, ruboiy, qasida, sonet, qo‘shiq va boshqalarga bo‘linadi. Dramatik A.ning ham mazmu-nan 3 xili bor: dramakomediya va tragediya (fojia). A. san’atning boshqa turlari kabi mafkuraviy hodisadir. A.da voqelikni aks ettirish tamoyiliga ko‘ra, adibning ijodiy usuli paydo bo‘ladi. Voqelikdagi tipik hodisalar umumlashtirilgan holda haqqoniy aks ettirilsa, realistik A. deyiladi. Yozuvchi ayni voqelikni emas, balki u haqidagi o‘z orzu-umidlarini ham ifoda etsa, romantik A. bo‘ladi. A.ning badiiylik mezoni uning g‘oyaviy-badiiy jihatdan mukammal bo‘lishini taqozo qiladi. Bu hol asar mavzuining dolzarbligi, ifoda etadigan g‘oyasining to‘g‘riligi, tasvir haqiqatining chuqurligi, badiiy shakl tarkibiy qismlarining mukammalligidan yuzaga keladi. Har bir A. milliydir, shunga ko‘ra har bir xalqning tarixiy hayotidagi va ruhiyatidagi xususiyatlar A.ning milliyligi mazmunini tashkil etadi va o‘ziga xos milliy shaklni yuzaga keltiradi. Milliy shaklning yuzaga kelishida A. tomonidan uzoq davr mobaynida yig‘ilgan tajriba va an’ananing ham ahamiyati katta. Xalq hayotidagi yangi davr esa A.ni yangi, yuqoriroq bosqichga ko‘taradi, uning mazmuni va shaklini ham yangilaydi, ham boyitadi. Yangilangan A. o‘z navbatida yangi jamiyatning mustahkamlanishida qudratli qurol vazifasini o‘taydi. Hozirgi zamon o‘zbek A.da adabiyotning tasvir ob’ekti umuman ijtimoiy voqelik bo‘lsa, bosh tasvir ob’ekti esa insondir. A.da insonning ijtimoiy mohiyati umumlashtirilgan holda ifoda etiladi. Shuning uchun ham A.ning maqsadi ma’lum bir ijtimoiysiyosiy kuchning mohiyatini to‘la ifodalash va ayni vaqtda keskin individuallashgan badiiy obraz yaratmoqdir. Yaratilgan bunday obrazlarning eng mukammali "tip" deb ataladi. Navoiy asarlaridagi Farhod, Shirin, Majnun, Layli, Iskandar obrazlariShekspir asarlaridagi Otello va Hamlet; Abdulla Qodiriy asarlaridagi Otabek va Kumush tip darajasiga ko‘tarilgan obrazlardir. A. voqelikni aks ettirar ekan, unga go‘zallik qoidalari nuqtai nazaridan yondashadi. Binobarin, asar predmetini tanlash ham g‘oyat muhim ijodiy nuqtadir. Chunonchi, asarning ta’sirli chiqishi, boshqa ko‘p mezonlar qatori, shunga asos qilib olingan fikrning emotsionalligi, ko‘tarinkiligiga ham bog‘liq bo‘ladi. Milliy mustaqillikka erishgan o‘zbek xalqi hayotning barcha jabhalarida o‘zligini namoyon etmoqda. Jumladan, istiqlol davri A.i tub sifat o‘zgarishlariga erishmoqda. Bu davrda ijodkor olam va odam haqida avvalgidan farqli fikrlash mumkinligini chuqur anglab, faoliyat ko‘rsatmoqda. Natijada olamni, odamni, ularning tuyg‘ularini turlicha ifodalaydigan badiiy asarlar yaratish boshlandi. Bu davr A.ida tasvirlanayotgan inson o‘zining bashariyat, Vatan, el-yurt oldidagi mas’uliyatini chuqur his etgan holda namoyon bo‘lmoqda. Istiqlol A.i mavzu nuqtai nazaridan ham, badiiy tasvir tamoyillari jihatidan ham ilgarigi qoliplarga sig‘maydigan, tabiiy ravishda rivojlanayotgan yangi estetik hodisadir. U odamlarga yo‘l ko‘rsatishni zimmasiga olmaydi, o‘quvchiga aql o‘rgatmaydi, hayotiy muallimlikni da’vo qilmaydi, balki tasvirning nozikligi, ifodalarning favquloddaligi, obrazlarning kutilmaganligi bilan o‘quvchida munosabat uyg‘otadi. Bu A.ning jozibasi zohirda emas, botinda – matn zamiriga joylangan. Istiqlol davri o‘zbek A.i chinakamiga rang-barang A.dir. Uning bag‘rida turli-tuman ijodiy tajribalar kechadi, ijodiy yo‘nalish va oqimlar kesishadi va shu orqali cheksiz olam bag‘rida kechayotgan insonning murakkab "men"i kashf etiladi.


  • Download 29,74 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish