MUNDARIJA:
KIRISH 4
I Bob. Qo’shma so’zlar lingvistik tadqiqot obyekti sifatida 10
So’z yasalish tizimida qo’shma so’zlar… 10
Qo’shma so’zlarning izohlanish muammosi 22
Ingliz va o’zbek tillarida qo’shma so’zlar klassifikatsiyasi 28
bob bo’yicha xulosa… 37
Bob. Kognitiv tilshunoslik va uning tilni tadqiq etishdagi hissasi 40
Kognitiv tilshunoslik: rivojlanish tarixi va o’rganish obyekti 40
Kognitiv analiz metodlari 49
bob bo’yicha xulosa… 67
Bob. Ingliz va o’zbek tillaridagi qo’shma so’zlarni tadqiq qilishda kognitiv yondashuv 70
Ingliz va o’zbek tillaridagi qo’shma so’zlarning kognitiv modellari
…………………………………………………………………………………….70
Ingliz va o’zbek tillaridagi qo’shma so’zlarning konseptual xilma-xilligi
…………………………………………………………………………………….84 3-bob bo’yicha xulosa……………………………………………………...93
Umumiy xulosa 97
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 99
Kirish
Mustaqillik sharofati bilan respublikamiz haotida juda katta o’zgarishlar sodir bo’ldi. Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy o’zgarishlar bilan bir qatorda, xorijiy davlatlar bilan aloqalar rivojlandi va bu ayni paytda chet tilarini o’rganishga bo’lgan talabni oshirdi. Mamlakatimizda minglab tilshunos olimlarning yetishib chiqishida va o’zbek xalqining boy folklor namunalarini butun dunyoga namoyish etishda tilning o’rni beqiyosdir (Karimov, 1999, b 18).
O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A. Karimovning 2012-yil 10-dekabrdagi 1875-son qaroriga muvofiq chet tillarni o‘qitishning kompleks tizimi, ya’ni uyg‘un kamol topgan, o‘qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, respublikaning jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuviga yo‘naltirilgan tizim yaratildi.
“Hozirgi davrda chet tilini o‘rganish va o‘qitish katta e’tibor kasb etmoqda. Bu, albatta bejiz emas. Bugungi kunda jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallashga intilayotgan davlatimiz uchun chet tillarni mukammal bilishning naqadar muhimligi mubolag‘a emas, zero xalqimiz o‘zining buyuk kelajagi chet ellik sheriklar bilan o‘zaro bog‘liq ekanini juda yaxshi biladi…. O‘zbekiston jamiyatining milliy xususiyatlariga asoslangan va insoniyat qadr qimmatiga mos keluvchi, chet tilini tezroq o‘rganish metodini ishlab chiqishimiz kerak” (Karimov, 1998, 312 b).
Chet tillariga berilgan bunday katta e’tibor, ingliz tilini o’rganish va o’rgatishda yangi tadqiqotlarni ochilishiga sabab bo‘lmoqda. Ma’lumki, so’z bu kishilar o’rtasidagi aloqani ta’minlab beruvchi quroldir. So’z rivojlanishi, ko’payishini o’rganadigan hodisalardan biri bu so’z yasalish hodisasi bo’lib, har qanday tilda ham tilning lug’ati va rivojlanishi uchun muhim obyekti bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |