Monopsoniya - bu bozoming shunday holatiki, bunday bozorda xaridor bitta, sotuvchilar esa ko‘p bo‘ladi.
Monopoliya shunday bozorki, bunda bitta sotuvchi, xaridorlar esa ko‘p boiadi. Shuning uchun bunday bozorga boshqa ishlab chi- qaruvchilaming kirishi qiyin, kira olmaydi.
Monopoliya — bozorda hukmronlik qilishdir.
Nazorat savollari
Monopoliya qanday bozor?
Qanday bozor qonunlari mavjud, qachon va nima uchun ularga amal qilish zarur?
Qanday sharoitda maksimal foydaga erishish mumkin?
Monopol hokimlikda har bir firma uchun talab egri chizig'i qanday bo'ladi?
Takomillashgan sof raqobat bozori qanday bozor?
bob. MONOPOL RAQOBAT VA OLIGOPOLIYA
Bozor tuzilishi, uning shakllari va mohiyati
Наг bir tarmoq iqtisodiyotini o‘rganish, tahlil qilish yo‘lidagi har qanday harakat cheksiz va bajarilishi mumkin bo'lmagan vazifa bo‘lur edi. Shuning uchun biz bu yerda haqiqatga yaqinroq bo‘lgan, ya’ni bir necha asosiy bozor tuzilishini yoki modelini aniqlash va muhokama etish maqsadiga muvofiq. Shu yo‘I bilan iqtisodiyotning holatini ifodolovchi ko'pgina bozor tiplarida baho va ishlab chiqarish hajmini aniqlovchi umumiy usullar bilan tanishish mumkin.
Iqtisodchilar bir-biriga uncha o‘xshamagan quyidagi bozor shakl- larini (sharoitini) farq qiladilar:I
Sof (takomillashtirilgan) raqobat bozori;
Sof holdagi yakka hokimlik bozori;
Monopol sharoitidagi raqobat (yoki takomillashmagan raqobat) bozori;
Monopsoniya;
Oligopoliya bozori.
Sof raqobat bozori shunday bozorki, bunda juda ko‘p miqdordagi firmalar bir xil, o‘xshash mahsulotlarni ishlab chiqaradilar.
Talab
D
68-chizma. Sof raqobat bozoridagi
talab hajmi.
Sof raqobat bozori — bozorning shunday holatiki, bunday sharoitda firmalarning soni ham, yirikligi ham bozor bahosini o‘zgarishiga ta’sir eta olmaydi. Shuning uchun alohida fir- malar mahsulotini sotishni ko'pay- tirib borishi bilan unga bo‘lgan talab ham oshib boradi. Chizmada firma- ning talab egri chizig‘i gorizontal o‘qqa parallel.
Sof raqobat bozori — mutlaq, takomillashgan raqobat demakdir.
Butun bozor uchun talab egri chizig‘i salbiy og'ishda bo‘Isa, taklif egri chizig‘i ijobiy bo‘ladi. Talab egri chizig‘i bilan taklif egri chizig‘i ma’lum bozor bahosida va shu bahoda sotiladigan muvozanat mahsulot hajmida bozor muvozanati nuqtasida kesishadi. Sof takomillashgan raqobat bozorida eng ko‘p mahsulot sotiladi. Bunday bozor to‘yingan bozor yoki xaridor bozori hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |