Personaj (lot. „Personal“ — shaxs so‘zidan) atamasi badiiy asarda ishtirok etuvchi hamma shaxslarga nisbatan qo’llaniladi. Ko‘pincha asardagi epizodik obrazlar personajlar deb yuritiladi, shu sababli uning tushunchasi obrazga nisbatan tor hisoblanadi. „Ona lochin nidosi“ (P. Qodirov) romanidagi Ibn Ali, Ahmad Tarxon, Bobo Husayn, Habiba Sulton, Robiya Sulton, Uvays Tarxon, Sherhoji kabilar personajlardir.
Qahramon deganda, shijoatli, dovyurakligi, botirligi bilan shuhrat qozongan, jonbozlik, mardlik qilib o‘zini ko‘rsatgan (masalan, O‘zbekiston Qahramoni) kishi tasavvurga kelsa-da, bu tushuncha umuman asarda ishtirok etuvchi (Yo’lchi, Yormat, Unsin; Homid, Sodiq, Mutal; lirik qahramon, epik qahramon) ijobiy yoki salbiyligidan qat’iy nazar hamma shaxslarga, ko‘pincha, bosh ishtirokchilarga nisbatan qo’llaniladi. Chunki, har qanday salbiy qahramon ham adabiy asarga kiritilar ekan, u ham asardagi biror voqea-hodisaning yuzaga kelishida asosiy rol o‘ynashi shubhasizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |