3. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ekologik madaniyatni shakllantirish texnologiyasi va rivojlantirish yo’llari.
Tabiatni asrash, uni muhofaza qilishga o’rgatish, umuman, ekologik tarbiya berish bugungi kunning dolzarb masalasidir. Shu bois boshlang’ich sinf o’quvchilariga barcha predmet darslarida ushbu tarbiya elemenlarini o’quvchilarga singdirish orqali ularda ekologik madaniyatni shakllantirish mumkin. 41 Bunday o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish yaxshi samara beradi. O’qituvchi o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etishda ularning xohishiga ko’ra individual tarzda, juftlikda yoki kichik guruhlarda ishlash shakllaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Shuningdek, uy vazifalari ham hamma uchun yagona va majburiy bo’lmasdan, bir necha variantda tayyorlanishi va o’quvchilar o’z xohishiga ko’ra tanlashlari mumkin. Masalan, 1-variantda yangi mavzu yuzasidan o’quv materialini tayyorlash, savollarga javob topish, ob’ektning rasmini chizish; 2-variantda o’quv materiali mazmunidagi atama va tushunchalardan foydalanib krossvord tuzish; 3-variantda qo’shimcha adabiyotlardan foydalanib, tabiat haqida hikoya tayyorlash. Uy vazifalarining bunday shaklda berilishi o’quvchilarga o’z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda avval uy vazifasining yengilroq variantini, keyin murakkabroq variantini bajarishga o’tish, o’z kuchi va bilimini sinab ko’rish imkonini beradi. O’quvchining bu boradagi har bir yutug’i o’qituvchi tomonidan o’z vaqtida rag’batlantirib turilishi, yutuq va kamchiliklarning qayd etilishi, kamchiliklarni barham etish maqsadida uyushtirilgan yordam o’z samarasini beradi. Ta’lim-tarbiya sohasida pedagogik munosabatlarni demokratlashtirish uchun o’qituvchi: - o’quvchilarning bilish faoliyatini samarali tashkil etish va boshqarish usullari; - o’rganiladigan mavzuning didaktik maqsadidan kelib chiqqan holda turli qiyinchilikdagi o’quv topshiriqlari va ularni bajarish yuzasidan ko’rsatmalarni tayyorlash ko’nikmalari; - o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyati va olingan natijalarni tahlil etish, tegishli hollarda zarur o’zgartirishlar kiritish usullari; - turli pedagogik muammoli vaziyatlarni tahlil qilish va ulardan eng oqilona usullarni egallagan bo’lishi lozim. 42 Pedagogik texnologiya jarayonini o’rganishning soddalashtirilgan tartibini quyidagicha tushunish mumkin: - tushuntirish – o’quv materialining ma’no-mazmunini, undan foydalanish tartibini o’zi tushungan darajada boshqalarga yetkazish faoliyatidan iborat jarayon; - tushunish – o’quv materialining ma’no-mazmunini idrok qilish, undan ko’rsatilgan tartibda mustaqil foydalana olish; - o’rgatish – axborotdan foydalanish va turli harakatlarni ko’rsatilgan tartibda mustaqil bajarish ko’nikmalarini egallash; - o’zlashtirish – tushunish, o’rganish orqali o’quv materialining ma’nomazmunini, undan foydalanish yoki harakatlarni bajarish tartibi to’g’risida bilim va ko’nikmalar hosil bo’lishi. O’zlashtirish shartli ravishda quyidagi uchta darajaga ajratiladi: 1) o’rgatilgan bilim, ko’nikmalarni to’g’ri takrorlash. 2) ularni amaliy faoliyatda qo’llash, ulardan tegishli maqsadlarda foydalanish imkoniyatiga ega bo’lish; 3) ularni ijodiy tahlil qilish, qiyoslash, umumlashtirish, xulosalar chiqarish asosida takomillashtirish faoliyatini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’lish; Shu bilan birga, pedagogik texnologiyalarning hammasida ham birdek qo’llaniladigan va ta’lim-tarbiya jarayonining tarixiy tarkib topishida va rivojlanib borishida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan asosiy tarkibiy elementlar so’zlash, ko’rsatish va mashqlar bajarishdan iborat bo’lib, ular o’zaro quyidagicha ketma-ketlikda va bog’liqlikda amal qiladi. Agar o’quvchilarning o’qish motivlari, mashg’ulotlarning boshidan oxirigacha diqqatini jamlashi, eslab qolishi, xotirada saqlashi va o’rganganlarini amalda mustaqil qo’llay olishi kabi ko’rsatkichlari muntazam ravishda masalan, 100 foiz bo’lganda edi, ana shundagina ularning o’zlashtirishlarini nazorat qilishga vaqt sarflamaslik mumkin bo’lar edi. Lekin amalda bunday emasligi hammaga ma’lum, shu sababdan hozirda nazoratning reyting usulini yanada takomillashtirgan holda amalga joriy qilinmoqda. Mavjud pedagogik texnologiyalar aslida yuqorida aytilgan so’zlash, ko’rsatish, mashqdan iborat uchta tarkibiy elementning har turli kombinatsiyalarini tashkil qiladi. Ular bir-biridan ta’lim-tarbiyaning ayrim yo’nalishiga, mazmuniga va usullariga alohida e’tibor berilgani hamda unga muvofiq maqsadlarga qaratilgani bilan farqlanadi. Har qanday tarbiya turi singari ekologik tarbiya ham bolaga dastavval oilada, so’ng maktab partasiga ilk bora o’tirishni o’rganganidanoq o’rgatib boradi. Ekologik tarbiyani nafaqat tabiatshunoslik yoki ekologiya darslarida, balki barcha dars soatlarida amalga oshirish mumkin. Masalan: boshlang’ich sinflarning ona – tili danslarida, birinchi sinfda mashqlarni bajarish jarayonida bevosita qushlar, gullar bilan bog’liq kichik hajmdagi sodda matnlarni yozdirish bilan birga ularning mohiyatini bola ongiga to’g’ri yetkazish orqali 48 ekologik tasavvurlarini boyitish mumkin. 1-2 sinflarning “O’qish kitobi” darsligida tabiat fasllari – bahor, yoz, kuz, qish oylaridagi tabiat tasviri, undagi o’zgarishlar, vatanimizning betakror tabiati, qush va hayvonlar haqida tushunchalar berilgan. O’qituvchi bolalarning yosh xususiyatlarini e‟tiborga olgan holda maqollar, she‟r, hikoyalardan misollar keltirib o’quvchilarning ekologik tasavvurlarini yanada kengaytiradi. Bu bilan o’quvchilarni tabiatni sevishga, uning boyliklarini asrab- avaylashga o’rgatib boradi. 1 – sinf ona tili kitobida “Chinor”, “Hakka”, “Hasan va Qaldirg’och”, “Do’lana”, “Gulzorda” singari tabiat bilan bog’liq matnlar berib o’tilgan. 3 – sinf ota tili darslarida esa ekologiya, xususan ona tabiat bilan bog’liq matnlar bilan tuzilgan mashqlar biroz murakkabroq, bola yoshi, xususiyatiga mos qilib berilgan. “Chittak”, “Kanareyka”, “To’rt ko’z”, “Zarg’aldoq”, “Gulbeor” kabi mavzular yordamida bolani tabiatni sevuvchi, o’simlik va hayvonlarga ozor bermaydigan qilib tarbiyalash mumkin. O’qish kitobida ham turli xildagi bevosita ekologik tarbiya bilan bog’liq matnlar berilgan jumladan, 2- sinf O’qish kitobida berilgan “Toza suv oqsin Orolga” ( muallif G’ani Abdullayev) o’quvchilarni ekologik muammolar haqidagi tasavvurlarini boyitadi: –Oyi, Orol degan dengiz bor ekan-a? –Bor, nima edi? –Suvsirab yig’layotganmish-a? Tuzlari esa shamoldan atrofga to’zg’iyotganmish. –Gaplaring g’alati-ya. Kimdan eshitding? –O’qituvchimizdan. Bekorchi suvlar Sirdaryoga quyilsa, yaxshi bo’larkan. Daryo to’lib oqsa, suvi dengizga yetib borarkan. Shu rostmi? –Rostlikka rost-ku, bunga ko’proq kattalar qayg’urishi kerak… Choyingni ichgin-da, buzoqchangni boqib kel. Buzoqchasini yetaklab borayotgan Nodirning qo’lida jajji ketmoncha, xayoli esa oqqushlardek parvozda. 49 U buzoqchasini o’tloqqa qo’ydi-da, sigirini o’tlatib yurgan Sadirni chaqirdi. – Mana bu suvni qara, bekorga jarga oqyapti. Ariq qazib, soyga buramiz. – Nega endi? – hayron bo’ldi Sadir. –Soyga bursak, Sirdaryoga quyiladi. Daryo esa Orolga. Orol esa suvga zor. Ikkovlon galma-gal ishlab ketmonchani bo’sh qo’yishmadi. – Yashavor, og’ayni. Suvni yangi ariqchaga ochadigan bo’ldik, – quvonib ketdi Nodir. – Ochmay tur. Iflosligini qara, – shaldirab oqayotgan suvga nazar soldi sinfdoshi. – Daryodagi, Oroldagi baliqlarni kasal qilsa… –To’g’riku-ya, suvni tozalash qiyin-ov. Ko’pchilik unga yomon narsalarni tashlagani-tashlagan,– dedi Nodir. –Bundan keyin suvni kim iflos qilsa, kattalarga aytamiz. Jazosini berishadi. – Bo’pti. Orolga toza suv borgani yaxshi. Ikki do’st suv toza bo’lgach, uni o’zlari qazigan ariqchaga ochishadigan bo’lishdi. Bu darsni pedagogik texnologiyaga asosida quyidagicha loyihalashtirish mumkin: Mavzu: Toza suv oqsin Orolga. (G’ani Abdullayev) Vaqt: 45 daqiqa. Dars nomi:.Orolni asraymiz. Maqsad: O’quvchilar: To’g’ri va ravon o’qish, tinish belgilariga rioya qilish ko’nikmalarini va malakalarini rivojlantirish, nutq boyligini oshirish. O’quvchilarda Vatanga va tabiat ne‟matlariga to’g’ri munosabatni shakllantirish. Vatanimiz tabiiy ne‟matlarini hurmat qilish va e‟zozlashga o’rgatish orqali ekologik tarbiya berish.. Jamoa bo’lib ishlashga, ozaro yordam, birbirini qo’llash kabi sifatlarni egallashlariga yordam berish. 50 Jihoz: A4 qog’ozi, skotch, darslik. Dars jarayoni: 1-bosqich. O’tgan mavzuni so’rab baholash. 5 daqiqa 2- bosqich. Yangi mavzuni e‟lon qilinishidan oldin Orol dengizi, mintaqamizdagi ichimlik suvi muammosi haqida qisqacha suhbat o’tkaziladi. Suvdan foydalanishga va insonlarning suv inshootlariga qilayotgan munosabati oqibatlari haqida o’quvchilarga ma‟lumot beriladi. Suhbat. O’qituvchi o’quvchilar bilan birgalikda Nodirning va Sadirning qilgan ishlarini muhokama qiladilar.Matn o’quvchilarga o’qitiladi. Matn rollarga bo’lib o’qitiladi. Matn mazmuni qayta hikoya qilinadi. Darslikda berilgan hikmatli gap, tez aytish va topishmoq ustida ish olib boriladi. 15 daqiqa 3-bosqich. O’qituvchi o’quvchilarni guruhga ajratadi. Ularga A4 qog’ozi tarqatiladi. Vazifa: Har bir guruh Orol dengizi rasmini chizadi va Orol dengizini asrash uchun nima qilish mumkinligini haqidagi mulohazalarini rasm tagiga yozadi. Soy – tog’dan oqib keladigan suv yo’li. Orol dengizi – O’zbekistonimizdagi dengiz. Uning suvi juda kamayib ketganligi sababli, atrof-muhitga yomon ta‟sir qilmoqda. Sirdaryo – O’zbekistonimizdan oqib o’tadigan daryo nomi. U oqib borib, suvini Orol dengiziga qo’yadi. 5 52 so’rabdi. Qorning esa achchig’i kelib dehqonga debdi: - Yomg’ir ham, men ham bu yil me’yorida yog’dik. Lekin sen nam ushlab turadigan daraxtlarni kesding. Qorlarimni taqsimlash – daraxtlarning ishi. Daraxt bo’lmasa, hamma qor bahorda erib oqib ketadi. Soyda suv bo’lmasa o’zing aybdorsan. Dehqon o’ylab qarasa qorning gaplari to’g’ri ekan. U toqqa qaytgach, bir talay ko’chat ekib parvarishlabdi. Ko’chatlar voyaga etgach soyda yana suv to’lib oqa boshlabdi.” Bunday hikoya va ertaklardan shunday xulosa chiqadiki, agar inson tabiatga nisbatan to’g’ri munosabatda bo’lmas ekan, undan oqilona, tejamli foydalana olmas ekan bir kun kelib tabiat ham undan o’ch oladi, uni jazolaydi. Tabiatning bu hayotiy qonunini ertakning o’qitish jarayonida bolaga to’g’ri yetkaza olish lozim. Toki har bir bolada yoshligidanoq tabiatga, mehr- muhabbat uyg’onsin. Uni sevuvchi, ardoqlovchi bo’lib tarbiyalansin. Ushbu ertakning xulosa qismini xalq maqollari bilan ham bog’lab yakunlash mumkin. Masalan: “Birni kessang o’nni ek!”, “Bobongning tol ekkani o’ziga non ekkani”, “Bir yil tut ekkan kishi yuz yil gavhar teradi”, singari maqollarni aytib, o’quvchilar o’rtasida tabiatga doir maqol aytish musobaqasi o’tkazilsa bunday darslar o’quvchilar xotirasida uzoq saqlanadi. Bundan tashqari 3 – sinf o’qish kitobida bevosita ekologik tarbiya bilan bog’liq “Quyoncha”, “Ochko’zlik”, “Lochinning o’limi”, “Chumchuqcha” nomli hikoya va masallar ham berilganki, ular yordamida o’qish darslarida ham ekologik tarbiya berish imkoniyatlari yaratiladi. Bizningcha boshlang’ich sinflarning o’qish kitobi darsliklarida qadimiy merosimiz hisoblangan hadisi sharif namunalaridan, buyuk alllomalarimizning asarlaridan, iboratli hikoyatu – rivoyat, turli afsonalardan kiritilsa yanada yaxshiroq bo’lardi. Chunki qadimda ham garchi ekologik tarbiya termini mavjud bo’lmasada, ona tabiatga muhabbat ruhidagi tarbiya juda kuchli bo’lgan va bu bolaga go’dakligidanoq o’rgatib borilgan. Sir emaski, o’zbek xalqi o’zining boy tajribasi, teran xalq og’zaki ijodiyotiga ega. Hozirgi maktab oldida turgan dolzarb muammolardan biri 53 ta’lim – tarbiya mazmunini milliylashtirishdir. Xo’sh, ekologik tarbiyani amalga oshirishda milliy poydevor mavjudmi? – degan savolga hech ikkilanmasdan ha mavjud deya javob berishga ishonchli manba mavjud. Xalq tajribasi – yosh avlodga ekologik bilim va tarbiya berishning asosidir. Dono o’zbek xalqining ming yillik tarixi, barqaror shakllangan urf – odati, xalq maqollari, milliy – madaniy merosi yuqoridagi fikrni yaqqol isbotlab beradi. Boshlang’ich sinflarda bolalar tabiatshunoslik darslari materialini o’rganish orqali tabiatga, vatanga, ona zaminga qanday munosabatda bo’lishni o’rganadilar. Bunda bolalarni tabiatni sinchkovlik bilan kuzatishga o’rgatish muhim ahamiyat kasb etadi. IV – sinf tabiatshunoslik darsida milliy – madaniy merosimizda to’plangan javohirlardan o’quvchilarga ekologik tarbiyani tarkib toptirishda foydalanish muhim ahamiyat kasb ektadi. O’quv dasturi ko’zda tutgan “Yer va uning o’z o’qi atrofida aylanishi”, “Havo”, “Suv”, “Tuproq”, “Tog’ jinslari”, “O’simliklar va hayvonlar”, “Tabiatni muhofaza qilish”, “Yil fasllari” singari bo’lim va boblarni o’rgatish jarayonida xalq maqolaridan qoydalanish juda o’rinli hisoblanadi. Xalq maqolaridan har bir mavzuning mazmuniga qarab foydalanish maqsadga muvofiqdir. Masalan: “Havo” bulimida yoki “Yil fasllari” bo’limida “Yog’inlar” mavzusini yoritganda quyidagi xalq maqolaridan foydalanish o’rinlidir. Savr yomg’iri – sar oltin. Savr kelsa muz turmas. Quda kelsa qiz turmas Savalab yoqqan yomg’ir yomon Maydalab yoqqan qor yomon. Sumbulada suv soviydi Mezonda – kun. Toqqa qalin qor tushganiYerning qonib suv ichgani. Havo uning muhofazasi haqida tushuncha berganda 54 Tog’ havosi – dard davosi Toza havo – dardga davo. Quyosh kirmagan uyga tabib kiradi. Quyosh nuri davo duri. singari xalq maqollaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. O’zbek xalq maqollari – “Tabiat to’g’risida javohirlar sandig’i”ni ekologiya xonalarida tashkil etish o’quvchilarni ota – bobolar to’plagan qimmatbaho fikrlar bilan qurollantirishga ularda milliy g’ururni shakllantirishga, tabiat bergan har bir in‟omdan o’z o’rnida foydalanishga, xullas ekologik milliy madaniyatni tarkib toptirishga yordam beradi. Sharq xalqlari falsafasi, milliy madaniy merosi, ilm xazinasi jahon xalqlari taraqqiyotida yetakchi omil ekanligi hech kimga sir emas. Inson va tabiat o’rtasidagi munosabatlarning ildizi xuddi mana shu makonda suvga qonmog’i darkor. Biz pedagoglar mana shu sarchashma suvidan yosh avlodni bahramand etishimiz ham qarz, ham farzdir. “Suv” mavzusini o’tish jarayonida o’quvchilarga suv boyliklarini tejash va ifloslantirmaslik haqida quyidagi she’riy misralarni keltirish maqsadga muvofiqdir: Bugun tashnalikdan tortib ko’p azob, Oldimga suv so’rab kelibsan shitab. Chashmadan avvalo shirin suv ichma, Ichdingmi, ustiga tuproqni sochma. Bugun chashma suvini qilsang agar xor, Boshqa icholmassan bu suvdan zinhor. (Faxriddin Gurgoniy). O’lkamizning tabiiy o’simliklar dunyosi ularning foydasi, bu boyliklarni muhofaza qilish kerakligi haqidagi masalalar bilan yoshlarni maktab partasidan keng tanishtirib borish o’z samarasini beradi. Bunda ekologiyadan ilmiy tushunchalar maktablarda o’qitiladigan barcha fanlarda ayniqsa, 55 boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslik, ekologiya matematika, ona tili, o’qish kabi fanlarni o’qitishda umumlashtiriladi. Matematika fanida beriladigan ekologik ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilar tabiatdagi salbiy yoki ijobiy o’zgarishlar inson sog’ligiga qanday ta’sir qilishi haqida aniq tasavvurga ega bo’lishadi. Masalan: Respublikada 1200 ga yaqin sanoat korxonasi borligi, ularning havoga bir yarim ming tonnaga yaqin zaharli moddalarni chiqarayotganligi, bunday holat 10 yil, 20 yildan keyin shu maromda ketaversa nimalarga olib kelishi mumkinligi kabi misollar vositasida ekologik falokat oqibatlari bolalarga tushuntiriladi, yoki yana bir matematika darslarida echiladigan oddiy masalani olib qaraylik. Rustam 4 ta qo’chat o’tkazadi, ertaga yana 5 ta ko’chat o’tkazadi, ikki kunda nechta ko’chat o’tkazadi? Ushbu masala ham ekologik tarbiya berishga asos bo’la oladi. Masala orqali o’quvchilarni daraxtlarni sindirmaslikka, ularni yanada ko’paytirishga o’rgatish mumkin. Oquvchilarni tabiatni kuzatish, unda qanday boyliklar borligiga ishonch hosil qilishga o’rgatish muhim ahamiyatga ega. Masalan, 2-sinf o’quvchilariga quyidagi savollar bilan murojaat qilish ularni kuzatuvchanlikka o’rgatishi mumkin: Tevarak atrofdagi dalalarning ko’rinishi qanday? Bu yerda qanday o’simliklar o’sadi? Bodorchilik, fermer xo’jaliklarida qanday ishlar bajariladi? Vatanimiz tabiati, qush va hayvonlari haqida qanday she‟rlarni bilasiz? 4-sinfda: Tabiatda qanday o’zgarishlar bo’ladi? Tabiat boyliklari deganda nimani tushunasiz? “O’qish”, “Ona tili”, “Mehnat ta‟limi” fani bilan “Atrofimizdagi olam” fanining o’zaro bog’liqligi bormi? Fanning o’zaro bog’lanish tomonlarini aniqlang? kabi savollardan foydalanish mumkin. 56 Boshlang’ich sinflardagi har bir darsda ekologik tarbiya berish imkoniyati mavjud. Agar o’qituvchi pedagogik mahorat ustasi bo’lsa bu imkoniyatni tez ilg’aydi va o’tiladigan mavzuning mazmuniga qarab ekologik tarbiyani mohirona amalga oshiradi.
Xulosa
Shuning uchun mualliflar «biogeotsenoz» va «ekotizim» tushunchasiga yana bir marta qaytishni lozim deb topishdi.
Bu tushunchalar bir-biriga yaqin. Biroq ular bir-biriga o’xshash so’zlargina emas. Ekotizim tushunchasi o’zining beo’lchovligi bilan biogeotsenozdan kengdir, ya’ni istalgan biogeotsenoz ekologik tizimdir, har qanday biogeotsenoz ekotizim hisoblanib, tizimning «atomar» tuzuvchisi sifatida qatnashadi. Ekotizim biogeotsenozning bir qismi bo’lishi mumkin, lekin shunday ekotizimlar mavjudki, ular biogeotsenoz tarkibiga kirmaydi.
7 Biogeotsenozda o’zaro bog’liqlik xususiyatlari. Ekotop, biotsenoz va ularning komponentlari moddiy ham energiya jihatidan o’zaro bog’liqligi 3 rasmda ko’rsatilgan. Bu o’zaro bog’liqlik ba’zi bir xossalar bilan tavsiflanib, ularni N.F.Reymers (1990) printsiplar deb atagan. U A.Tineman, G.Rants va Y.Illieslarning ilmiy ishlariga tayangan holda, ularni to’rt printsipga ajratadi. Birinchi printsip - xilma-xillik: biotop sharoitlari qanchalik xilma-xil bo’lsa, shunchalik biotsenoz turlari ko’p bo’ladi. Birinchi printsipning paydo bo’lishiga yomg’irli tropik o’rmonlardagi katta turlarni o’z ichiga olgan biotsenozlar va muhit sharoitlarining g’oyatda xilma-xilligi kiradi.
Ikkinchi printsip - chetga chiqish sharoitlari: biotop me’yoridan qanchalik chetga chiqsa, shuncha biotsenoz qashshoqlashib boradi, shunga qaramasdan ayrim turlarning alohida yashaydigan organizmlarning miqdori birinchi holatdagiga nisbatan ko’p bo’ladi. Bu birinchi navbatda ekstremal biotoplarga taalluqli, masalan, muhitning o’ta ifloslanishi bilan izohlanadi.
Uchinchi printsip - muhitning bir tekis o’zgarishi: muhit sharoitlari qanchalik bir tekis o’zgarsa va shuncha uzoq payt biotop o’zgarmay qolsa, biotsenoz tobora turlarga boy, vazmin va barqaror bo’ladi. Bu evolyutsion - dinamik printsip. Demak, biotopda qanchalik tez o’zgarish sodir bo’lsa, turlarning bu o’zgarishlarga moslashishi qiyin kechadi va turlar tarkiblarining qashshoqlashishiga olib keladi.
Adabiyotlar ro’yxati:
Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xafsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraaqqiyot kafolatlari. -T.: O’zbekiston,
Baratov P. Tabiatni muhofaza qilish. -T.: O’qituvchi, 1991.
Novikov Yu.I. Oxrana okrujayuey sredi. –M.: Vishaya shkola, 19987.
Egamberdiev R. Ekologiya. –T.: O’zbekiston, 1993.
Tursunov X.T. Ekoloiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. –T.: Saodat RIA, 1997.
Ergashev A., Ergashev T. Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish. –T.: Yangi asr avlodi, 2005.
To’xtaev A., Xamidov A. Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish. –T.: O’qituvchi, 1995.
Otaboev Sh., Nabiev M. Inson va biosfera.-T.: O’qituvchi, 1995.
Tilovov T. Ekologiyaning dolzarb muammolari. –Qarshi: Nasaf,
To’xtaev A. Ekologiya.-T.: O’qituvchi, 1998.
www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |