1- mavzu: Iqtisodiy geografiya fanining


 Mehnat resurslari va ulardan foydalanish



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/198
Sana01.01.2022
Hajmi1,39 Mb.
#303255
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   198
Bog'liq
iqtisodiy geografiya

5. Mehnat resurslari va ulardan foydalanish.
 Mehnatga yaroqli 
aholi  mehnat  resurslari  deb  ataladi.  Mehnat  resurslarini  aniqlashda 
aholining  yosh  va  jinsiy  tarkibi  hisobga  olinadi.  Mehnatga  yaroqli 
aholiga,  odatda,  15  yoshdan  65  yoshgacha  kishilar  kiradi.  Mehnatga 
yaroqli 
aholining 
asosiy 
qismini 
ijtimoiy 
ishlab 
chiqarishda 
qatnashuvchi  iqtisodiy  faol  aholi  tashkil  etadi.  Aholining  mehnat 
faoliyati  munosabatiga  qarab:  mehnatga  layoqatligicha  bo„lgan, 
mehnatga  layoqatli  va  mehnatga  layoqatlidan  keyingi  guruhlarga 
ajratiladi. 


 
53 
Asosiy mehnat resurslari mehnatga layoqatli va mehnat yoshidagi, 
xususan,  ishlab  chiqarishdan  ajralgan  holda  o„qiydigan  va  harbiy 
xizmatdagilarni  o„zida birlashtirsa, qo„shimcha  mehnat resurslariga  14-
16 yoshdagi ishlovchi o„spirin-yoshlar va xizmatini davom ettirayotgan 
nafaqaxo„rlar kiradi.  
Mehnatga layoqatli yosh turli  mamlakatlarda turlicha belgilangan. 
Masalan,  Rossiyada  16-59  yoshdagi  erkaklar,  16-54  yoshdagi  ayollar 
mehnat  resurslari  hisoblanadi.  AQShda  erkak  va  ayollar  bir  xil  16-65 
yosh,  Finlandiya,  Yaponiya,  Kanada,  Germaniyada  15  yoshdan 
mehnatga  layoqatli  hisoblanadi.  Uning  yuqori  chegarasi  aholining 
o„rtacha umr ko„rish darajasi, mamlakatning iqtisodiy salohiyati asosida 
belgilanishi mumkin.  
Mehnat resurslarining ulushi Yevropada eng yuqori ko„rsatkichlar 
bilan  ifodalanadi.  (62-64  foiz),  Amerika  hamda  Avstraliya  va 
Okeaniyada ushbu ko„rsatkich 56-58 foizni tashkil etadi. Osiyoda  ham 
bu  ko„rsatkich  ancha  yuqori  (53-54  foiz)  faqat  Afrikada  mazkur 
ko„rsatkich  (47  foiz)  nisbatan  past  hisoblanadi.  Dunyo  aholisining  52 
foizi mehnat resurslaridan iborat. alohida mamlakatlar bo„yicha oladigan 
bo„lsak  Xitoy  –  756,8  mln.  Hindiston  450,8  mln.  AQSH-144,7  mln., 
Indoneziya-101,8  mln.,  Braziliya  -79,7  mln.,  Rossiya  –  77,7  mln.  kishi 
mehantga yaroqli aholisi bo„lib, dunyoda oldinda turadi. 
Aholi bandligi ham turli mamlakatlarda turlicha. Masalan, moddiy 
boyliklar  ishlab  chiqarish  sohasida  Rossiya  aholisining  70%  i,  AQSH 
aholisining  54%,  noishlab  chiqarish  sohasida  esa  Rossiyaning  30  %, 
AQShning  46%  mehnat  resurslari  band.  Bu  ko„rsatkichlar  qishloq 
xo„jaligi  bo„yicha  Rossiyada  15  %  ni,  AQSH  da  3%ni,  sanoatda 
Rossiyada  37  %  ni,  AQSH  da  24  %ni,  xizmat  ko„rsatish  sohasida 
Rossiya  48%  ni,  AQShda  70%  ni,    tashkil  etadi.  Lekin  shu  bilan 
birgalikda  asosiy  rivojlanayotgan  mamlakatlarda  mehnatda  band 
aholining  tarkibida  qishloq  xo„jaligi  va  unga  yaqin  bo„lgan  sohalarda 
band aholi ko„pchilikni tashkil etadi. 
Yer  shari  aholisining  oshishi  bilan  birgalikda  ishsizlik  muammosi 
ham  mavjud.  Ishsizlikka  barham  berish  ko„plab  mamlakatlarda  eng 
asosiy  muammolardan  biriga  aylangan.  Osiyo,  Afrika  va  Lotin 
Amerikasi  mamlakatlarida  esa,  ishsizlarning  mavjudligiga,  iqtisodning 
umuman,  sust  rivojlanganligi,  ayollarning  ijtimoiy  ishlab  chiqarishga 
kam tortilganligi, kichik yoshdagilar ko„pchilikni tashkil etishi sababdir. 
 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish