Adabiyotshunoslikning predmeti tarixiy-ijtimoiy sharoit va ijodiy muhit bilan aloqadorlikda olingan adabiy asarlar va ularni yaratish jarayonidir. U tarixiy-adabiy jarayonni chuqur o‘rganish asosida so‘z san’atining qonuniyatlarini ochadi. Barcha yozuvchi san’atkorlarning faoliyati va ular yaratgan poetik asarlarining badiiyligini tahlil qiladi. So‘z san’atining inson va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va ahamiyati haqidagi tushunchalarni boyitadi. Eng asosiysi, hayotni sevishga, ardoqlashga, boyitishga, go‘zallashtirishga o‘rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |