1-amaliy mashg‘ulot. Mavzu: Umumiy turdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining umumiy va farqli jihatlari. Reja



Download 0,93 Mb.
bet27/36
Sana14.07.2022
Hajmi0,93 Mb.
#796702
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36
Bog'liq
amaliyla

1-topshiriq. Oilaviy va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘xshash
jihatlarini baliq skeletida joylashtiring.
2-topshiriq . Oilaviy MTT faoliyatiga qo‘yiladigan talablar haqidagi ma’lumot-
laringizni BBB usulida ifodalang.

Madaminova Munavvar


17 - amaliy mashg‘ulot.
Mavzu: Oilaviy MTT tashkil etish uchun kredit olish tartibi.
Reja:
1. Oilaviy MTT tashkil etishning ahamyati
2 Oilaviy MTT tashkil etish tartibi
3. Bugungi kunda oilaviy MTT ochish uchun kredit olish tartibi


Amaliy mashg‘ulot ning maqsadi: Magistrlarga Oilaviy MTT ochishning ahamyatini, tashkil etish tartibini va kredit olish usullarini o‘rgatish.
Ta’lim metodlari :Venn diagrammasi , aqliy hujum , klaster, blits so‗rov .
Ta’lim vositalari :tayanch matn , ekspert topshiriqlar .
Kutilayotgan natija : Magistrlarga Oilaviy MTT ochishning ahamyatini, tashkil etish tartibini va kredit olish usullarini o‘rganishadi


Kichik ma’ruza: Prezidentning “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilinganidan keyin davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy bolalar bog‘chalari ochish uchun qator imtiyozlar berila boshlandi. Norma imtiyozlardan qanday foydalanish va ishni nimadan boshlash, bog‘cha faoliyatini yo‘lga qo‘yishgacha bo‘lgan bosqichlardan qanday o‘tish haqida tushuncha berdi.
Dastavval, bolalar bog‘chasi barpo etish uchun mos keladigan bino yoki yer uchastkasini topish zarur. Masalan, Toshkent viloyati hokimligi xususiy bolalar bog‘chalari barpo etish uchun “nol” xarid qiymatida binolarni sotishni boshlab yubordi. 
Bo‘lg‘usi bolalar bog‘chasining loyihasi bo‘lishi ham zarur shartlardan biri sanaladi. Nomzod loyiha summasining 25%idan kam bo‘lmagan miqdorda sof aktivlarga ega bo‘lishi yoki xuddi shuncha summaga uchinchi shaxsning kafolatini taqdim etishi zarur. Bu bilan u o‘zining moliyaviy jihatdan layoqatli ekanini tasdiqlagan bo‘ladi.
Ariza bilan Maktabgacha ta’lim vazirligining hududiy bo‘linmasiga murojaat etiladi.
Arizada, shuningdek:
• yuridik shaxslar uchun – xususiy hamkorning nomi va joylashgan joyi; jismoniy shaxslar uchun – shaxsiy ma’lumotlar va yashash joyi;
• loyihani amalga oshirish maqsadi;
• loyiha joylashadigan obekt yoki yer uchastkasi haqidagi ma’lumotlar aks ettiriladi. 
Arizani ko‘rib chiqish uchun EKIHning 1 baravari miqdorida yig‘im undiriladi. 
Ariza Maktabgacha ta’lim vazirligi va viloyat yoki shahar hokimligi, Davlat raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi bilan hamkorlikda ko‘rib chiqiladi. Ijobiy yoki salbiy javob 10 kun ichida berilishi lozim. Agar arizada kamchiliklar bo‘lsa, “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi nizom” talablariga javob bermasa, u tegishli qaydnoma bilan egasiga qaytariladi. Unda aniqlangan kamchiliklar to‘liq ko‘rsatilishi va xususiy sherik kamchiliklarni bartaraf etib, so‘ngra arizani qayta topshirishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilishi kerak. Ammo bu muddat 10 ish kunidan kam bo‘lgan muddatni tashkil etishi mumkin emas. Arizani qayta ko‘rish uchun yig‘im undirilmaydi. Qayta topshirilgan ariza 10 kun ichida ko‘rib chiqiladi.
Arizaga ijobiy javob olingan taqdirda xususiy sherik maktabgacha ta’lim muassasasiga ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oilalar farzandlarini qabul qilish va ular uchun imtiyozli ota-otalar to‘lovini (mazkur joyda davlat ta’lim muassasalarida belgilangan qiymatdan yuqori bo‘lmagan) joriy etish majburiyatini o‘z zimmasiga olishi zarur: 
• agar kelishuv tugaganidan keyin mol-mulk davlat ixtiyoriga o‘tadigan bo‘lsa, undagi — 15% tarbiyalanuvchi imtiyozli asosida qabul qilinadi.
• konsessiya egasi uchun — 20%;
• agar DXShning kelishuvi predmeti xususiy sherikning mulki negizida bolalar bog‘chasini moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash bo‘lsa— 35%.
• qishloq joylardagi oilaviy MTM — 70%.
Unda aniqlangan kamchiliklar to‘liq ko‘rsatilishi va xususiy sherik kamchiliklarni bartaraf etib, so‘ngra arizani qayta topshirishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilishi kerak. Ammo bu muddat 10 ish kunidan kam bo‘lgan muddatni tashkil etishi mumkin. Tijorat banklari bolalar bog‘chalarini ochish uchun qishloq joylarda namunali uylarni, ko‘p xonadonli uylarning birinchi va ikkinchi qavatlaridan kvartiralarni sotib olish uchun imtiyozli kreditlar taqdim etadi. Foiz stavkasi — yillik 1%, muddati — 15 yil, shuningdek, 3 yillik imtiyozli davr beriladi. • Inshootlarni ta’mirlash, o‘quv anjomlarini xarid qilish uchun ham imtiyozli kreditlarni olish mumkin.
• Davlat tomonidan sherik bo‘lgan tashkilot kreditlarni olishga ko‘maklashishi darkor.
• Soliq imtiyozlaridan tashqari belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxatlar bo‘yicha mamlakatimizga olib kelinadigan uskunalar, jihozlar, o‘quv qo‘llanmalari uchun bojxona imtiyozlari taqdim etiladi.

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish