1-amaliy mashg‘ulot. Mavzu: Umumiy turdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining umumiy va farqli jihatlari. Reja



Download 0,93 Mb.
bet1/36
Sana14.07.2022
Hajmi0,93 Mb.
#796702
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
amaliyla


II-SEMESTR
Bonu
1-amaliy mashg‘ulot.
Mavzu: Umumiy turdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining umumiy va farqli jihatlari.
Reja:
1. Umumiy turdagi davlat va nodavlat makabgacha ta’lim tashkilotlarining umumiy jihatlari.
2. Umumiy turdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining farqli jihatlari.
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Magistrlarga umumiy turdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining umumiy jihatlari, ularni tashkil etish yo‘l- yo‘riqlari ota-onalarning huquq va majburiyatlari hamda davlat va nodavlat MTT larning bir biridan farqli jihatlarini o‘rgatish.
Ta’lim metodlari: klaster, savol-javob, aqliy hujum , BBB , Venn diagrammasi.
Ta’lim vositalari: tayanch matn, markerlar, tarqatma materiallar, topshiriqlar.
Kutilayotgan natija: Magistrlar umumiy turdagi davlat va nodavlat MTT larni faoliyati to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘ladilar. Egallangan bilimlarni turli xildagi ta’lim metodlari orqali mustaxkamlab oladilar


Kichik ma’ruza:
1. Umumiy turdagi davlat va nodavlat makabgacha ta’lim tashkilotlarining umumiy jihatlari.
Umumiy turdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ushbu muassasaning ustavi hamda shartnomasi bilan tartibga solinadi. Ota-onalar bilan tuzilgan shartnoma bolalarning ushbu muassasada bo‘lish vaqtini, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda tomonlarning huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini o‘z ichiga oladi. Ota-onalar quyidagi huquqlarga ega: o‘z bolalari uchun ta’lim-tarbiya shakllarini, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim berish tilini tanlash; nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarga ta’lim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini hamda bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishni talab qilish; nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi bilan tuzilgan shartnoma shartlarida belgilangan tartibda kun davomida o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda bolalarni maktabgacha ta’lim muassasasidan olib ketish huquqiga ega. Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
Davlat va Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisipalatalariningqarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
2. Umumiy turdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining farqli jihatlari.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan farqli o‘laroq davlat maktabgaacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalar quyidagilarga majbur:
belgilangan normativlarga muvofiq bolaning davlat maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lgan davri uchun badal to‘lovini o‘z vaqtida to‘lash;
bolalarning to‘laqonli ovqatlanishini, ularda shaxsiy gigiyena ko‘nikmalari shakllantirilishini qat'iy kuzatib borish, bolani davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga ozoda kiyingan holda olib kelish.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida o‘quv yili joriy yilning 2 sentabridan boshlanadi va keyingi yilning 1 iyunida tugallanadi. Ushbu davr oralig‘ida sog‘lomlashtirish davri davom ettirilsa, Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida esa o‘quv yili joriy yilning 2-sentabridan 31-maygacha davom etadi. 1-iyundan 31-avgustgacha yozgi sog‘lomlashtirish davri tashkil etiladi.

Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini moliyalashtirish


Muassis nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga mol- mulkni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda biriktiradi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi o‘ziga biriktirilgan mol-mulkni va o‘ziga ajratilgan mablag‘lar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati uning muassisi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyalashtiriladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash muassislar tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalari uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalardan past bo‘lmagan miqdorda amalga oshiriladi.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasini moliyalashtirish .


Davlat maktabgcha ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirish tegishli tartibda davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida 5 kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi:


12 soatli;
10,5 soatli;
9 soatli;
4 soatli.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida haftasiga 5 kunlik ish joriy qilingan. ish vaqti 9soatli.

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish