o'quvchi:— qandalalar yarim qattiq qanotlilarga kiradi. Cho'l va dashtlarda yashaydigan xasva qandalasi donli ekinlar doni va bargini so'rib oziqlanadi. Xonadonlarda to'shak qandalasi uchraydi. U odam va hayvonlar qonini so'rib zarar keltiradi.
III. Yangi mavzuning bayoni.
Reja:
Kapalaklar.
Karam kapalagi.
Tut ipak qurti.
Ipakchilik.
o'quvchi: — Kapalaklarning yer yuzida 150000ga yaqin turi tarqalgan. Ularning qanotlari mayda tangachalar bilan qoplangan. Shuning uchun tangachaqanotlilar deyiladi.
7-o'quvchi: — Kapalaklar boshining ostida spiralga o'xshab o'ralgan xartumi bor. Xartum pastki jag' va pastki labning qo'shilishidan hosil bo'lgan. Kapalaklar xartumi bilan gul nektarini so'rib oladi
o'quvchi: — Kapalaklar lichinkasi qurt deb ataladi. Qurtning og'iz apparati kemiruvchi tipda tuzilgan bo'lib, o'simliklar bargini kemirishga moslashgan.
o'quvchi: — Qurtning ko'krak bo'limida uch juft, qorin bo'limida besh juft soxta oyoq bo'ladi. Qurtlar soxta oyoqlari yordamida harakat qiladi.
o'quvchi: — Qurtlar oziqlanib, bir necha marta tullagandan so'ng g'umbakka aylanadi. G'umbak oziqlanmaydi, harakat qilmaydi. Qurtlik davrida to'plagan ozuqa hisobiga yashaydi. Murakkab o'zgarishlar natijasida g'umbakdan voyaga yetgan hasharot chiqadi.
o'quvchi karam kapalagi haqida ma'lumot beradi:
Karam kapalagining qurti karam, sholg'om, turp kabi karamdoshlar oilasiga mansub o'simliklar bargi bilan oziqlanib, ekinlarga zarar yetkazadi. Uning qanotlari oq rangda bo'lib, oq kapalak ham deyiladi. Karam kapalagi tuxumlarini o'simlik bargi ostiga qo'yadi. Qurtlar oziqlanadi, po'st tashlab rivojlanadi. Yetilgan qurtlar g'umbakka aylanadi. G'umbakdan chiqqan kapalaklar bir necha soatdan so'ng ucha boshlaydi.
o'quvchi: — Olma qurti olma, o'rik, shaftoli mevalari eti bilan oziqlanib mevachilikka katta zarar keltiradi. Uning kapalagi tunlam kapalaklarga kiradi. G'o'za tunlami g'o'zaga zarar yetkazadi.
o'quvchi tut ipak qurti haqida ma'lumot beradi:
Tut ipak qurtining vatani Himolay bo'lib, bundan 5000 yil ilgari xitoyliklar boqa boshlashgan.
Ipak qurti kapalagining uzunligi 4—6 sm., qanotlari oqish tusda. Kapalak xonakilashtirish tufayli uchish qobiliyatini yo'qotgan. Kapalak oziqlanmaydi, urug'lanib tuxum qo'yganidan so'ng halok bo'ladi.
o'quvchi: — Qurtning so'lak suyuqligi ajratuvchi so'lak bezlari juda kuchli rivojlangan bo'lib, tana bo'shlig'mi to'ldirib turadi. Bu bezlar ishlab chiqargan suyuqlik havoda qotgnnda 1000—1500 metr ip hosil bo'ladi. Qurt ana shu iplardan pilla o'raydi.
15-o'quvchi: — Ipakchilik xalq xo'jaligining muhim tarmog'i hisoblanadi. Ipak qurti maxsus pillaxonalarda qurilgan so'kchaklarda boqiladi. Qurtlik davri 20—24 kum davom etadi. Shu davr mobaynida qurt 4 marta tullab, beshinchi yoshga o'tadi. Tullayotgan qurtlar oziqlanishdan va harakatdan to'xtaydi.
16-o'quvchi: — Qurtlar g'umbakka aylanishi uchun so'kchaklarga qurigan shoxlar, yantoq dastaklari tashlanadi. Qurtlar 3 кип ichida pilla o'raydi. Pillalar yig'ib olinib, yigiruv korxonalariga jo'natiladi. Pilla ichidagi g'umbak issiq suv yoki bug' ta'sirida o'ldiriladi, pilladan ip yigiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |