1. Dunyo aholisining soni, zichligi va joylanish xususityalari.
Aholi deganda, ma‟lum hududda (mamlakatda, mintaqada, jahonda)
yashayotgan kishilar guruhiga aytiladi. U barcha tarixiy davrlar
mobaynida jamiyat taraqqiyotining asosi bo„lib kelgan. Chunki u
hamisha moddiy boyliklarni ishlab chiqargan, o„z iste‟molida
foydalangan va jamiyat taraqqiyotini amalga oshirib kelgan.
1999 yilning oktyabr oyida jahon aholisi 6 mlrd. kishilik marrani
xatlab o„tdi. 2001 yil o„rtalarida uning umumiy soni 6137 mln. kishiga
yetdi. Hozirgi vaqtda uning umumiy soni 6,5 mlrd. kishidan ortib ketdi.
BMT va boshqa halqaro tashkilotlarning hisob - kitob va taxminlariga
ko„ra, 2010 yilda aholi soni 7 mlrd. 176,6 mln. ga, 2025 yilda esa, 8
mlrd. 504,2 mln.ga yetadi. Hisob-kitoblardan ma‟lum bo„ldiki, dunyoda
har 230 kunda 1 ta Turkiya aholisiga barobar nufuz ortadi. Har soniyada
3, daqiqada 155, har soatda 10600, har kunda esa 245-620 chaqaloq
ro„yxatga olinadi.
Aholi yer kurrasida nihoyatda notekis joylashgan. Aholi ko„p
to„plangan uchta asosiy arealni ajratib ko„rsatish mumkin. Birinchi areal
Janubiy, Janubi-Sharqiy va Sharqiy Osiyoni o„z ichiga oladi. Bu
arealdagi mamlakatlarda o„rtacha zichlik 1 km. kv 100 kishidan ortadi,
ba‟zi joylarda esa, 1000-1500 kishiga yetadi va undan ham oshadi.
Aholining bunday zichligiga bu yerda kishilarning qadimdan yashash,
ko„p mehnat talab qiluvchi intensiv obikor dehqonchilik tipining tarixiy
tarkib topganligi, shuningdek, aholining tabiiy ko„payishi xususiyatlari
sabab bo„lgan.
Yer shari aholisining 70 % i quruqlikning 7 foizida
mujassamlangan bo„lsa, 15 % da aholi umuman yashamaydi. Aholining
asosiy qismi mu‟tadil, subtropik va subekvatorial iqlim mintaqalarida
joylashgan, 50 % aholi dengiz sathidan 200 m gacha bo„lgan
43
hududlarda, 30 % i dengiz sohillaridan 50 km. gacha o„zoq hududlarda
yashaydi.
Yer shari bo„yicha har km
2
ga o„rtacha 40 kishi to„g„ri kelsada,
ayrim mamlakatlarda aholi zichligi juda yuqori (Bangladeshda har km
2
ga 800 kishi, Manokada 15,5 ming, Singapurda 4,5 ming kishi to„g„ri
keladi). yer shari aholi eng zich yashaydigan hududlar quyidagilardir:
1. Janubiy Osiyo-Hindiston, Bangladesh, Shri-Lanka, Pokiston
(aholi soni 1,5 mlrd.ga yaqinlashmoqda, zichligi 300-500 kishi har
km
2
ga;)
2. Sharqiy Osiyo –Xitoy, Yaponiya, Koreya respublikasi, KXDR
(Bu hududda 1,5 mlrd. dan ortiq aholi yashaydi, zichligi har km
2
ga 200-
300 kishi);
3. Janubi-Sharqiy Osiyo – Indoneziya, Filippin, Tayland,
Malayziya va boshqalar (aholi soni 0,5 mlrd. zichlik har km
2
ga o„rtacha
300 kishi);
4. Yevropa (aholi soni 0,7 mlrd ga yaqin, zichlik har km
2
o„rtacha
200 kishi).
5. Shimoliy Amerika Atlantika okeani sohillari, AQSH ning
shimoli-sharqi.
Umuman, Dunyo aholisining 60 % i Osiyoda, 12% i Afrikada, 9,5
% i Yevropada, 8,5 % i Lotin Amerikasida, 5,5 % dan ortig„i Shimoliy
Amerika va MDH da 0,5 % Avstraliya va Okeaniyada istiqomat qiladi.
Zichligi katta bo„lgan ikkinchi areal Yevropada tarkib topgan. Bu
yerlarda aholining o„rtacha zichligi 200 kishidan 400 kishigacha bo„lgan
bir qancha mamlakatlar bor. Asosiy sanoat rayonlarida aholi zichligi har
km. kv. da 500-1500 kishiga yetadi va undan ham ortadi. Uchinchi areal
AQSHning shimoliy-sharqiy qismidir. Bu hududda sanoat yuksak
rivojlanganligi hamda mamlakatning asosiy rayoni ekanligi aholining
zich joylashishiga sabab bo„lgan. Shu bilan birga quruqlik maydonining
yarmiga yaqinida aholi zichligi 1 km
2
ga bir kishi hali to„g„ri kelmaydi.
O„zlashtirish ayniqsa qiyin bo„lgan doimiy sovuq Qutbda, baland tog„li
o„lkalar, cho„llar, issiq va sernam ekvatorial o„rmonlarda aholi
nihoyatda kam. Shunday qilib, tabiiy sharoit aholining joylashishiga
katta ta‟sir ko„rsatadi. Quyidagi jadval orqali ham aholining balandliklar
bo„yicha joylanish xususiylashtirini bilib olish mumkin.
Aholining joylashishiga tabiiy sharoit xususiyatlardan tashqari
iqtisodiy va tarixiy sharoitlar, aholini kelib o„rnashgan vaqti, xo„jalik
tipii, tashqi va ichki migratsiyaning intensivligi va boshqalar hal
qiluvchi ta‟sir ko„rsatadi.
44
Do'stlaringiz bilan baham: |