Agar pirovard mahsulot uchun uzoq davrda talab o‘ssa, bunday holat ishlab chiqarish omillarining ham foydaliroq bo‘lgan tarmoqlarga oqib borishini taqozo etadi. Masalan, raqobatda ishtirok etuvchilar o‘z pullarini qandaydir aktivlarga, xususan, aksiyaga qo‘ysalar, albatta undan foyda kutadilar. Foyda kelishi uchun esa ishlab chiqarish ken- gayishi, mahsulotlarni sotish hajmi ortib borishi zarur. Buning uchun esa qo‘shimcha resurslar, samarador texnologiyalar jalb etilishi, ishlab chiqarishni tashkil etishning eng foydali usullari qo’llanilishi lozim bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |