~ 436 ~
tayyorgarligi bosqichi bo‘lib, uning o‘ziga xos farqlanuvchi jihati – yuksak sport
formasini ushlab turish va uzoq vaqt davomiyligida chiqishlarda yuksak sport
natijalariga erishishdan tashkil topadi. O‘z navbatida, bu bosqich sportchilarda 28 –
30 yoshdan boshlanib, ularning sport yo‘nalishidagi faoliyatlari (karyera)
yakunlanishi bilan tugallanadi.
O‘smirlik yosh davri (yigit va qizlar) – yengil atletikada bu yosh davri 16 – 17
yoshni tashkil qiladi (musobaqa yilining 31 – dekabr sanasi holati bo‘yicha hisobga
olinadi).
Soqqa (yadro) –og‘irligi 3, 4, 5, 6, 7,257 (±5g) kg ni tashkil qiluvchi
(sporchilarning yoshi va jinsiga bog‘liq holatda) sharsimon shakldagi, metal
materialdan tayyorlanuvchi, yengil atletika uloqtirish turida foydalaniluvchi sport
snaryadi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: