ijtimoiy
va tibbiy – biologik. Undan tashqari insonlarni davolanishi va dam olishi
xususiyati kelib chiqib, mutaxasislar HRTning 4 ta guruhini ajratishadi:
x
Davolanish;
x
Sog‘lomlashtirish;
x
Sport;
x
Tanishuv.
HRTning birinchi guruhida, insonlarning davolanishiga qaratilgan bo‘lib, unda
mineral suvlar, shifobaxsh balchiqlar, issiq qumlar mavjud joylar asosida xizmat
ko‘rsatish amalga oshiriladi.
HRTning ikkinchi (sog‘lomlashtirish) va uchinchi (sport) guruhi esa,
insonlarning sog‘ligini tiklash hamda, dam olishiga qaratilgan. Bunda, dam olishning
aktiv turlaridan, sayohat, ekskursiya va cho‘milish bilan Shg‘ullanish amalga
oshiriladi.
To‘rtinchi guruh, insonlarning dam olishini mazmunli o‘tkazishda maqsadida,
turli tabiiy va madaniy obyektlarga sayohat tashkil etish orqali, insonlarning ruhiy –
psixologik sog‘ligini tiklashga qaratilgan.
HRT – bu murakkab xo‘jalik tizimi bo‘lib, ya’ni sog‘lomlashtirish va davolanish
muassalari (turli sanotoriyalar, dam olish tashkilotlari, motellar, kempenglar, lagerlar)
79
sport bilan shug‘ullanish muassalari, ekskursiya obyektlari, hamda yo‘l – transport
tarmoqlaridan iborat. HRT shakllanishida hududda barcha xo‘jalik tarmoqlarini
birgalikda rivojlanishini tashkillantirishni talab etiladi. Bunda, bir qancha
muammolarni hal qilish lozim bo‘ladi. Bularga quyidagilar kiradi:
- mintaqalar bo‘yicha dam olish va davolanish muassalarni tabiiy – iqlimiy
sharoit, mineral suv va boshqa resurslardan kelib chiqib joylashtirish;
- rekreatsiya resurslaridan tizimli ravishda samarali foydalanish;
- infrastrukturani shakllanishida tarmoqlar o‘rtasida to‘g‘ri ixtisoslashishni
tashkil etish;
- ovqatlantirish, kommunal va madaniy xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini, hamda
suvenir mahsulotlari ta’minotini yaxshilash;
- zamonaviy transport, yo‘l tarmoqlari va aloqa vositalarini rivojlantirish;
- mehnat resurslaridan samarali foydalanish;
- rekreatsiya maqsadida foydalanishda tabiat landshaftlarini muhofaza qilish.
Undan tashqari rekreatsiya majmualarining 5 tipi ajratiladi:
1) Sanotoriya – kurort tipidagi;
2) Turistik – sog‘lomlashtirish tipidagi;
3) Sanotoriya - turistik – sog‘lomlashtirish tipidagi;
4) Ov qilish - baliq tutish tipidagi;
5) Turistik – sog‘lomlashtirish tipidagi - ov qilish - baliq tutish tipidagi.
Hududiy turistik majmualarga A.S. Soliyev va M.R. Usmonovlar (Turizm
geografiyasi, 38b.) quyidagicha ta’rif b
erishgan: HTM – ma’lum bir hududda yagona
infratuzilma asosida turli turistik obyektlarning o‘zaro aloqadorlikda rivojlanishi va
uni boshqarishini anglatadi. HTM va HRT bilan o‘zaro chambarchas bog‘liq, ammo
ular o‘rtasidagi tafovut ko‘proq ularning hududiy jihatdan qanday masshtabni
egallashida yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |