1-topshiriq. Oilaviy MTT lar faoliyatini klaster usulida ifodalang.
Durdiyeva Mohinur
16-amaliy mashg‘ulot. Mavzu:Oilaviy MTT faoliyatiga qo‘yiladigan talablar. REJA: 1.Oilaviy mtt larning faoliyatini tashkil etish. 2.Oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish. 3.Oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarish va uning faoliyatini nazorat qilish. Amaliy mashg‘ulot maqsadi:Oilaviy MTT faoliyatiga qo‘ yiladigan talablar haqida ma’lumot berish.
Ta’lim metodlari: Baliq skeleti,blits so‘rov,aqloy hujum.
Ta’lim vositalari:tayanch matn,markerlar,ekspert topshiriqlar.
Kutilayotgan natija:Magistrlar oilaviy mtt faoliyatiga qo‘yiladigan talablar haqida tushuncha olishlari va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidan farqli tomonlarini bilib oladilar.
Kichik ma’ruza:Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga ,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga,O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga boshqa qonun hujjatlarida shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muasssasini yuridik shaxs hisoblanadi va o‘z ustaviga mustaqil balansiga bank hisob raqamlariga o‘z nomi ko‘rsatilgan muhrga ega bo‘ladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasi qonun hujjatlariga muvofiq muassa shaklida tashkil etiladi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti muasssislari
toifasiga kirmaydigan barcha yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasining muasdislari bo‘lishi mumkin.
Oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda litsenziya olgan vaqtdan boshlab ta’lim faoliyatini amalga oshirish
huquqiga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq,nodavlat maktabgacha ta’lim muassasini akkredatsiya qilish vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida 5 kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida quyidagi ish tartibi joriy etiladi.
12 soatli;
10,5soatli;
9 soatli;
4 soatli
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasi joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib,nodavlat maktabgacha ta’lim muassasida yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi hamjoriy etilishi mumkin.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasida bolalarning ovqatlanishi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan sanitariya qoidalari,normalari va gigiyena normativlari asosida amalga oshiriladi.
Oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga tibbiy yordam ko‘rsatish shtatidagi yoki sog‘liqni saqlash organlarining shartnoma asosida maxsus biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiyot xodimlari nodavlat maktabgacha ta’lim muassasi xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti,sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishi, davolash profilaktika tadbirlar o‘tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va ovqatlanish rejimi va sifatida rioya qilinishi uchun javob beradilar.Oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilot xodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’limning uzluksizligini ta’minlash maqsadida shartnoma asosida o‘z faoliyatini umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bilan birgalikda amalga oshirishi mumkin.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli guruhlar uchun 4 soatli ish tartiblari joriy etiladi.
Oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari bolalarni qabul qilish tegishli tibbiy xulosa asosida amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bolalarni qabul qilish va ularni chiqarish tartibi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ustavi bilan belgilanadi.
Oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari guruhlaridagi bolalar soni davlat maktabgacha tashkilotlari uchun belgilangan me’yordan ortiq bo‘lmasligi
kerak.