Abbrivatura. So’z va so’z guruhlarining qisqarishi hisoblanadi. Bu qisqarishning sababi lingvistik va ekstra–lingvistik tusga egadir. Ekstra–lingvistik sababida odamlar hayotining o’zgarishi va bu o’zgarishlar ko’pgina qisqarishlarga duch kelishini ko’rishimiz mumkin.
Zamonaviy ingliz tilida bir qancha yangi abbrivatura formalari mavjud bo’lib, bu hayot tarzi jadallik bilan o’sib ketmoqda va imkon darajasida ko’p ma’lumotga ega bo’lishimiz kerak degani.
Qisqartma so’zlarning asosiy 2 ta turi bo’lib, ular grafik va leksik jihatdan farqlanadi. Grafik jihatdan ular yozma matnda joylarni kamroq egallash uchun ishlatiladi. Ular ham o’z o’rnida bir nechta semantic guruhlarga bo’linib ketadi. Biz bu yerda misollar berish bilan kifoyalansak maqsadga muvofiq bo’ladi. Masalan: days of weeks – Mon., names of month – Apr., names of countries – UK.
Leksik tomondan so’zning bir qismini qisqartirish orqali yasaladi va leksik nuqtai–nazaridan apokoplar deyiladi. Masalan: disco (dicotheque), expo (exposition), intro (introduction).
Qisqartma so’zlar bosh harflarni qisqartirish yo’li bilan odatda leksik ham, grafik ham turda bo’lishi mumkin. Masalan: J.V – joint venture– grafik, BBC – leksik turga misol bo’la oladi.
Shuni ta’kidlash joizki, abbrivatsiya tarixdan hozirgacha eng mahsuldor va qiziqarli so’z yasalish usuli hisoblanadi. Shu sababga ko’ra, zamonaviy ingliz tilida keng tarqalgan.
Qo’shma so’zlar. Keling endi tadqiqot ishining asosiy mazmuni bo’lmish qo’shma so’zlarning so’z yasalishidagi ahamiyati va mazmunini ko’rib chiqsak. Barcha tilshunoslik hodisalari kabi qo’shma so’z yasalishiga ham zamonaviy va tarixiy yondashuv mavjud. Zamonaviy yondashuv asosan qo’shma so’zning strukturaviy va semantik xusuiyatlariga ko’proq e’tibor qaratsa, tarixiy yondashuv vaqt o’tishi bilan qo’shma so’zlarda sodir bo’lgan o’zgarishlarni o’rganadi.
Qo’shma so’z paydo bo’lishi bilan ingliz tilidagi barcha ko’p bog’inli so’zlardek fonetik o’zgarishlarga duch keladi. Ushbu fonetik o’zgarishlar, o’z navbatida, so’zning morfologik strukturasiga ham ta’sir o’tkazadi.
Qo’shma so’z tarkibidagi alohida olingan morfemalar yo’qolib ketishi, qo’shma so’zning tarkibiy ma’nosi o’zgarishi yoki umuman unutilishi mumkin. Ushbu jarayon, ya’ni oddiylashish jarayoni, davomida qo’shma so’z shunchalik keskin o’zgarishlarga uchrashi mumkinki, ular yasama yoki oddiy so’zlarga aylanadi.
Oddiy til foydalanuvchisi yangi so’zlarning vujudga kelishi yoki ularning tilga o’rnashish jarayonini boshqaruvchi faktorlarga ko’p ham e’tibor beravermaydi. So’zni tushunish uchun uning qanday shakllanganligini, oddiymi yoki murakkab ekanligini aniqlash shart emas, ya’ni uning qismlarga bo’lina olishi yoki olmasligi unchalik muhim emas.
Biz o’zimiz uchun yangi bo’lgan so’zni u bildirgan tushuncha yoki predmetga qarab bilib olishimiz mumkin. Ba’zi so’zlar boshqalariga qaraganda shaffofroq. Misol uchun, indescribable so’zida bizga tanish bo’lgan hamda boshqa ko’plab so’zlar yasalishi mumkin bo’lgan “inkor qo’shimchasi + o’timli fe’l + sifat yasovchi qo’shimcha» strukturasini ko’rishimiz mumkin. Ushbu strukturani bilgan
holda, biz osonlik bilan uning ma’nosini chiqara olamiz: “tasvirlab bo’lmaydigan” (“cannot be described”). Shunga qaramasdan, biz xuddi shu strukturaga ega bo’lgan, lekin ushbu tahlil ish bermaydigan so’zlarni ham uchratishimiz mumkin: Unfashionable, unfavorable.
So’z yasalishida qo’shma so’zlarning ahamiyati haqida alohida urg’u bergan holda, bu hodisaning yasash usullari va jarayonini ta’kidlab o’tish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Qo’shma so’zlarni yasash jarayoni bir necha xil ko’rinishda bo’lishi mumkin:
Qo’shma so’zlar ma’lum davrdagi produktiv formulalar bilan bir vaqtda vujudga kelishi. Ma’lum vaqt produktiv bo’lgan formula, kun kelib o’zining bu qobiliyatini yo’qotishi ehtimoli yuqori. Shunga asosan, ma’lum paytda “fe’l + ravish” formulasi juda produktiv bo’lgan va unga mos tarzda bir qancha qo’shma so’zlar yasalgan: outgrow, overturn kabi, lekin bugungi kunda bu struktura produktiv hisoblanmaydi va so’zlar yasalishi to’xtatilgan.
Qo’shma so’zlar erkin so’z birikmalarining strukturaviy qo’shilishi yoki sekin–asta semantik izolatsiya jarayoni natijasi bo’lishi. Bularga misol tariqasida forget – me – not – ko’k gulli kichik o’simlik, scarecrow – qushlarni qo’rqitish uchun yasalgan qo’riqchi, pickpocket – cho’ntakkesarlik, bridesmaid – kelindugonasi kabi so’zlarni keltira olamiz. Ushbu qo’shma so’zlar aslida erkin so’z birikmalari bo’lgan va keyinchalik vaqt o’tishi bilan semantik va strukturaviy jihatdan izolyatsalangan. Yuqoridagi qo’shma so’zlarni tashkil qilgan so’zlar bir vaqtlar anglatgan ma’nosini yo’qotgan, ularning qaysi so’z turkumiga oidligi va butun bir ibora izolyatsalangan, ma’nosi maxsuslashtirilgan, natijada ajralmas qo’shma so’zlarga aylangan.
Ingliz tilshunosligidagi ikkinchi so’z yasash usullari ham bo’lib, ular eski ingliz tilida so’z yasay olgan, ammo bugungi kunga kelib bunday xususiyatlarini yo’qotgan produktiv bo’lmagan usullardir. Ular quyidagilardan tashkil topgan:
tovush o’zgarishi;
urg’u o’zgarishi;
tovushga taqlid;
uyg’unlashtirmoq;
qayta tiklash.
Do'stlaringiz bilan baham: |