Hotam Umurov adabiyot qoidalari



Download 1,16 Mb.
bet79/125
Sana01.09.2021
Hajmi1,16 Mb.
#162002
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   125
Bog'liq
adabiyot qoidalari

Juzvlar undosh va unlining miqdoriga, ularning mutaharrik („zer“, „zabar“ yoki „pesh“li) va sokin („zer“, „zabar“ yoki „pesh“siz) bo‘lishiga qarab uch guruhga bo‘linadi: sabab, vatad, fosila.

Bu juzvlarning har biri ikki xil bo’ladi:


1-jadval

Ushbu juzvlarning ifodasini belgilash uchun Alisher Navoiy „U1 ko‘zi qaro dard-u g‘amidin chidamadim“ jumlasini keltiradilar va quyidagicha taqte’ qiladilar:

Ul “— sababi hafif ( - )

Ko‘zi“ — sababi saqiyl ( — v)

Qaro“ — vatadi majmu’ (v — )

Dard-u“ — vatadi mafruq ( — —)

G‘amidin “ — fosilayi sug‘ro (v — —)

Chidamadim“ — fosilayi kubro (v v v —)
Sabab, vatad, fosila juzvlarining turli-tuman chatishuvidan aruzda sakkizta asl rukn tug‘iladi. Xalil ibn Ahmad „faala“ fe’lidan hech qanday ma’noni anglatmaydigan, lekin juzvlardagi cho‘zg‘ilarning uzun va qisqaligini a’lo darajada bildiradigan sakkizta ruknni (afoil) yaratgan:
2- jadval


N

Nomlanishi

Bahrlar tuzilishi



1

Faulun


Mutaqorib




“ Vatadi majmu’ ”

“Sababi hafif”



V – –

2

Foilun


Mutadorik




“Sababi hafif”

“ Vatadi majmu’ ”



– V –

3

Foilotun


Ramal




“Sababi hafif”

“ Vatadi majmu’ ”



– V – –

4

Mafoiylun


Hajaz




“ Vatadi majmu’ ”

“Sababi hafif”

“Sababi hafif”


V – – –

5

Mustaf’ilun


Rajaz




“Sababi hafif”

“Sababi hafif”

“ Vatadi majmu’ ”


– – V –

6

Mafoilotun


Vofir




“ Vatadi majmu’ ”

“Fosilayi sug’ro”



V– V V –

7

Mutafoilun


Komil




“Fosilayi sug’ro”

“ Vatadi majmu’ ”



VV– V –

8

Mafulotun








“Sababi hafif”

“Sababi hafif”

“ Vatadi majmu’ ”


– – – V –

Ruknlar ikki turga bo’linadi: solim (o‘zgartirilmagan, butun) va g‘ayri solim (o‘zgartirilgan). Asl ruknlarni o‘zgartirib, yangi ruknlar yasash zihof deb ataladi. Asllardan yangicha „aslchalar“ yaratish zihofat bo’lsa, „aslchalar“dan „kichik (shoxobcha) asl“ yaratish far’ deb ataladi.

Asl, zihof, far’ ruknlar takroridan yoki bir-biriga aralashtirib olinishidan bahrlar tug’iladi. Ular o‘n to‘qqizta: tavil, madid, basit, vofir, komil, hazaj, rajaz, ramal, munsareh, muzore’, mujtass, sare’, jadid, qarib, hafif mushokil, mutaqorib, mutadorik.


Aruz bahrlari

3-jadval


Ba’zi bahrlarga misollar:



Rajazi musammani solim

4-jadval



1-rukn

2-rukn

3-rukn

4-rukn

Mustaf’ilun

Mustaf’ilun

Mustaf’ilun

Mustaf’ilun

– – V –

– – V –

– – V –

– – V –

Ey shoh karam

Ki mehr nu




aylar chog‘i

ri teng tushar




teng tut yamo

vayron-u o




n-u yaxshini

bod ustina





Hazaji musaddasi maqsur

5-jadval



1-rukn

2-rukn

3-rukn

4-rukn

Mafoilun

Mafoilun

Mafoil





V – – –

V – – –

V – –




Jahondaqol

Bilib tahqi




madi ul yet

q (i) ni kasb et




magan ilm

magan ilm






6- jadval



O‘zbek mumtoz adabiyotida ramal, hazaj, rajaz, mutaqorib eng ko‘p qo’llanilgan. Jumladan, Alisher Navoiyning „Xazoyin ul-ma’oniy“ devonidagi g‘azallarning yarmidan ko‘prog‘i ramal bahri (foilotun ruknining turlicha takrori)da yozilgandir.

Bahrlar bir-biriga yaqinligi, „o‘zagi“ bir xil bo’lishiga ko‘ra guruhlanib, aruz doiralarini tashkil etadilar. Bir o‘zakli (yaqin) bahrlar uchun bitta bayt yoki misra she’r aytiladi va u turlicha joydan boshlab o‘qilsa, maxraj (o‘zak) atrofida guruhlashgan qon-u qardosh bahrlar kelib chiqaveradi.

Doirayi mu’talifadan tashqari (6-jadval), uning doirayi muttafiqa, doirayi mujtaliba, doirayi mujtalibayi muzohafa, doirayi mujtalibayi muxtaraa, doirayi muxtalifa, doirayi mushtabiha, doirayi mushtabihayi solim, doirayi muntazi’a kabi ko‘rinishlari ham bor. Ta’kidlangan doiralar Bobur tomonidan „Muxtasar“ asarlarida kashf etilgan va Alisher Navoiy aniqlagan doiralar sonini ikkitaga boyitib, to‘qqiztaga yetkazganlar.



Taqte’ (arabcha so‘z bo’lib, bo‘laklarga, parchalarga bo‘lish ma’nosini beradi) she’rning vaznini aniqlash uchun misralarni ritmik bo’lak (rukn)ga ajratishdir. Alisher Navoiyning „Mezon ul-avzon“da ta’kidlashlaricha, taqte’ qilinadigan misraning asosiy shartlaridan biri uning to‘g‘ri o‘qilishi (talaffuz qilinishi) — musiqiyligi aniq sezilishidir. Shu asosga tayangan holda misradagi so‘zlar ruknlarga moslab bo’laklarga bo‘linadi.

Jumladan, shu qoidaga muvofiq holda Alisher Navoiy „Ketti ulkim, sendin orom istagaymen, ey ko‘ngul“ misrasini quyidagicha taqte’ qiladilar:

Ketti ulkim: foilotun (– V – –)

Sendi-norom: foilotun (– V – –)

Istagaymen: foilotun (– V – –)

Ey ko‘-ngul: foilun (– V – )


Juda ko‘plab vaznlarga misollar keltirib, mutaqorib bahrining musaddas shakliga ham to‘xtaladilar:

Fana hajr aro zor bo’ldum,

Firoqingda afgor bo’ldum.

Faulun faulun faulun

V – – V – – V – –
Xullas, ilmi aruzni alohida fan sifatida o‘rganish davrning taqozosidir. Chunki, aruz mumtoz she’riyatimizning asosidirki, uni yetarli tushunmasdan mumtoz adabiyotimizning salohiyatini, mumtoz shoirlarimiz badiiy mahoratlarini to’liq tasavvur etish mumkin emas. Yana Erkin Vohidov, Jamol Kamol kabi zamondosh shoirlarimiz aruzning go‘zalligini namoyon qilmoqdalarki, ularni borligicha anglamoq uchun ham aruzni o‘rganish zarur.


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish