№1 Amaliy mashg’lot mavzusi



Download 204,5 Kb.
bet5/29
Sana24.01.2023
Hajmi204,5 Kb.
#901735
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
ҲАЁТ ФАОЛИЯТИ ХАВФСИЗЛИГИ Amaliy

Mashg’lot mavzusi.


Qon ketish turlari va qon o’rnini bosuvchi suyuqliklarni quyish.

Reja:
1.Qon ketishi haqida umumiy tushuncha.


2.Qon ketish turlari, belgilari.
3.Qon ketishini to’xtatish usullari .
4.Qon va uning o’rnini bosuvchi suyuqliklar haqida tushuncha.

Kerakl jihozlar: tarqatma materiallar, jgut, rumol, eritmalar va plakatlar.


Qon ketish deb Qon to’qimasining o’z yo’lidan, ya'ni qon tomir devorining buzilishi (yorilishi, kesilishi, yirtilishi) natijasida tashqariga yoki biron bo’shliqqa (ko’krak bo’shlig’i, qorin bo’shlig’i, bosh suyagi ichi, bo’g’imlarga) oqib chiqishiga aytiladi.


Qon ketishi anatomik nuqtai nazardan arterial, venoz, kapillyar, parenximatoz bo’lsa, sababiga ko’ra mexanik (kesilganda, tomir shikastlan-ganda), neyrotrofik (qon tomir devorining yupqalashishi va o’tkazuv-chanligi oshishi, ya'ni oziqlanishning buzilishi natijasida, sepsis, skar-latina, singa kasalliklari oqibatida) sodir bo’ladi.
Klinik jihatdan tashqi, ichki, yashirin, qon ketish turlari mavjuddir. Qon ketishi vaqtiga qarab quyidagilarga bo’linadi: birlamchi (shikastlanish ro’y berishi bilanoq). Erta ikkilamchi qon ketishi shikastlanishdan keyingi dastlabki soatlarda va kunlarda.
Qon ketishining klinik ko’rinishi quyidagilarga bog’liq: shikastlanish turiga, shikastlanish o’lchoviga, qon tomir turiga, uning diametriga, qonning qayoqqa oqishiga. Arterial qon ketishida yurakdagi bosim hisobiga shikastlangan tomirdan qon fontanday otilib chiqadi. Arterial tomirlardagi qon kislorodga to’yingan bo’lganligi sababli qonning rangi avlon rangda bo’ladi. Bunday qon ketish qisqa vaqt ichida o’tkir kamqonlikka olib keladi va uning natijasida quyidagi hollar kuzatiladi:
1. Arterial qon bosimining progressiv pasayib ketishi.
2. Bosh aylanishi.
3. Ko’z oldi qorong’ilashishi.
4. Ko’ngil aynishi.
5. Qusish.
6. Hushdan ketish.
Venoz qon ketishda esa qon rangi ko’kimtir bo’ladi hamda pul'satsiya yo’li bilan oqadi. Buning sababi shundaki, vena qon tomirlarida bosim past bo’ladi va qon xujayralardagi chiqindilar bilan to’yingan bo’ladi. Venoz qon ketishidagi asoratlar kabi hollar kuzatiladi.
Qon ketish turlarida vrachgacha birinchi yordam.
Arterial qon ketishda qon ketayotgan tomir bosib turiladi yoki bosib turuvchi bog’lam qo’yiladi, yuqoriroqdan jgut bilan bog’lanadi. Bosimni pasaytirish uchun qo’l yoki oyoqdagi shikastlangan sohani ko’tarib qo’yish kerak. Venoz qon ketishida ham bosib turish, bosib turuvchi bog’lam qo’yish va jgutdan foydalanish mumkin, ammo shikastlangan qon tomir qo’l yoki oyoqda bo’lsa, ko’tarib qo’yish taqiqlanadi, chunki venoz qon tomirlarida qon klapanlar hisobiga yuradi.
Ikkala qon ketish turida ham jgut 2 soatdan ortiq turishi mumkin emas.
Parenximatoz yoki kapillyar qon ketishida shikastlangan sohaga kompres yoki muzli xaltacha qo’yiladi.
Barcha qon ketish turlarida umumiy qon ketishini to’xtatish uchun ximiyaviy preparatlar ham qo’llaniladi (aminokapron kislotasi, ditsinon va h.k.).
Qon quyish-tirik to’qimani ko’chirib o’tkazish bo’lib, bemor organizmiga ko’p tomonlama ta'sir qiladi. Shuning uchun, bu operatsiya mutloq ko’rsatmalar bo’lganda bajarilishi kerak. Hozirgi kunda transfuziologiya maxsus fan sifatida ajralib chiqdi. Gemoterapiyaning ijobiy ta'sirini oshirish uchun qon kompanentlarini, uning preparatlarini va qon o’rnini bosuvchilarni differinsiallangan holda quyish mumkin. Masalan, anemiyada ko’p qon yo’qotilganda ba'zi bir bemorlarga qon o’rniga eritrotsitlar massani tranfuziya qilish mumkin. Qon to’xtatish (gemostatik) effektini plazma, trombotsitlar massasi, krioprepitsitat va boshqa preparatlar quyish bilan hosil qilish mumkin.
Klinikada yangi transfuzion taktikaga rioya qilish kerak. Qon quyish o’rniga bemorga yetishmaydigan ma'lum bir faktor, qon derivatlarini quyish tavsiya qilinmoqda. Bulardan eritrotsitlar, trombotsitlar, leykotsitlar massalarini, plazma va uning oqsil fraksiyalarini ko’rsatib o’tish mumkin.
Qon va qon o’rnini bosuvchi suyuqliklarni quyishda meditsina hamshirasining roli juda katta. U qon quyish uchun apparatlarni tayyorlaydi, qonni saqlash qoidalarini uning yaroqliligini tekshirib ko’radi, qon hisobini olib boradi va qon quyishda vrachning birinchi yordamchisi hisoblanadi.
Qon quyish butun organizmga murakkab neyrogumoral ta'sir ko’rsatadi. quyilgan qonning ta'sirini to’rt asosiy turga ajratish mumkin:
1) o’rinbosarlik ta'siri;
2) stimullovchi ta'sir;
3) qon to’xtatuvchi ta'sir;
4) zararsizlantiruvchi ta'sir.
Qoni kam bemorga ko’p miqdorda (1500-2500 ml gacha) qon uyib, gemoglobin va eritrotsitlar miqdorini deyarli normal holga keltirish, shuningdek, arterial bosimni oshirish mumkin.
Quyilgan qon bemor organizmida 3 kundan 12 kungacha saqlanib, kislorod almashinuvida, fagotsitozda va shunga o’xshash protsesslarda ishtirok etadi. Qon quyilgandan keyin, masalan, ko’mikning qon ishlab chiqarish funksiyasi yaxshilanadi, leykotsitlarning fagotsitar aktivligi ortadi va hokazo. Quyilgan qonning gemostatik (qon to’xtatuvchi) ta'siri asosan ivish xossasi ortishiga bog’liq.
Ba'zi bir kasalliklarda butun qon o’rniga uning ayrim komponentlari: plazmasi, zardobi,
eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlar massasini quyish ma'qul.
Plazma qonni 40da 8 soat tindirib olinadi. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda plazma og’rnini bosadigan sintetik kolloid eritmalardan poliglyukin ko’p ishlatiladi. Poliglyukin organizmdan uzoq vaqtgacha chiqib ketmaydi. Shok, qon yo’qotish, kuyish va boshqa holatlarda poliglyukin ishlatiladi.
Polivinilpirralidon yuqori molekulyar sintetik kolloid eritmadir. U poliglyukinda bor ko’pgina xossalardan tashqari, toksinlarni adsorbsiya qila oladi.
Keyingi vaqtlarda polivinilpirralidonning quyi molekulali preparati ishlab chiqilmoqda. U buyrakdan tez chiqayotib, toksik moddalarni ergashtirib ketadi, shuning uchun infeksiyalarda, peritonitda, intoksikatsiyalarda, kuyishda va shunga o’xshash hollarda ko’p ishlatiladi. Shu guruhdagi moddalardan polivinil spirt qon o’rnini bosuvchi eritma sifatida ishlatiladi, u zararsiz bo’lib, arterial bosimni uzoq vaqt bir xil saqlab turadi.
Zardob ivigan yoki fibrinsizlangan qonning suyuq qismi. Plazma va zardob tarkibida oqsil moddalar, antitelalar va gormonlar bo’ladi. Ular suyuq (nativ plazma va zardob) va quyuq holda chiqariladi.
Har xil shok paydo bo’lganda, gemostaz maqsadida qon quyilganda, organizm oqsil yo’qotganda va boshqa hollarda plazma yoki zardob quyish tavsiya etiladi.
Eritrotsitar massa 80-90% eritrotsit bilan 20% plazmadan iborat bo’lib, tayyor ampulalarda chiqariladi.
Leykotsitar massa har xil leykopeniyalarda venaga quyiladi (nurdan zararlanganda va hokazo), shuningdek, jarohatning bitishini tezlatish uchun mahalliy chora hisoblanadi.
Trombotsitar massa suyuq va quruq holda chiqariladi. qonning ivish xossasi buzilganda gemostaz maqsadida venaga shunday massa quyiladi.
Qon o’rnida ishlatiladigan suyuqliklarga har xil eritmalar (al'bumin, protein, jelatinol', Petrov suyuqligi, Markaziy qon quyish instituti (SOLIPK) taklif etgan serotransfuziya va boshqalar), zararsizlantiruvchi eritmalar (gemodez, Leningrad qon quyish instituti (LIPK) taklif etgan № 3 eritma, SOLIPK taklif etgan tuzli infuziya va boshqalar), vena qon tomiriga yuboriladigan preparatlar (oqsil gidrolizatlari-aminolepit, aminokrovin, gidrolizin, L-103 va boshqalar) kiradi.
Xirurgiyada qon o’rnida tuzli eritmalar (ringer eritmasi, ringer - LOKK eritmasi) ham ko’p ishlatiladi.
Har xil dorilar (antibiotiklar, antiseptiklar, narkotiklar) qo’shilgan shifobaxsh eritmalar ham tuzli eritmalar hisoblanadi. Bulardan tashqari, shokka qarshi ishlatiladigan suyuqliklar (Asratyan, Banaytis, Popov suyuqliklari) va boshqa juda ko’p har xil suyuqliklar qon o’rnida keng ishlatiladi. Bu suyuqliklar Bobrov apparati yordamida yoki qon quyish sistemasi orqali venaga, ba'zilari teri ostiga yuboriladi.

Download 204,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish