Takomillashmagan raqobat bozorida esa har bir sotuvchi bahoga ta’sir etishi mumkin. Ular shu bahoda o‘z mahsulotlariga haq toiaydilar. Ular o‘z qobiliyatlariga ishonib foydani oshirishga harakat qiladilar. Lekin takomillashgan raqobat bozoridagi qoida MC=P foydani oshirish uchun to‘g‘ri kelmaydi.
Monopsoniya bozorning shunday holatiki, bunda bozorda xaridor bitta, sotuvchilar esa ko‘p bo‘ladi. Xaridorlarning bozordagi yakka hokimligi bahoni xaridor belgilashiga olib keladi.
Monopol raqobat va korxona foydasi
Monopol raqobat deganda, bir xil bo'lmagan, ammo o'xshash mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi ko'pgina firmalarni o‘z ichiga olgan tarmoqlarni tushinish lozim. Bu firmalar monopol raqobatdadirlar. Nimaning hisobiga? Bir necha firmalar bir xil mahsulot ishlab chiqarmaydi. Bu mahsulot differensiatsiyasi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |