Tag charmi sohasi tishli oyoq kiyimi (shipovka) – yugurish va sakrash uchun
maxsus oyoq kiyimi bo‘lib, oyoq kiyimi tag charmining oldingi qismida maxsus
tishchalari bo‘lishi bilan farqlanadi (balandlikka sakrashda bu tishchalar barmoqlar
sohasida joylashtirilishi mumkin).
Estafetali yugurish – yengil atletikaning jamoaviy turi bo‘lib, jamoaning har bir
a‘zosining alohida estafeta bosqichini bosib o‘tishi va estafeta tayoqchasini
navbatdagi ishtirokchiga uzatishi bilan belgilanadi. Tayoqcha yo‘qotilganda uni
faqat tushirib yuborgan sportchi qaytarib olishi talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |