65-chizma. Raqobatdagi firmaning pirovard daromadi.
Monopol firmaning mahsuloti to‘g‘risida gap yuritiladigan bo‘lsa, bozorda sotish bahosini kamaytirish talab etiladi. Chunki shu tarmoqda bitta firma mahsulot ishlab chiqaradi va bu yerda foydalilikka kamayib borish qonuni amal qiladi.
Agar ishlab chiqaruvchi 4 birlik mahsulotini sotmoqchi bo‘lsa, uning narxini, masalan, 5 dollardan 4 dollargacha tushirishi lozim. Endi faqat shu oxirgi mahsulot emas, awalgilari ham shu bahoda sotiladi.
Natijada monopol firmaning pirovard daromadi — MR har bir darajadagi mahsulot hajmidagi bozor bahosidan past bo‘ladi. Chizmada pirovard daromad egri chiziqqa nisbatan (D) ancha tik egilgan.
Monopolist oldida takomillashgan sof raqobat bozorida bo‘lmagan quyidagi vazifalar ko‘ndalang turadi:
Baho darajasini tanlash va uni saqlab qolish.
Do'stlaringiz bilan baham: |