P res
Ps=MRC=Ac
Q res
0
44-chizma. Raqobatdagi firmaning resurslarga bo‘lgan talabi.
Qe miqdorda resurs ishlatilganda chizmadagi E nuqtada MRP va MRC laming tengligiga erishish mumkin.
45-chizma. Firma tomonidan resurslarni xarid qilish hajmini tanlash.
Firma qachon resurslarni ko‘p xarid qiladi? Qo‘shimcha birlik resurslar (MRP) dan keladigan daromad ulardan foydalanish xara- jatlaridan yuqori bo‘lishini ta’minlasa (MRC), firma resurslarni ko‘proq xarid qiladi. Shunda MRP>MRC va MRP chizig'i MRC dan tepada turadi.
Agar MRP < MRC bo‘lsa, qo‘shimcha omillardan foydalanish xarajatlari daromadga nisbatan ko‘proq kamayadi.
Firma foydasini maksimal darajada bo‘lishining asosiy sharti — resurslarni pirovard unumdorligining pirovard xarajatlarga teng kelishidadir: MRP=MRC.
Bu fikrlar firmaning mahsulot sotishdagi muvozanati shartiga ancha o‘xshash keladi: MR=MC. Lekin unda mahsulotni sotish to‘g‘risida, bu yerda resurslar xarajati to‘g‘risida gap boradi.
Tayyor mahsulot bozori raqobatlimi yoki monopol holatdami, undan qat’iy nazar firmaning ishlab chiqarish omillari bozoridagi muvozanatining bu oltin qoidasi: MRP=MRC — har qanday ishlab chiqarish omillari bozori uchun bor bo‘lgan haqiqatni o‘zginasi.
Raqobatdagi va monopol sharoitdagi firma uchun tayyor mahsulot bozorida amal qilayotgan resurslarning pirovard unumdorligi boshqacha.
Tayyor mahsulot va xizmatlarning takomillashgan raqobat bozorida firma o‘z mahsulotining hammasini o‘sha bir xil bozor bahosida sotadi. Agar firma resurs birligining miqdorini oshirsa, resurslarning pirovard unumdorligi, ya’ni shuning hisobicha olinadigan pirovard mahsulot hajmi kamayadi. Chunki resurslar unumdorligining kamayib borish qonuni amal qiladi. Resurslarning pirovard unumdorligi MRPc=MP x MR, bunda MR=P, shuning uchun MRPc=MP x P.
Agar tayyor mahsulot bozorida firma yakka hokim bo‘lsa, u o‘z mahsulotini bozordagi baho pasaygandagina ko‘proq sotishi mumkin. U holda firmaning pirovard daromadi har doim baho darajasidan kam bo‘ladi: (MR
46-chiyna. Raqobatdagi va monopol sharoitdagi firma resurslarining pirovard unumdorligi.
(MRPm = MP x MR) (MRPc = MP x P)
Bunda:
MRPm — monopol firmaning ma’lum miqdordagi resurslarining pirovard unumdorligi;
MRPc — raqobatdagi firma resurslarining pirovard unumdorligi.
Bunday holat firma uchun muhim ahamiyatga ega, chunki resurs- laming pirovard unumdorligi firma ishlatishi lozim bo‘lgan resurslar miqdorini aniqlashga yordam beradi.
Raqobatdagi va monopol sharoitdagi firma ishlatadigan resurslar miqdori 47-chizmada ko‘rsatilgan.
47-chizjna. Raqobatdagi va monopol firmaning xarid qiladigan resurslari hajmi.
Amaliyotda uzoq davr mobaynida firma ishlatadigan barcha resurslar miqdorini o'zgartirishi mumkin. Shuning uchun barcha resurslar miqdori o‘zgarib tursa, firmaga qancha resurs zarur bo'ladi? Ularning har bir turidan qancha olish kerak?
Masalan, mehnat (L), kapital (K) kabi resurslarning turlicha miqdori mahsulot hajmini (Q) bir xil darajada ko'paytiradi (Izok- vanta), (48-chizma).
48-chizma. Teng miqdorda mahsulot ishlab chiqarish egri chizig‘i (Izokvanta).
Firma o‘z foydasini maksimal darajaga yetkazish uchun nima qilishi zarur? Faqat xarajatlami kamaytirish kifoya emas. Firmaning tovarlarni eng kam sarf-xarajat bilan turlicha hajmda ishlab chiqarishi yo'Ilari ko‘p.
Resurslar bozorida foydani maksimal darajaga yetkazishning asosiy sharti - resurs xarajatlari (resurs bahosi) bilan resurslarni pirovard mahsuldorligining tengligini ta’minlashdir. Masalan, mehnat resurslari:
Do'stlaringiz bilan baham: |