mashq. Quyidagi so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing.
Haqqoniyat, rassom, allakim.
mashq. Quyidagi so‘/lar tarkibida kelayotgan undoshlarga diqqat qiling, ularning aytilishi va imlosini tushuntiring.
Aks-sado, amr-farmon, jabr-zulm, jahd, sarv, xaij qilmoq, elektr, qulf, hukm.
mashq. Uyga topshiriq. Qator undoshlar ishtirok etgan so‘zlarga misollar yozing.
dars. BO‘G‘IN KO‘CHIRISH QOIDALARI. TOVUSHLARNING ORTTIRILISHI VA TUSHIB QOLISHI
Takrorlash uchun savollar
9 1. Bo‘g‘in deb nimaga aytiladi?
Yopiq bo‘g‘inga misollar keltiring.
Tovush tushishi qanday so‘zlarda sodir boiadi?
Qaysi so‘zlarda tovush orttirilishi hodisasi kuzatiladi?
166
d a r s da test ustida ishlanadi.
darsda nazorat diktanti o‘tkaziladi.
167
LEKSIKOLOGIYA
dars. LEKSIKOLOGIYA HAQIDA SUHBAT
topshiriq. Matnni o‘qing. Ma’nosini aytib bering.
Tilimiz nihoyatda boy va r^ng-barang. Bir tushunchani turfa so‘zlar vositasida ifodalash bilan birga, o‘zingizning turli xil munosabatingizni ham ifodalashingiz mumkin. Ma sa lan: jilmaymoq, miyig'ida kulmoq, kulmoq, tabassum qilmoq, xaxolamoq, qah-qah otmoq, tirjaymoq, ishshaymoq kabi o‘ndan ortiq so‘zlar orqali kulish holatini ifodalaysiz va shu bilan birga kulayotgan shaxsga o‘zingizning ijobiy yoki salbiy bahongizni berasiz.
Musiqa asboblari, masalan, dutomi olaylik. Dutor o‘zidan turli-tuman ovoz chiqarish imkoniyatiga ega, lekin undan hamma har xil foydalanadi.
Agar ustasining qo‘liga tushsa, u shunday sayraydiki, yurakni sei qiladi. So‘z ham shunday. Uni qanday jilolantirish, qanday sayratish so‘zlovchi mahoratiga bogiiq. Siz so‘zlardan mahoratli foydalanishni o‘rganing.
Leksikologiya yunoncha lexikos - «lug‘at», logos-«ta’limot» so‘zlaridan olingan boiib, so‘z haqidagi, to‘g‘rirog‘i, so‘z ma’nolari haqidagi ta’limotdir.
*475-mashq. Tuyuqni o‘qing, yoz so‘zlarining qanday ma’nolarda kelayotganini tushuntiring. Har biriga bittadan gap tuzing.
Taqdimi qo‘ling bilan yoz, Mehring bilan qishni qilgin yoz, Erkinlikning osmonida uch, Maqsad sari qanotingni yoz.
(Hamid Nuriy)
mashq. Nuqtalar o‘miga qavs ichida berilgan so‘zlardan mosini qo‘yib ko‘chiring. Nima uchun aynan shu so‘zni tanlaganingizni izohlang.
Uning dastxati ... (chiroyli, go‘zal, suluv) ekan. 2. Bu elda har qanday dushmanga yuzlasha oladigan ... (qahramon, jasur, botir) xalq yashaydi. 3. Shahrimizda birin-ketin... (buyuk, katta) binolar qad ko‘tarmoqda.
168
mashq. Quyidagi so‘z birikmalari yordamida gaplar tuzing, ma’nolarini tushuntiring.
Ko‘chaning boshi, kelinchak bahor, kumush qish, poiat iroda.
Savol va topshiriqlar
9 1. Leksikologiya deb tilshunoslikning qanday boiimiga aytiladi?
2. Yemoq so‘zi o‘mida qanday so‘zlarni qoilash mumkin? Ular o‘rtasida qanday ma’no farqi borligini ayting.
3.. Yosh so‘zi qanday ma’nolarni bildiradi? Наг bir ma’nosini gap ichida keltirib asoslang.
/478-mashq. Uyga topshiriq. «Yurtimizda yuz berayotgan o‘zgarishlar» mavzusida mulohazalaringizni yozing.
dars. SO‘ZNIlNG ATASH MA’NOSI
topshiriq. Quyidagi so‘zlaming borliqdagi nimalami bildirishini ayting. Gul, daftar, o‘rik, piyoz, qor.
topshiriq. Hayvonlarni bildiruvchi o‘nta so‘z yozing. Bu so'zlaming bir- biridan qanday hayvonni bildirishiga ko‘ra farqlanayotganini ayting.
So‘zlarning borliqdagi qanday narsa-hodisalar, belgi- N xususiyatlar, harakat-holatlarni bildirishi uning atash ma’nosi sanaladi.
CS^Faqat mustaqil so‘zlargina atash ma’nosiga ega bo‘ladi. Olmoshlar bundan mustasno. Ular atash ma’nosiga ega bo‘lgan so‘zlarga ishora qiladi.
479-mashq. Gapning mazmunidan kelib chiqib, nuqtalar o‘rniga mos keladigan so‘zlarni qo‘yib ko‘chiring.
Namuna: Shoshilayotgan odam... yuradi. -Shoshilayotgan odam tez yuradi.
... manzarani ko‘rib ko‘z quvnaydi. 2. Sumalak - xushxo‘r va tansiq .... («O'zbek taomlari»dan) 3. Qadim zamonda Chin mamlakatida bir ulug‘ xoqon ... ekan. (Navoiy)
480-mashq. Rasmdagi tasvirga asoslanib «Stadionda» mavzusida og‘zaki hikoya tuzing. Hikoyadagi so‘zlarning atash ma’nolarini ayting.
Tayanch so‘zlar: to‘p, fútbol, sport, kurash, musobaqa, shaxmat, jamoa, o‘ynamoq, sog‘lom, o‘smoq, yugurmoq, tepmoq, e’tibor bermoq, rivojlanmoq, tomosha qilmoq
mashq. Quyida berilayotgan so‘zlarning atash ma’nolariní izohlang.
Yugurmoq, bino, kollej, yashil, beshinchi, kutmoq, baland, uchta, qalam, javob bermoq, chiroyli, sakramoq, sakkiz, ikki, quvnoq, aytmoq, o‘n ikki, deraza, o‘ntacha.
Savol va topshiríqlar
9 1. Atash ma’nosi deb qanday ma’noga aytiladi?
2. Qanday so‘zlar atash ma’nosiga ega?
3. Oltita mustaqil so‘z yozib, ulaming atash ma’nolarini ayting.
mashqJ Uyga topshiriq. Beshta gap tuzing. Har bir gapda narsa-hodisa, belgi-xususiyat hamda harakat-holatlarni ifodalovchi so‘zlar ishtirok etsin.
. 170
160-dars. BIR MA’NOLI VA KO‘P MA’NOLI SO‘ZLAR
Topshiriq. Quyidagi birikmalarda bosh so‘zining ma’nolarini ayting. Xat boshi, jo'ra boshi, boshi og'rimoq, bosh mutaxassis, bosh harf.
f \
fu So‘zlar bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlarga boiinadi.
0‘n, Toshkent, Mirzacho‘l singari aniq bir ma’noni ifodalash
uchun qoilanilgan so‘zlar bir ma’noli so‘zlar sanaladi.
Nutqiy jarayonda ikki va undan ortiq ma’noda qo‘llanuvchi
so‘zIarga ko‘p ma’noli so‘zlar deyiladi.
mashq.^Ko‘p ma’noli so‘zlarning ma’nosini izohlang.
1.0‘zbekistonning Davlat tili-o‘zbek tilidir. 2. Razvedkachilarga «til» tutib kelish topshirilgan edi. 3. Shoir boshini birdan ko‘tardi. (Oybek) 4. Ochilgan paxtani bir boshdan teringlar.
*484-mashq; Avval bir ma’noli, keyin esa ko‘p ma’noli so‘zlarni ko‘chiring. Ko‘p ma’noli so‘zlarning har bir ma’nosi asosida gap tuzing.
Og‘iz, geografiya, geometriya, qo‘l, oyoq, maktab, bo‘g‘in, tom, o‘tmas, dasturxon, oshxona, kitob, non, iflos.
mashq. Quyidagi birikmalardagi ko‘p ma’noli so‘zni toping, qanday ma’no ifodalayotganini izohlang.
Iliq munosabat, qalb izhori, chuqur tekshirmoq, xira odam, istiqbol yo‘li, sovuq xabar.
Savol va topshiriqlar
9 1. Qanday so‘zlarga bir ma’noli so‘zlar deyiladi?
Qanday so‘zlarga ko‘p ma’noli so‘zlar deyiladi?
Bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlarga misol keltiring.
mashq/ Uyga topshiriq. «0‘zbek tilining izohli lug‘ati»dan peshana, burun, og‘iz, tish, quloq, yuz« bel so‘zlarining ma’no turlarini aniqlang. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
171
161-darsj SO‘ZNING 0‘Z VA KO‘CHMA MA’NOLARI
topshiriq. Ko‘z, oltin, ternir, quloq, og‘iz so‘zlarini eshitganingizda, eng awalo, nimalar ko‘z oldingizga keladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |