Jahon aholisini balandlik mintaqasi bo„yicha joylanishi
(foiz hisobida)
Qit‟a,
materiklar
Dengiz sathiga nisbatan balandlik, m
200m
gacha
200-500 500-1000 1000-
1500
1500-
2000
2000m dan
balandda
Yevropa
68,8
23,5
7,2
0,5
-
-
Osiyo
56,5
23,5
11,7
4,9
2,5
0,9
Afrika
32,5
24,1
20,8
13,8
6,8
2,0
SH.Amerika
46,9
33,3
7,9
4,1
4,0
3,8
J.Amerika
42,3
15,0
22,8
4,7
4,2
11,0
Avstraliya va
Okeaniya
72,9
17,8
8,4
0,9
-
-
Quriqlikda
56,2
24,0
11,6
4,4
2,3
1,5
2. Aholining tabiiy o„sishi va migratsiyasi.
Jahon aholsining son
jihatdan o„sishining bosh omili aholining tabiiy ko„payishidir. Aholining
tabiiy ko„payish darajasi yil davomida jami to„g„ilganlardan, jami
o„lganlarni ayirib tashlangandan keyingi qoldiq bilan ifodalanadi. Uning
ko„rsatkichlari bir yilda o„rtacha har 1000 aholiga qancha to„g„ilish va
qancha o„lish holatlari to„g„ri kelishiga qarab aniqlanadi. aholining
tabiiy ko„payish jarayonigina uning to„xtovsiz son jihatdan o„sib va
avlodlarning almashib turishini ta‟minlaydi. Garchi tabiiy ko„payish
biologik jarayon bo„lsada, uning kechishi va keng ko„lamda jamiyatda
qaror topgan xilma-xil ijtimoiy-iqtisodiy sharoit (tirikchilik vositalari
bilan ta‟minlanganlik darajasi, oila va nigoh, bolalar tarbiyasi, urf
odatlar, diniy aqidalar va boshqa) lar katta ahamiyat kasb etadi.
Aholi o„rtasida to„g„ilishning qay darajada bo„lishiga siyosiy
notinchliklar, urushlar, keng tarqalgan xavfli kasalliklar katta salbiy
ta„sir ko„rsatadi.
Hozirgi vaqtda jahon mamlakatlari aholisining tabiiy ko„payish
ko„rsatkichlariga ko„ra ikki guruhga ajratish mumkin:
Aholi birinchi turi. To„g„ilish, o„lim, tabiiy ko„payish
ko„rsatkichlarning ancha past darajasi ana shu guruhga kiruvchi
45
mamlakatlarga xosdir. Bu guruh mamlakatlarini demografik tanglik
mamlakatlari ham deyish mumkin.
Odamda aholining takror ko„payishi uchun oilalarda o„rtacha
kamida 2,5 bola to„g„ilishi, ya‟ni mavjud oilalarning yarmi 2 nafar,
qolgan esa 3 nafardan bolali bo„lishlari talab etiladi. yangidan dunyoga
kelgan bu bolalarning 2 nafari ota va onalarning o„rnini qoplasa, qolgan
0,5 nafar bepushtlar, baxsiz hodisa tufayli oila qura olmasdan o„tganlar
o„rnini to„ldiradi. Bunday demografik holatda aholining oddiy takror
barpo bo„lishi deyiladi.
Hozirgi vaqtda jahon aholisining 1/5 qismini o„zida birlashtirgan,
dunyoning rivojlangan mamlakatlari aksariyatida aholining tabiiy o„sish
ko„rsatkichlari, har 1000 kishiga hisoblaganda, Yaponiya, AQSH,
Kanada +1-2 dan Avstraliya va Yangi Zelandiya +5-8 gacha tebranadi.
Demografik tanglik, ayniqsa, Yevropa mamlakatlarida yaqqol ko„zga
tashlanmaoqda. 2001 yil ma‟lumotlariga ko„ra ularga har 1000 aholi
hisobiga o„rtacha 10 ta to„g„ilish va 11ta o„lim ko„rsatkichlari to„g„ri
kelmoqda, ya‟ni jami to„g„ilganlar hatto umumiy o„lganlar o„rnini ham
qoplay olmayapti.
Misol tariqasida Germaniyani oladigan bo„lsak, mamlakatda
to„g„ilish dunyoda eng past ko„rsatkichga ega. Oilaning o„rtacha me‟yori
2,7 kishi. Har to„rt oilaning bittasi farzandsiz. Buning oqibatida keyingi
vaqtlarda bu mamlakat aholisi kamayib borayapti.
Umuman rivojlangan mamlakatlarda aholi tabiiy ko„payishi
kamligining sababi, jamiyat a‟zolarining o„rtasida o„ziga xos kam bolali
bo„lishga moyil demografik xulq-atvorning shakllanganligidir. Shu
sababli bu guruh mamlakatlarda hozirgi vaqtda hech bo„lmaganda
mavjud aholi soni takror barpo qilishni ta‟minlash vazifasi yotadi.
Aholi ko„payishining ikkinchi turi to„g„ilish va tabiiy
ko„payishning yuqori, bir qator mamlakatlarda esa juda yuqori,
o„limning aksincha nisbatan pastligi, ushbu guruhga kiruvchi
mamlakatlarning
asosiy
demografik
belgisidir.
Bu
guruh
mamlakatlarida, tom ma‟noda, demografik faollik hukmrondir. Aholi
ko„payishining bu turi eng avvalo Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasining
rivojlanayotgan mamlakatlariga xosdir.
Ma‟lumki, rivojlanayotgan mamlakatlarning asosiy ko„pchiligi
yaqinlargacha o„z boshidan mustamlaka yoki yarim mustamlakalarga
xos ijtimoiy nohaqliklarni o„tkazib kelgan edilar. Ularning ko„pchiligi
asosan mustaqil rivojlanish davrini boshlab, hozirgi davr tibbiyot-
sanitariya, fan-texnika kabi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yutuqlaridan
46
foydalanish imkoniyatiga ega bo„ldilar. Ularga nisbatan ijtimoiy
yaxshilana boshlandi, turli yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish
imkoniyatlari paydo bo„ldi. Bu sharoitlar ularda to„g„ilishning yuqori
darajasi saqlanib qolgani holda, o„limning keskin kamayishiga olib
keldi. Bu esa o„z navbatida XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab jahon
aholisini misli ko„rilmagan yuqori sur‟atlarda o„sishiga olib kelgan.
Darhaqiqat rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining tabiiy ko„payishi
ko„rsatkichlari ayniqsa, XX asrning 60-70 yillarida o„zining yuqori
darajasiga erishgan edi. O„sha yillarda bu ko„rsatkich har 1000 kishi
hisobiga o„rtacha 25-28 kishiga teng bo„lgan edi. Boshqacha aytganda
jahon aholisi aynan rivojlanayotgan mamlakatlar hisobiga har yili
o„rtacha 2,0 va undan ortiq foizda o„sishga erishgan edi.
Tabiiy o„sish Afrika, Markaziy Amerika, Janubiy - g„arbiy Osiyo
hamda Markaziy va Janubiy Osiyoda yuqori koeffitsiyentlarga ega.
Ushbu ko„rsatkich Yevropada nolga, Rossiyada esa minus 2-3 promiliga
teng. Rossiyada immigratsiya katta miqdorga ega bo„lmaganda
depolyatsiya jarayoni, ya‟ni aholi sonining qisqarishi undan sezilarli
bo„lardi. So„ngi yillarda yer yuzasi aholisining mutloq soni yiliga
o„rtacha 85-90 mln. kishiga o„smoqda.
Ammo 90- yillardan boshlab demografik faollik mamlakatlarida
ham aholining tabiiy ko„payishida yaqqol sekinlashuv alomatlari ko„rina
boshlanadi. Jahon aholisining 2/3 da yaqinini tashkil qiladigan Osiyo va
Afrika mamlakatlarida aholining o„rtacha yillik o„sishi darajasi faqat
1995-2001 yillar orasida 4 punktga, ya‟ni, Osiyoda 2,4 foizga kamayishi
qayd qilindi. Ana shular tufayli jahon aholisining yillik o„sishi
ko„rsatkichlari ham shu yillar orasida 1,5 dan 1,3 foizga pasaydi.
Hozirgi vaqtda jahondagi ko„pchilik mamlakatlar davlat
demografik siyosatini yurgizib, aholining ko„payishini boshqarishga
intilmoqdalar. Demografik siyosat ma‟muriy, iqtisodiy, targ„ibot va
boshqa tadbirlar bo„lib, davlatlar bo„lar yordamida aholining tabiiy
ko„payishiga o„zi hohlagan yo„nalishda (birinchi galda to„g„ilishga)
ta‟sir ko„rsatadi. Demografik siyosatning yo„nalishi dastavval
mamlakatdagi
demografik
holatga
bog„liq
bo„ladi.
Aholini
ko„payishining birinchi turiga kiruvchi mamlakatlarda demografik
siyosat ko„proq to„g„ilishni va tabiiy ko„payishni oshirishga qaratilgan
bo„ladi. Aholi ko„payishining ikkinchi turi xos bo„lgan ko„pchilik
mamlakatlar keyingi o„n yilliklarda to„g„ilishni va aholining tabiiy
ko„payishini qisqartirishga qaratilgan demografik siyosat yurgiza
boshladilar. Bu sohada dunyoning ikkita eng katta mamlakati – Xitoy
47
bilan Hindiston eng ko„ harakat qilmoqda desa bo„ladi. Hisobotda har
bir oilada 1 ta, Hindistonda esa 2 ta dan ortiq bola to„g„ilishiga yo„l
bermaslikni ko„zda tutuvchi demografik siyosat olib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |