Mirishkor tumani XTB tasarrufidagi 21-umumta’lim maktabi biologiya fani o’qituvchisi Hosilova Sadoqatning 7-sinf biologiya fanidan “To'liq o'zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar” mavzusida
DARS ISHLANMASI
Mavzu:To'liq o'zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar
Dars maqsad va vazifalari:
ta'limiy: o'quvchilarga to'liq o'zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar, ularning tuzilishi va hayot kechirishi haqida bilim berish;
tarbiyaviy: ta'lim oluvchilarga ekologik, estetik, vatanparvarlik va gigiyenik tarbiya berish;
rivojlantiruvchi: o'quvchilarning mustaqil bilim olish qobiliyatlarini rivojlantirish, kasbga yo'naltirish.
Dars turi: aralash.
Darsda foydalaniladigan texnologiya: hamkorlikda o'qitish texnologiyasi.
Dars shiori: «Tabiatni asrash burching, ham baxting, unda gullab yashnar hayot daraxting».
Darsning oltin qoidasi: «O'qish, o'rganish, hayotga tatbiq etish».
Dars jihozi: ko'rgazmalar, bukletlar, tirik hasharot namunalari, АКТ.
Darsning borishi
Tashkiliy qism. O'quvchilarni darsga jalb etish, navbatchi axborotini tinglash. Kun, sana haqida ma'lumot. «8-dekabr — Konstitutsiya kuni» va 2016-yilning "Sog’lom ona va sog’lom bola" deb e'lon qilinishi haqidagi ma'lumotlarni eshitish. So'ngra zoologiya faniga doir yangiliklarni tinglash. Sinfni ikki guruhga bo'lish: «Biologlar», «Ekologlar».
O'tgan mavzuni takrorlash. Chala o'zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar mavzusi bo'yicha ikkala guruhdan bittadan o'quvchi doskaga taklif qilinadi. 1-o'quvchi chala o'zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlarni keltiradi. 2-o'quvchi chala o'zgarish bilan rivojlanish bosqichlarini doskaga yozadi. Shu paytda o'qituvchi uyga berilgan vazifani tekshirib chiqadi. Shundan so'ng tezkor savollar o'qiladi. O'quvchilar bu savollarga tezkorlik bilan javob berishlari kerak.
«Zoologiya» so'zining ma'nosi?
Zoologiya fani nimani o'rganadi?
Oddiy amyoba qaysi tipga kiradi?
Olti ilmoqli lichinkani qaysi chuvalchang hosil qiladi?
Odamning ingichka ichagida yashaydigan chuvalchang nomi?
Odam askaridasi nechtagacha tuxum qo'yadi?
Exinokokkning asosiy xo'jayini nima?
Exinokokk odamning qaysi organlarida parazitlik qiladi?
Halqali chuvalchanglarga nimalar kiradi?
Mollyuskalar tipi qanday sinflarga bo'linadi?
Bo'g'imoyoqlilar tipi qanday sinflarga bo'linadi?
Daryo qisqichbaqasining ko'zlari qanday ko'radi?
Yashil bronza qo'ng'izining og'iz apparati qanday tuzilgan?
Yashil bronza qo'ng'izining lichinkasi nima bilan oziqlanadi?
Hasharotlarning erkagi va urg'ochlsida qanday jinsiy organlar bo'ladi?
Hasharotlar sinfi qanday turkumlarga bo'linadi?
Doskaga chiqqan ikki o'quvchi yozgan ma'lumotlarini izohlab beradi. Shundan so'ng keyingi uch o'quvchiga bir topshirig boriladi.
«Begonani top» usuli.
Suvaraklar, ninachilar, qandalalar, qo'ng'izlar, chigirtkalar.
3-o'quvchi ninachilar haqida, 4-o'quvchi cliirjirtkalar haqida, 5- o'quvchi qandalalar haqida gapirib beradi.
3-o'quvch—ninachilar—yirtqich haslwrotlar bo'lib, ikki soatda bir ninachi 40ta pashsha va chivinni tutib yeyishi aniqlangan. Ularning ikkita yirik ko'zi bo'lib, qanotlari tahlanmasdan turadi. Lichinkasi suvda rivojlanadi.
4-o'quvchi: — chigirtkalar o’chlko'z o'txo'r hasharotlar bo'lib, to’g’riqanotlilar turkumiga kiradi. Orqa oyoqlari sakrovchi. Ularda maxsus eshitish va ovoz chiqarish organlari bo'ladi. Chigirtkalar galasi butun bir ekinzorni yeb bitirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |