Hotam Umurov adabiyot qoidalari



Download 1,16 Mb.
bet7/125
Sana01.09.2021
Hajmi1,16 Mb.
#162002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   125
Bog'liq
adabiyot qoidalari

Matnshunoslik (tekstologiya — lot. „textus“ — asos, bog‘lanish, yunoncha „logos“ —so‘z, fan ) badiiy asarlarning asl matnini yaratish bilan shug‘ullanadi. U turli davrlarda yaratilgan, xattotlar tomonidan ko‘chirilgan yoki bir necha bor nashr etilgan asarlarning nusxasi yoxud nashrini aniqlaydi, uning nusxa (nashr)larini o‘zaro chog‘ishtiradi, tahlil qiladi, sharhlaydi va asarning ilmiy-tanqidiy matnini (muallif yozganini) tayyorlaydi.

Jumladan, Alisher Navoiyning o‘n besh jildlik asarlari matni tayyorlanib, nashr qilindi. Bu Navoiy asarlarining mukammalligini ta’min etdi, uni tekshirish, tahlil etish to‘g‘ri xulosa va saboqlar chiqarishga asos bo‘ldi. „Xazoyin ul-maoniy“ga kiruvchi devonlarning tanqidiy matnini Hamid Sulaymon, „Xamsa“ga kiruvchi dostonlarning matnini Solih Mutallibov („Hayrat ul-abror“), Porso Shamsiyev („Farhod va Shirin“, „Saddi Iskandariy“), (G‘ulom Karimov („Layli va Majnun“), „Mezon ul-avzon“ni Olim Sharafiddinov va Izzat Sulton, „Majolis un-nafois“ni Suyuma G‘aniyevalar nashrga tayyorladilar.

Bundan tashqari, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Oybek, Hamid Olimjon, Abdulla Qahhor kabi san’atkorlarning mukammal asarlari to‘plamining nashr etilgani matnshunoslarimizning zahmatli mehnatlari, tinimsiz izlanishlari mevasidir.

Matnshunoslik fanining bo’limlaridan biri atributsiya (lot. „atributio“ — nisbat bermoq) bo‘lib, u muallifi noma’lum asarning yaratuvchisini, asar yozilgan joyni, vaqtini aniqlaydi.

Jumladan, XIX asrning o‘rtalarida ba’zi olimlar ingliz dramaturgi, jahon dramaturgiyasining tojdori Vilyam Shekspirning mohir dramaturg bo’lganiga shubha bildirishgan. Ularning fikrlaricha, V. Shekspir oddiy aktyor bo’lgan, shoh dramalar yaratishga qodir bo’lmagan. Bunday shubhalar asossizligini atributsiya isbotlagan va V. Shekspirning nomini, san’atini, mohirligini yanada ulug’lagan. „Iliada“ va „Odisseya“ eposlarining muallifi Homer, „Gul va Navro‘z“ dostonining muallifi Haydar Xorazmiy ekanligini ham shu soha vakillari isbotlaganlar.


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish