Jahon hududlarida aholining jinsiy tarkibi
(% hisobida, 2002 y).
Hududlar
Erkaklar
Ayollar
MDH
48,5
51,5
Xorijiy Yevropa
48,9
51,1
Afrika
49,9
50,1
Amerika
49,8
50,2
Avstraliya va Okeaniya
50,5
49,5
Aholining irqiy va milliy – etnik tarkibi. Inson irqi-bu avloddan
avlodga o„tuvchi o„xshash tashqi (teri, gavda) belgilarga ega bo„lgan,
tarixan shakllangan kishilar guruhidir. Shunday belgilar g„atoriga teri,
soch va ko„z rangi, burun va lab shakli bo„y va gavdaning
taqsimlanishiga xos xususiyatlar va boshqalar kiradi.Jahon aholisi
asosan 3 asosiy va qo„shimcha irqiy guruhlarga mansubdir. Bular
Yevropoid (oq tanli), mangoloid (sariq tanli), negroid (qora tanli) hamda
50
son jihatdan kichik bo„lgan avstroloid xalqlaridir. Shulardan birinchisi –
Yevropa, Janubi g„arbiy va Janubiy Osiyo, Shimoliy Afirika, Shimoliy
Amerika hamda Janubiy Amerikaning katta qismida, Avstraliyada keng
tarqalgan, ikkinchisi Sharqiy, Janubi-sharqiy, O„rta Osiyoda, Kanada
shimolida, Markaziy va Janubiy Amerikada, uchinchisi – Tropik
Afrikada, Janubiy Osiyoda, Amerika va Okeaniyada mavjud. To„rtinchi
irq vakillariga asosan Avstraliya va Okeaniyaning tub aholi vakillari
kiradi.
Dunyoda hammasi bo„liib 3-4 mingga yaqin halq, ya‟ni etnos
mavjud. Bularning ayrimlari millatlarga aylangan, qolganlari xalq va
qabilalardan iborat. Tabiiyki,alik ko„p miqdorda xalqlarni guruhlarga
ajratish (tasniflash) zarur. Aholi geografiyasi uchun xalqlarni,
birinchidan, soniga va, ikkinchidan, tiliga qarab guruhlarga ajratish eng
katta ahamiyatga egadir.
Dunyo mamlakatlari aholisining milliy tarikibi va etnik
munosabatlarining xususiyatiga ko„ra qator guruhlarga taqsimlash
mumkin. Birinchi guruhga bir millatli, ya‟ni asosiy millati jami
aholisining 95 foizidan ortiq qismini tashkil etuvchi mamlakatlar:
Yevropada – Islandiya, Irlandiya, Norvegiya, Daniya, Polsha,
Germaniya
va
boshqalar,
Osiyoda-Yaponiya,
KXDR,
Koreya
Respublikasi, Bangladesh, Mo„g„iliston, Yaman, Oman, Qator,
Afrikada-Misr, Liviya, Somali, Madakaskar va boshqalar.
Ikkinchi guruhga ushbu ko„rsatkich 70-95 foizga teng bo„lgan
mamlakatlar-Buyuk Britaniya, Fransiya, Ispaniya, Finlandiya, Jazoir,
Marokash, Suriya, AQSH, Avstraliya, O„zbekiston, Turkmaniston,
Ozarbayjon va boshqalar kiradi. Uchinchi guruh mamlakatlarida (Eron,
Afg„oniston, Gruziya, Qirg„iziston, Qozog„iston, Pokiston, Malayziya,
Markaziy, Sharqiy va Janubiy Afrika mamlakatlari va boshqalar) asosiy
millat ulushi jami aholisining yarmidan kam yoki ortiq, biroq 70 foizdan
past ko„rsatkich bilan ifodalanadi. To„rtinchi guruhda aholisi bir nechta
yirik millatlardan iborat, lekin ulardan birontasining ulushi sezilarli
ustun bo„lmagan mamlakatlar to„plangan (Hindiston, Indoneziya,
Filippin, Shveysariya, G„arbiy Afrika mamlakatlari).
Aholining diniy tarkibi. Insoniyatning ijtimoiy rivojlanish tarixida
dinlar hamisha muhim rol o„ynab kelgan. U hozir ham aholini barcha
tabaqalarining ma‟naviy-sotsial dunyoqarashi shakllanishiga, qolaversa,
xalqaro siyosiy hayotga katta ta‟sir o„tkazib kelmoqda.
Jahon bo„yicha xalqlar o„rtasida o„nlab dinlar tarqalgan bo„lib, ular
xususiyatlariga ko„ra primitiv, milliy va dunyoviy dinlar guruhiga
51
bo„linadi. Dastlabki shakllanish bosqichida kelayotgan primitiv dinlar
urug„ va qabilalik holatida yashab kelayotgan tropik Afrika negrlari,
Janubiy Amerika hindulari, ayrim Janubiy, Sharqiy Osiyo va
Okeaniyaning kichik etnik xalqlari orasida tarqalgan. Milliy dinlar
jahonning ba‟zi mamlakatlarida asosan bitta davlat doirasidagi mahalliy
din holatida yashab kelmoqda. Ularga Hindistondagi hindoizm,
Xitoydagi konfutsionizm, Yaponiyadagi sintoizm, Isroildagi iudaizm va
boshqalar kiradi.
Jahon dinlaridan eng keng tarqalgani xristian dini bo„lib (bu din
uch mazhabni-katolik, pratestant va pravislavni o„z ichiga oladi), unga
asosan Yevropa, Amerika va Avstraliyada yashovchi taxminan 1 mlrd.
dan ortiq kishi e‟tiqod qiladi. E‟tiqod qiluvchilar soniga ko„ra (1 mlrd.ga
yaqin) islom dini ikkinchi o„rinda turadi. Asosan Osiyo bilan Afrikada
joylashgan deyarli 30 ta mamlakatda Islom dini davlat dini deb e„lon
qilingan. Markaziy va sharqiy Osiyoda tarqalgan budda dini jahon
dinlari orasida uchinchi o„rinda turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |