153
mashq. Gaplardagi qo‘sh undoshli so‘zlarni ikki guruhga ajratib ko‘chiring. Birinchi guruhga qo‘sh undoshlarning biri talaffuz etiladigan so‘zlarni, ikkinchisiga qo‘sh undoshlarning ikkalasi ham aniq talaffuz qilinadigan so‘zlarni yozing.
Hamma uylarda chiroq bor, ikkinchi qavatdagi bir xona qop- qorong‘u. (X. To ‘xtaboyev) 2. Shu chog‘ artilleriya qismlari og‘ir to‘plar bilan ota boshladi. (Oybek) 3. Suvi mo‘l-ko‘l bog‘larda yayrar ekansan bulbul. Qanotlaring mallarang, jussang kichikligidan ko‘rinarkansan arang. (Aburahmon Akbar)
*433-mashq. Berilgan so‘zlar tarkibidagi qo‘sh undoshlardan birini tushiring. Ma’noda qanday o‘zgarish ro‘y berganini ayting.
Ushshoq, yalla, qattiq, tilla, chinni, yo‘lla.
Savol va topshiriqlar
9 1. Qo‘sh undoshli so‘zlami tushuntiring.
So‘z o‘rtasida kelgan qo‘sh undoshlarning talaffuzi va imlosi haqida so‘zlang.
So‘z oxirida kelgan qo‘sh undoshlarning talafñizi va imlosiga misollar ayting.
434jnnashq. Uyga topshiriq. Shu kunlarda o‘zingiz mustaqil o‘qiyotgan yoki adabiyot darsida o‘rganayotgan asardan qo‘sh undoshli so‘zlar ishtirok etgan gaplarban sakkizta topib yozing.
dars.TUTUQ BELG1S1N1NG ISHLAT1L1SH1
topshiriq. Quyidagi so‘zlarda qo‘llanilgan tutuq belgisining vazifasini aniqlang.
San*at, in*от, mas’ul.
topshiriq. Quyida berilgan so‘zlarda birinchi bo‘g‘indagi cho‘ziq unlining talaffuzi va imlosini tushuntiring.
Mo'jiza, mo'tabar, mo'tadil
154
f Tutuq belgisi a 'to, ra’no kabi so‘zlarda unlidan keyin ;
kelib, uning cho‘ziqroq aytilishini ifodalaydi. !
San *at, in’om singari so‘zlarda tutuq belgisi unlidan oldin j
qo‘yiladi va unlini undoshdan ajratib talaffuz etilishini j
v ifodalaydi. J
^
KS3 Mo'jiza, mo‘tadil kabi so‘zlarda o‘ unlisi cho‘ziq talaffuz j qilinsa ham tutuq belgisi qo‘yilmaydi.
435-mashq. So‘zlarni o‘qing, tutuq belgisi nima uchun ishlatilayotganini aniqlang. So‘zlar ishtirokida gaplar tuzing.
E’lon, she’r, qal’a, shu’la, qit’a, jur’at, da’vo, ma’no, qat’iy, ba’zan, e’tiqod, ne’mat.
436'-mashq. Berilgan har bir juftlikdagi so‘zlarning ma’nosini izohlab, farqini tushuntiring. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
san’at-sanat sur’at- surat qal’a-qala
she’r - sher sa’va - sava ta’na - tana
437-mashq. 0‘qing. Awal tutuq belgisi unli tovushlarni cho‘zib talaffuz qilmishni, keyin unli bilan undoshni ajratib talaffuz qilinishni ifodalayotgan so‘zlarni ko‘chiring.
1. Zamira sun’iy ravishda bosiq bo‘lishga urinar edi. (P. Qodirov)
2. Podsho vazir-u a’yonlari davrasida otdan tushib, tog‘ bag‘riga qarabdi. (Mirza Karim) 3. Sening vujudingda mo‘jizalar mavjudligini birinchi bor uchratgandayoq payqagan edim. (X. To ‘xtaboyev)
Savol va topshiriqlar
*} 1. Tutuq belgisi qanday vazifa bajaradi?
Qaysi vaqtda unli cho‘ziq aytilsa ham tutuq belgisi qo‘yilmaydi?
3. Unlidan oldin qo‘yilgan tutuq belgisi qanday vazifa bajaradi?
155
438-mashq. Uyga topshiriq. «Ajdodlar merosi» mavzusida uy inshosini yozing. Rasmdan foydalaning.
Tayanch so ‘ zlar: ajdod, avlod, meros, yodgorlik, me’mor, Amir Temur, Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur, minora, kitob, olim, shoir, tarix, mangu, jahon, yashamoq, yaratmoq, qurmoq, qoldirmoq, qoyil qolmoq, tanolmoq
dars. QATOR UNDOSHLARNING TALAFFUZI VA
IMLOSI
topshiriq. Quyidagi so‘z boshida kelgan qator undoshlar talaffuzi va imlosini tushuntiring.
Traktor, broker, krem, stakan, stol.
topshiriq. Quyidagi so‘z oxirida kelgan qator undoshlar talaffuzi va imlosini tushuntiring
Go‘sht, musht, do‘st, sust, barg, daraxt.
f Bir bo‘g‘inida yonma-yon ikki xil undosh kelgan so‘zlar
qator undoshli so‘zlardir.
y
156
i Kü3 So‘z boshidagi qator undoshiar o‘rtasiga yoki oldiga bir I qisqa unli qo‘shib talaffuz qilinsa ham bu qisqa unli yozilmaydi.
Go‘sht, do‘st, barg kabi so‘z oxirida kelgan qo‘sh undosh- ; lardan biri talaffuzda tushib qolsa ham yozuvda ifodalanadi. ■ I Paxta, nimcha, o‘simlik so‘z!arida ham yonma-yon kelgan í i ikki undosh bor, lekin bu undoshiar bir bo‘g‘inda bo‘Ima- j j ganligi uchun qator kelgan undoshiar hisoblanmaydi.
mashq. Qator undoshiar kelgan so‘zlarni ajratlb, daftarlnglzga ko‘chlrlng.
Hikmat, pand-nasihat, maslahat, baxt, do‘stlik, g‘isht, tabassum, farzand, foyda, qirq, to‘xtamoq, broker, kompyuter, o‘rtoq, ilhom, ko‘rk, stul, ulkan.
mashq. Gaplardagi qator undoshiar kelgan so‘zlarni toping. Ularning talaffuzi va yozilishini solishtiring.
l.Senga baxtdan taxt tilayman, toledan boshinggatoj. (E. Vohidov)
Kitobni qadrlamoq kerak, bu tafakkur qasriga izzat-ehtirom bilan qadam qo‘ymoq lozim. (A. I. Gersen) 3. Ravon nutq - insonning ko‘rki, fazilati. 4. Kapalak xursand bo‘ldi, sevinib qanot qoqdi. (Zulfiya)
441-mashq. Quyidagi topshiriqlarni bajaring.
topshiriq. Metr, sabr, sayr, ilm so‘zlari talafíuzi va yozilishini tahlil qiling. Shunday so‘zlar qatorini kengaytiring.
topshiriq. Tong, ingramoq, tenglik so‘zlaridagi ng birikmasini qator undoshiar sirasiga kiritish mumkinmi? Fikringizni isbotlang!
Savol va topshiriqlar
9 1. Qator undosh deganda qanday undoshni tushunasiz?
Qator undoshiar qanday talaffuz qilinadi va yoziladi?
mashq. Uyga topshiriq. «Do‘st - rio‘stni)ig oynasi» mavzusida mulohazalaringizni yozing.
Undoshlar
|
Talaffuzi
|
Yozilishi
|
|
|
|
145-darsda nazorat diktanti o‘tkazlladi.
dars.BO‘G‘lN VA LINING TURLARI
topshiriq. Quyidagi so‘zlami bo‘g‘inlarga ajrating. Bo‘g‘inlami qaysi tovush asosida ajratganingizni ayting.
Dala, bola, onalar, maktabimiz.
topshiriq. Quyidagi so‘zlami bo‘g‘inlarga ajrating. Bo‘g‘inlami nima asosida ajratganingizni ayting.
Go‘shtni, bargga, go‘shti, bargù
f Bir havo zarbi bilan aytilgan tovush yoki tovushlar
birikmasiga bo‘g‘in deyiladi.
Kg3 Bo‘g‘in unli tovushlar asosida hosil boiadi. Har bir bo‘g‘inda bitta unli qatnashadi, shuning uchun so‘zda nechta unli boisa, shuncha bo‘g‘in boiadL
So‘zning o‘zak va qo‘shimchalariga ajralishi bilan bo‘g‘inlarga ajralishi teng emas: go‘sht-ni, barg-ga so‘zlarida , o‘zak va qo‘shimchalar bilan bo‘g‘inlar teng kelayotgan boisa, go‘sh-ti, bar-gi so‘zlarida teng emas.
Bo‘g‘inlar ikki turli boiadi: ochiq bo‘g‘in va yopiq bo‘g‘in. Unli bilan tugagan bo‘g‘in ochiq, undosh bilan tugagan bo‘g‘in ;
1 esa yopiq bo‘g‘in hisoblanadi. Mas al an: o-na, bo-la so‘zlaridagi har ikki bo‘g‘in ochiq, tosh-lar so‘zidagi har ikki
!
bo‘g‘in yopiq bo‘g‘indir.
mashq. Daftaringizga awal bir bo‘g‘inli, so‘ngra ikki, uch, to‘rt bo‘g‘inli so‘zlarni ko‘chirib yozing.
Sholi, qand, jonbaxsh, sinf, jimirlamoq, laylak, amalparast, dard, lazzat, bog‘, suvsizlik, a’iochi, qoloqlik, jimjimador, hashamatli.
*444-mashq. «Davom ettiring» o‘yinini tashkil qiling. Sinf taxtasiga yozllgan so‘zga nechta bo‘g‘in qo‘shish mumkin?
Namuna: sabr-siz-lik-dan.
445-mashq. Awal faqat ochiq bo‘g‘inli, keyln faqat yopiq bo‘g‘inli so‘zlarni ajrating, farqini tushuntiring.
Latifa, g‘alaba, san’at, sardor, qizg'in, kema, hujjat, uka, avj, a’io.
Do'stlaringiz bilan baham: |