Miya
o’lishi
bilan bosh miya faoliyati butunlay to’xtaydi, organizmning turli
funksiyalarini boshqarish barham topadi. Bu jarayon
fiziologik o’lim
bilan
yakunlanadi. Bunda insonning uni tirik organizm sifatida tavsiflovchi barcha
funksiyalari uzil-kesil to’xtaydi.
5-Masala
. Suisid, insonlarning o’z joniga qasd qilishi jamiyat barqarorligiga
ta’sir qiluvchi destruktiv ijtimoiy muammolar sirasidandir. U sayyoramizning
barcha davlatlarida tarqalgan bo’lib, Butunjahon sog’liqni saqlash tashkilotining
2005 yildagi ma’lumotiga ko’ra, masalan, Yevropa mamlakatlarida har yuz ming
nafar aholi orasida 17,5 marta uchraydi.
Oxirgi ma’lumotlarga ko’ra:
— dunyoda har yili o’z joniga qasd qilish natijasida taxminan bir millionga yaqin
odam vafot etadi;
— har qirq soniyada jahon bo’yicha bir kishi o’zini o’ldiradi (bir kunda 2300 nafar
odam);
— tugallangan (ya’ni natijasi odamning o’lishi bilan nihoyalangan) suisidlarga
nisbatan o’zini o’ldirishga qaratilgan harakatlar 20 barobar ko’proq amalga oshiri-
ladi, ya’ni har yili 8-30 million kishi o’z joniga qasd qiladi;
1
Годфруа Ж. Что такое психология. -Т. 2. – М.: 1996. – С.11.
— o’z joniga qasd qilib tirik qolgan har ikkinchi odam yil davomida nisbatan
og’ir-roq shakllarda yana hayotdan ketishga urinib ko’radi;
— o’z joniga qasd qilayotganlarning aksariyati psixik jihatdan sog’lom va
mehnatga layoqatli kishilardir.
Shu bilan birga suisid “...15-35 yosh orasidagi insonlar o’rtasida yo’l-
transport hodi-salaridan keyin o’limga olib keladigan asosiy sabablardan biri bo’lib
kelmoqda”. Agar bu holatning oldini olish bo’yicha tegishli choralar ko’rilmasa,
keyingi o’n yillikda sui-sidal xulq-atvor dunyo aholisi orasida keskin kuchayishi
mumkinligi to’g’risida fikr-mulohazalar bildirilmoqda.
O’zini o’zi o’ldirish jamiyatning jiddiy muammosi sifatida bir qator ishlarni,
chora-tadbirlarni hayotga tatbiq etishni taqozo qiladi. Olingan natijalar asosida
mazkur muammoning oldini olish mumkinligi aniqlangan, biroq, buning uchun
psixik og’ishlarni davolashdan tortib, suisidga olib keluvchi turli xil omillarni
bartaraf etishgacha bo’l-gan keng ko’lamli ishlarni amalga oshirish zarur.
Har yuz ming nafar aholiga to’g’ri keladigan o’zini o’ldirish holatlaridan 24 tasi
er-kaklarga, 6,8 tasi ayollarga to’g’ri keladi. Respublikamizda bu ko’rsatkich 2,1
va 1 ni tashkil etadi. Suisid mamlakatning ijtimoiy holatini aks ettiruvchi obyektiv
va muhim ko’rsat-kichlardan biri ekanligidan kelib chiqib, Butunjahon sog’liqni
saqlash tashkiloti tomo-nidan uning uch xil darajasi qabul qilingan. Birinchisi, har
yuz ming aholiga to’g’ri kela-digan 10 tagacha holat (bu – past va maqbul daraja),
ikkinchisi 10-20 tani tashkil etuvchi o’rtacha daraja va nihoyat uchinchisi, yuqori
yoki tashvishga sabab bo’luvchi 20 tadan ko’p holatni aks ettiruvchi darajadir.
Rossiya, Ukraina, Vengriya, Boltiqbo’yi mamlakatlari, Finlyandiya, Shvesiya,
Daniya, Germaniya, Avstriya, Shveysariyada o’zini o’ldirish eng ko’p darajada
uchraydi.Dunyo bo’yicha Italiya, Ispaniya, Gresiya, Albaniya, Buyuk Britaniya,
Gollandiya, Norvegiya, Irlandiya davlatlarida, shuningdek, ko’pchilik Afrika
mamlakatlarida suisid kam uchray-di. Bu boradagi eng yaxshi ko’rsatkich esa arab
va musulmon mamlakatlaridadir (Saudiya Arabistoni, Eron, Iroq, Bahrayn va h.k.).
Ularda bu holat deyarli ko’zga tashlanmaydi. O’zbekiston ham suisid kam
tarqalgan mamlakatlar qatoriga kiradi (bizda bu ko’rsatkich har 100 ming aholiga
5,8 ni tashkil etadi). Shu bilan birga, afsuski, respublikamizda so’nggi yillarda
suisid bo’yicha ko’rsatkichlar oshib bormoqda. Respublikamizning o’rganilgan
hududlaridagi o’z joniga qasd qilish sabablarini umumiy holda quyidagicha
tasniflash mumkin:
1. Suisid holatini sodir etgan ayrim shaxslar (aksariyati turmushi buzilgan ayol-
lar)ning turmush o’rtog’idan ajrashganidan so’ng o’z joniga qasd qilgani
aniqlangan.
2. O’zini o’ldirmoqchi bo’lganlarning ba’zilarini rashk hissi shu yo’lga boshlagan
(masalan, bir bola bilan uch yildan beri gaplashib yurgan qizga boshqa bir qiz
qo’ng’iroq qilib, u yigitga fotiha qilinganini bildirgach, kollej o’quvchisi bo’lgan
birinchi qiz alamidan sirka kislotasi ichgan).
3. Ayrimlar do’sti, turmush o’rtog’i, tanishi, ota-onasi yoki turmushga chiqmoqchi
bo’l-gan odami bilan aytishib qolgach, o’z joniga qasd qilganlar.
4. Ma’lum bir kishini qo’rqitib, “popugini pasaytirib” qo’yish uchun ma’naviy
qashshoq, huquqiy savodxonligi past shaxslar tomonidan suisidning qanday
oqibatlarga olib kelishini bilmay o’z joniga qasd qilganlar ham bor (ularning asl
maqsadi hayotni tark etish bo’lmagan).
5. Mol-mulk, turar joy, meros talashib, suisidga qo’l urganlar ham aniqlangan.
6. Ba’zan muttasil davom etib kelgan oilaviy nizolar (er-xotin, qaynona-kelin, ov-
sinlar orasidagi urush-janjallar, erning xotinini doimiy kaltaklashi, xo’rlashi) nati-
jasida o’z joniga qasd qilish holati sodir bo’lgan.
7. Kuz va bahor fasllarida kuchayadigan ayrim ruhiy kasalliklar xuruj qilganligi
natijasida yoki bosh miyada turli o’zgarishlar ro’y berganda (ayrim xavfli o’sma
kasallik-lari rivojlanganda) suisidga qo’l urilgan (o’z joniga qasd qilib, tirik qolgan
ayrim shaxslar, ularni bu dunyoni tark etishga undagan turli ovozlarni
eshitganlarini, ko’zlari-ga har xil sharpalar ko’ringanini ta’kidlaganlar.
Bundaylarning deyarli hammasida turli ko’rinishdagi gallyusinasiya hodisasi
kuzatilgan).
8. Kutilmagan kuchli ruhiy zarba olganligi uchun shu yo’lni tanlaganlar ham
uchray-di (masalan, bir o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi o’quvchisi
bilan insest hola-ti sodir bo’lgach (oliy ma’lumotli otasi mast holatda farzandini
zo’rlagach), qizi o’z joni-ga qasd qilgan).
9. O’z joniga qasd qilganlarning ba’zilarida nasliy jihatdan shu xususiyat uchrashi
aniqlangan (qarindosh-urug’lari, aka-uka, opa-singlisida ayni holat takrorlangan.
Shizo-freniya kasali bilan og’riganlarda bu jihat ko’proq ko’zga tashlanadi).
10. Moddiy, iqtisodiy yetishmovchilik (ilojsizlik, qarzdorlik va h.k.) natijasida
ham kishilar o’zlarini o’ldirib, muammolaridan qutulishga uringanlar.
11. Ba’zilar hayotidagi turli muammolardan, organizmning fiziologik holatidan
kelib chiquvchi depressiya, tushkunlik yoki janjal, tushunmovchiliklar sababli
yuzaga kela-digan affekt (o’zini idora qilolmay qolish) tufayli suisidga qo’l
urishgan.
12. Moddiy jihatdan ta’minot yetarli bo’lsa-da, hayot mazmunini tushunmaslik,
qo’-yilgan maqsadning yo’qligi, hayotiy qadriyatlarning mavjud emasligi,
hayotdan zerikish ham ba’zan shaxsning o’z joniga qasd qilishiga olib kelishi
mumkin (Jek Londonning “Martin Iden” romani bosh qahramoni hayoti bunga
misol).
13. Kuzatishlardan ma’lum bo’lishicha, turli destruktiv g’oyalar ta’siriga
tushganlar ham suisidni amalga oshirishlari mumkin. Hozirgi globallashuv
sharoitida internetdagi o’zini o’ldirishni targ’ib qiluvchi minglab saytlar, turli
ijtimoiy tarmoqlardagi muay-yan yo’nalishdagi guruhlar, televideniyeda namoyish
etilayotgan inson ongiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi kinofilmlar, “ommaviy
madaniyat”ning turli ko’rinishlari, har xil sektalar faoliyati ayniqsa, yoshlar orasida
bu holatning kuchayishiga sabab bo’lmoqda.
14. Mamlakatimizda jamoalar, ta’lim muassasalari, oilaga xizmat ko’rsatuvchi
psixologik xizmatning yetarli darajada yo’lga qo’yilmaganligi, bu boradagi
malakali psixolog mutaxassislarning yetishmasligi ham mazkur muammoning
tarqalib borayotganligiga sabab bo’layotgan omillardandir.
15. Oila – ta’lim muassasasi – jamoatchilik o’rtasida mustahkam aloqa yo’lga
qo’yil-magan hududlarda, ayniqsa, oilalarda ijobiy psixologik iqlim
kuzatilmaydigan joy-larda bu muammo nisbatan ko’proq uchrashi aniqlandi.
Shu bilan birga respublikaning barcha viloyatlari, Toshkent shahri hamda
Qoraqalpo-g’iston bo’yicha joylarga maxsus yuborilgan mutaxassis psixolog va
yuristlar tomonidan yig’ilgan ma’lumotlarning tahlili quyidagi xulosalar qilishga
asos bo’lmoqda.
1. Yildan yilga deyarli barcha hududlardagi suisidlar soni oshib, o’z joniga qasd
qilayotganlar yosh jihatdan “yasharib” borayapti.
2. Suisidlarning asosiy qismini 18-40 yoshli insonlar sodir qilishgan.
3. Suisidning o’sishi erkaklarga nisbatan ayollar orasida ko’proq ifodalanmoqda.
4. Ayollarda o’lim bilan tugaydigan suisidlar soni keskin ortib bormoqda.
5. Suisid turlari ichida o’zini osish hollari ko’paymoqda.
6. Suisidni amalga oshirganlarning milliy tarkibi o’rganilganda o’z joniga qasd
qiluvchilarning 90-95% o’zbeklar ekani ma’lum bo’ldi.
7. Oilalilik statusi (maqomi) bo’yicha suisidlarning asosiy qismini oilali va oila
qurmaganlar tashkil qiladi.
8. Sabablar ichida (ruhiy kasallarni hisoblamaganda) yetakchi, ya’ni birinchi
o’rinni oilaviy kelishmovchiliklar, nizolar egallaydi.
Mazkur sabablar chuqurroq psixologik tahlil qilinganda, shaxsning oilada,
mehnat ja-moasida yetarli qadrlanmaganligi; qadr-qimmati, hurmat-obro’yi,
g’ururi surunkali kam-sitilishi; insonning muntazam ravishda tanqid va haqoratga
duchor bo’lishi; erkaklarning gastarbayterlik, migrasiya, oilasi bilan oylab, ba’zan
yillab yashamasligi oqibatida ayol-lar ma’lum qismining psixofiziologik hamda
ijtimoiy-iqtisodiy jihatlardan qiyin-chilikni his qilishi; kelajakka ishonchning
pasayishi; hayotdan zerikish, charchash va to’yi-nish; ruhiy zo’riqish va tushkunlik
(depressiya)ning shaxsda frustrasiya holatini yuzaga keltirishi suisidga olib
kelayotganligi aniqlandi. Ayrim hududlarda hamma qatorida bo’lishga intilish
asosida minglab odamga osh berish, to’y berishlar ortidagi sarf-xara-jatlar;
to’ylarda o’zaro insoniy muloqotning kamayib, uning o’rniga rasmiylikning ustu-
vorlik qilayotgani (masalan, to’yonani berib (qarzidan qutulib) yarim, bir soat
o’tmasdan ke-tib qolish natijasida to’y yarmida yaqin qarindoshlardan tashqari
odamlarning deyarli qolmasligi), odamlarda muloqot, fikr almashish, dardlashish,
bir-birlariga psixotera-pevtik ta’sir o’tkazish singari jihatlarning keskin kamayib
ketayotganligi ham suisid-ning yuzaga kelishiga omil vazifasini o’taydi.
9. Sabr-toqat, sabr-chidam, shukrona qilish xususiyatlarining yetarli
shakllanmagan-ligi, deyarli har bir inson hayotida uchrashi muqarrar bo’lgan
ijtimoiy, iqtisodiy, mai-shiy, psixologik muammolar, qiyinchiliklarga bardosh bera
olmaslik, “chiroyli”, farovon hayotga tez fursatda erishishga intilish, obyektiv
sabablarga ko’ra bunga qisqa muddatda erisha olmasa, frustrasiya holatiga tushish
bugungi yoshlarda ko’proq uchrayapti.
Aynan 18-30 yosh bosqichi shaxsning ko’p tomonlama, ya’ni antropometrik,
fiziologik, ijtimoiy faollik, izlanuvchanlik jihatlardan kamolotga yetgan davri
hisoblanadi. Bu insonning o’zgalar ta’siriga oson tushadigan, boshqalar diqqat-
e’tiboriga sazovor bo’l-gan, rejalari ko’p, chiroyli hayot kechirishga ehtiyoji kuchli
ifodalangan davri hamdir.
Shu bilan birga bir vaqtning o’zida bir qator ijtimoiy rollarni birgalikda
bajarish talab qilinadigan murakkab paytdir. Masalan, ayollar ham talaba, ham
kelin, ham ona, ham rafiqa, ham farzand vazifasini bajarishi lozim.
Bu yosh bosqichida, oldin ta’kidlanganidek, chiroyli hayot kechirish ehtiyoji
keskin ifo-dalanadi, ammo uni ro’yobga chiqarish imkoniyatlari keskin
chegaralangan bo’ladi. Shu sabab-li suisid sodir qiluvchi ruhiy kasallar ichida eng
keng tarqalgan shizofreniya xastaligi-ning dastlab ayon bo’lishi, aniqlanishi foiz
jihatdan eng ko’p qismi 18-30 yosh orasiga to’g’-ri keladi. Lekin shuni unutmaslik
kerakki, suisid sodir etuvchilarning 25-30% dan or-tig’i ruhiy jihatdan sog’lomdir.
Ma’lumotlar tahliliga ko’ra, ko’pchilik yoshlarning chiroyli hayot
to’g’risidagi tasavvur-lari filmlar yoki ayrim tengdoshlari hayoti natijasida
shakllanyapti, lekin shu hayot aso-sida tengdoshlari ota-onalarining ko’p yillik,
ba’zida bir umrlik mehnati yotganligini anglamaydilar.
10. Suisidni amalga oshirgan ruhan sog’lom insonlarning ko’pchiligida
yaqindan dard-lashadigan, ko’nglidagini eshitib, foydali hayotiy maslahat
beradigan, qalbiga yaqin oda-mi, na oilasi, na o’qish va ish joyi bo’lgan.
11. Diniy e’tiqodi kuchli bo’lgan oilalarda suisid kam uchragan (ruhiy kasal
oila a’zolaridan tashqari).
12. Suisid sodir qilganlarning aksariyati yoshlikdan yuvosh, yumshoqtabiat,
muloyim, mo’min-qobil, indamas, muammosiz bolalar hisoblangan. Ular barcha
narsalarni “ichiga yutishi” bilan ajralib turgan. Demak, qiyinchiliklar bilan
kurashish qobiliyati ularda bolalik davrlaridan boshlab, ifodalanmagan,
rivojlanmagan.
13. Ularning aksariyati o’rta, o’rta maxsus ma’lumotli bo’lib, ma’lum qismi
hyech qayerda ishlamaydiganlar, demakki, kasbini noto’g’ri tanlaganlar, jamiyatda
o’zini munosib joyi-ni topa olmaganlardir. Bunday holat shizofreniya kasallari
ichida ham yetarli uchraydi.
O’zbekistonda suisidning o’sishini oldini olish bo’yicha takliflar
Birinchidan, ruhiy kasallar va kasalligi keskin ifodalanmagan, hali to’liq namoyon
bo’lmagan shaxslarning ruhiy, psixosomatik holati bahor va kuz fasllarida
og’irlashishi, o’tkirlashishi ma’lum. Shu bilan birga psixologik jihatdan murakkab
bo’lgan o’smir va o’spirinlik yosh bosqichidagilar bahor faslida avitaminoz,
quyosh radiasiyasi, kunlarning keskin isishi, ob-havo, atmosfera bosimining
o’zgarib turishi, koinotda kuzatilayotgan magnit va quyosh to’fonlariga o’ta sezgir
bo’ladilar. Bunday omillarning ularga salbiy ta’-sir qilishi va suisid yuzaga
kelishiga omil vazifasini o’tash mumkinligini hisobga olib, ayniqsa, bahor va kuz
fasllarida yoshlar bilan turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, tabiatda dam olish (lola
sayli, baliq ovi, tog’larga chiqish, qo’ziqorin terish va boshqa-lar)ni uyushtirish,
qadimiy, tarixiy yodgorliklar bilan tanishish, ziyoratgoh joylarda bo’-lish, teatr,
muzey va ko’rgazmalarni ko’rishga e’tiborni kuchaytirish kerak. Ayni paytda
oromgohlarda dam olish, shanba va yakshanba kunlari oilaviy madaniy hordiq
chiqarish, ko’proq tabiatda bo’lish zarur. Maktab, akademik lisey, kasb-hunar
kollejlari o’quvchila-ri, oliy ta’lim muassasalari talabalarining tug’ilgan kunlarini
yig’ma holda yiliga ik-ki marotaba bahor va kuz oylarida o’tkazish, sovg’alar bilan
tabriklash, shoir, yozuvchi, olim, aktyor, rassom va boshqa taniqli kishilar bilan
uchrashuvlar o’tkazishni muntazam yo’lga qo’yish kerak.
Hayotning insonga bor-yo’g’i bir marta beriladigan yagona, ulug’,
takrorlanmas ne’mat ekanligi, hayot saboqlari, hayot dasturi, taqdir
qiyinchiliklarini yengish, sinovlariga bardosh berish, hayotiy maqsadlarga yetishda
irodani safarbar qilish, ruhan tushkunlikka tushmaslik, dadillik va tetiklik, sabr va
chidam, shukronalik mavzularida bevosita mulo-qotlar, uchrashuv, davra
suhbatlarini o’tkazib borish lozim. Aholi, ommaning yaxshi, opti-mistik, bayram
kayfiyatida bo’lishini ta’minlash choralarini ko’rish zarur. Masalan, bo-lalar va
yoshlar orasida turli musobaqalar, tanlovlar, ko’riklar, tadbirlarni o’tkazib, ularda
har xil nominasiyalar (Eng yosh, eng yoshi ulug’ qatnashchi, eng yaxshi raqqosa,
futbol-chi, kurashchi, tennischi, voleybolchi, eng mehribon farzand, pazanda kelin,
g’amxo’r qaynona, dono qaynota va h.k.) bo’yicha sovg’alar berishni tashkil qilish
kerak. Mazkur tadbirlarda e’tiborsiz, sovg’a-salomsiz deyarli birorta qatnashchi
qolmasin. Natijada har bir shaxs o’zidan g’ururlanadi, hayotdan mamnun bo’ladi,
atrofdagilarning diqqat-e’tiboridan psi-xologik-ma’naviy rag’bat oladi.
Ikkinchidan, oila institutini mustahkamlash, suisidlarning oldini olish,
sababsiz ajralishlar sonini eng kam miqdorga keltirish, noto’liq oilalar va otasiz
o’sayotgan bola-lar sonini keskin kamaytirish maqsadida mahalla fuqarolar yig’ini
yoki har bir tuman hokimligida oila psixologi shtatini tashkil etib, fuqarolarga
doimiy psixologik yordam ko’rsatishni yo’lga qo’yish zarur.
Moliyaviy tomondan bugungi kundagi yo’qotishimiz (yosh ketayotgan
insonlar hayoti, ajralishlar oqibatida yo’qotilayotgan oilalar va ular a’zolarining
salomatligi, vaqti, moddiy sarf-xarajatlar, otasiz voyaga yetadigan bolalar
shaxsidagi ayrim og’ishlar, kamchi-liklar, yolg’iz hayot kechirayotgan ayollar
salomatligi va boshqalar) psixolog shtatiga sarfla-nadigan moddiy xarajatdan bir
necha baravar ortiqdir, shuning uchun masalani aql taro-zisida o’lchab ish ko’rish
kerak.
Uchinchidan, bugungi kunda mavjud bo’lgan psixolog mutaxassislar
kuchidan samarali foydalanishimiz zarur. Maktab, akademik lisey, kasb-hunar
kollejlari
psixologlarini
oila
bilan
ishlash,
oilaviy
munosabatlarni
sog’lomlashtirish, oiladagi nizolar destruk-tiv oqibatlarining oldini olishga
qaratilgan tegishli bilim, ko’nikma va malakalar bi-lan qurollantirish, ular bilan
maxsus seminar va treninglar o’tkazib borish lozim.
To’rtinchidan, oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi oila psixologi ixtisosligi
bo’-yicha mutaxassislarni tayyorlash masalasini ishlab chiqishi kerak.
Beshinchidan, turli toifadagi rahbarlar, hokimliklar xodimlari, ichki ishlar vazir-
ligi tizimidagi aholi bilan bevosita muloqotda bo’ladigan xodimlar, sud,
prokuratura xodimlari malakasini oshirish kurslarida “Muloqot madaniyati”,
“Muloqot psixologiya-si”, “Rahbar psixologiyasi” mavzularida ma’ruza, seminar
va treninglar o’tkazish kerak.
Oltinchidan, radio va televideniye orqali viloyat va respublika miqyosida
“Hayot − eng ulug’ ne’mat”, “Psixolog soati”, “Psixolog maslahati” mavzularida
kundalik ko’rsatuv va eshittirishlar olib borish hamda ilmiy-ommabop nashrlar,
bukletlar orqali aholini te-gishli bilimlar bilan qurollantirish lozim.
Yettinchidan, Vazirlar Mahkamasi huzurida respublikada suisidning oldini
olish Markazini tashkil etish zarur. Unda vrach-psixiatr, psixologlar, yuristlar,
iqtisodchi-lar kompleks ravishda doimiy ilmiy-amaliy ish olib borishlari,
O’zbekistondagi holat, suisidning hudud, yosh, jins, sabab, tur kesimidagi doimiy
monitoringini yuritishlari, taraqqiy etgan, rivojlanayotgan, MDH davlatlaridagi
holat bilan qiyoslab, hukumatga va tegishli vazirliklarga muntazam ma’lumot va
takliflar berib borish kerak. Shundagina O’zbekistonda ushbu masala bo’yicha
obyektiv ma’lumot olish, to’g’ri bashorat qilish va uning oldini olish bo’yicha
samarali yo’llarni ishlab chiqish imkoniga ega bo’lamiz.
Sakkizinchidan, hozirgi vaqtda respublikamizda yaratilayotgan badiiy va
videofilm-larda, asarlarda suisid tufayli muammoni yechish holatlari ko’rsatilgan
lavhalar uchray-di. Shunday filmlardagi o’z joniga qasd qilish lavhalari tushirilgan
tasvirlarni olib tashlash va tegishli badiiy kengashlar oldiga suisid holatlari
tasvirlangan
filmlarni
o’tkazmaslik
talabini
qo’yish
lozim.
To’qqizinchidan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, tegishli vazirlik va idoralar
“Aholining psixologik salomatligi haqidagi qonun” loyihasini ishlab chiqishlari
maq-sadga muvofiq. Masalan, Germaniyada bu qonun ancha yillardan beri
ishlamoqda. Rossiyada aholiga psixoterapevtik yordam ko’rsatish haqidagi qonun
bor.
Pedagoglar,
psixologlar
o’z
faoliyatlarida
quyidagi
jihatlarga
e’tibor berishlari zarur:
• suisidlarning oldini olish yuzasidan profilaktik chora-tadbirlartashkillashti-
rishni takomillashtirish;
• suisidal xavf-xatarni namoyon qiluvchi, suisidal xulq-atvorga ega o’quvchi,
talaba, shaxslarni aniqlashtirish;
• suisidga sabab bo’luvchi omillarni o’rganish;
• ta’lim oluvchilarda ijtimoiy himoyalanganlik hissini mustahkamlash;
• ta’lim oluvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish;
• ota-onalarning preventiv dasturlarga jalb qilinishini kuchaytirish;
• ota-onalarning farzandlariga nisbatan mehr-muhabbat, diqqat-e’tibor bilan
muno-sabatda bo’lishlariga erishish (bu ayniqsa, suisidal xulqqa ega bolalarga
ko’proq tegish-li).
Ushbu yo’nalishdagi ishlarning samarali amalga oshirilishi uchun imkon
darajasida psixolog, psixoterapevt va psixonevrologlarni jalb etish yaxshi natija
berishi mumkin.
O’smirlar
orasida
amalga
oshiriladigan
suisidlarga
shaxslararo
munosabatlardagi ay-rim holatlar ham sabab bo’lishini nazarda tutib, quyidagilarga
e’tibor qaratish tavsiya etiladi:
• o’qituvchilar va o’quvchi-talabalar orasidagi munosabatlarning me’yor
darajasida bo’-lishi, risoladagi sinf, talabalar jamoasini shakllantirish;
• ta’lim oluvchilarning o’quv faoliyatini takomillashtirish, optimallashtirish;
• ta’lim oluvchilarni ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik faoliyat turlariga jalb
qilish;
• ta’lim muassasalarida o’zini o’zi boshqarish organlarini tashkil etish,
o’quvchilar-ning ijtimoiy jihatdan ma’qullanadigan hayotiy faoliyat turlari (san’at,
sport, mada-niyat, fan va h.k.)dagi ishtirokini qo’llab-quvvatlash, rag’batlantirish.
Ta’lim oluvchilar bilan bo’ladigan munosabatlar o’zaro hurmat, xayrixohlik
asosida qurilishi lozim. O’quvchilarda suisidning oldini olish uchun o’qituvchilar
ularda o’z kuchi va imkoniyatlariga ishonchni shakllantirishlari, ularda nekbinlik
(optimizm) va istiq-bolga umidni uyg’otishlari, hamdarlik va o’zgalarni tushunish
hislarini rivojlantirish-lari, bola xatti-harakatlari, xulq-atvori, o’rtoqlari bilan
munosabatini kuzatib, tegish-li xulosalar chiqarishlari kerak. O’qituvchilar,
ayniqsa sinf rahbarlari, kuratorlarning o’z ishlariga sovuqqonlik bilan, yuzaki
munosabatda bo’lishlari, bolaning muammolari to’g’risida tasavvurga ham ega
bo’lmasliklari yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Ta’lim muassasasi ma’muriyati pedagog, o’qituvchilarning ta’lim
oluvchilarga yoki ta’-lim oluvchilarning bir-birlariga tahqirlash, xo’rlash
mazmunidagi munosabatda bo’lmas-liklarini, psixologik yoki jismoniy zo’ravonlik
ko’rsatilmasligini doimiy nazorat qi-lib borishlari talab etiladi.
Ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilari o’quvchi va talabalar orasida
psixologik muhit, ijtimoiy-psixologik iqlimning yaxshilanishi uchun muntazam ish
olib borishlari talab etiladi. Bu borada o’qituvchilar psixolog va vrachlar bilan
quyidagi yo’nalishlarda ish olib borishlari maqsadga muvofiq:
1. Ota-onalar o’z farzandlarining xulq-atvori, xatti-harakatlari, ruhiy holatida
o’z-garishlarni payqasalar, zudlik bilan birinchi navbatda mulla, tabiblarga emas,
mutaxas-sis (psixolog, psixiatr)larga murojaat qilishlari lozim.
2. Ta’lim muassasalari, tashkilot, korxona, muassasalarda o’quvchilar,
talabalar, xo-dimlar kayfiyati, o’y-tashvishi, muammolaridan rahbariyat, kasaba
uyushmasi doimiy xabar-dor bo’lib turishi va ularni imkon qadar zudlik bilan hal
etishga harakat qilishlari za-rur.
3. Mahalla fuqarolar yig’inlari, jamoat tashkilotlari vakillari fuqarolar, aholi-
ning ijtimoiy-iqtisodiy holati, ijtimoiy kayfiyatini doimiy o’rganib turishi, turli
ijtimoiy guruh (jamoa, oila va h.k.)lardagi ijtimoiy-psixologik muhitni yaxshilash
bo-rasida muntazam ravishda tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiribborishlari
darkor.
4. Imkon kadar ommaviy axborot vositalari, televideniyeda, uchrashuvlarda
ushbu mavzu yuzasidan mulohaza yuritilmagani ma’qul, negaki amaliyotda
kuzatilishicha, qayerda shu bo-rada targ’ibot-tashviqot ishlari olib borilgan bo’lsa,
o’sha joylarda suisid holatlari darhol keskin ko’payib ketgan.
5. Biroq machitlardagi yig’inlarda, juma namozlarida imom-xatiblar,
ma’ruzachilar tomonidan diniy tarafdan o’z joniga qasd qilishning qanday
oqibatlarga olib kelishi (bunday odamga janoza o’qilishi joiz emasligi, uning ikki
dunyosi kuyib ketishi) xususi-da aytib o’tilishi, amri ma’ruf qilinishi maqsadga
muvofiq, deb hisoblaymiz.
6. Mutaxassislar, ijtimoiy soha vakillari, san’atkorlar, el sevgan taniqli kishi-
lar, ulamolar, mahalla (jamoa)larda kishilarni o’z ortidan ergashtira oladigan
norasmiy liderlar tomonidan aholida ko’tarinki kayfiyatni kuchaytirishga,
insonlarda kelajak, istiqbolga ishonch, ijobiy motivasiyani shakllantirishga
yo’naltirilgan tadbirlar, uchra-shuvlarni tashkillashtirishga, bunday yig’inlarning
faqat hisobot uchun emas, balki jon-li, odamlarni qiziqtira oladigan shaklda
o’tishiga e’tiborni qaratish kerak.
7. Homiylar, iqtisodiy jihatdan baquvvat shaxslar, tadbirkorlar, tashkilot va
korxo-nalar
rahbarlari
moddiy
jihatdan
qiynalib
qolgan
fuqarolarning
muammolarini imkon qadar hal qilishga doimiy hissa qo’shishlari lozim. Aholi,
yoshlar, fuqarolar ongida o’za-ro yordamning ijtimoiy, insoniy burch, bajarilishi
shart, amalga oshirilishi zarur bo’l-gan vazifa deb anglanishiga erishish ko’p
muammolarni hal etishga yordam berishi mumkin.
8. Ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash muammosi mutasaddi tashkilotlar
tomo-nidan bartaraf etilishi lozim. Chunki o’z joniga qasd qilganlarning
ko’pchiligi ishga joylashmagan shaxslardir.
9. Suisid yuzasidan tahlil natijalariga ko’ra hyech qaysi bir rahbarga jazo
chorasi ko’-rilmasligi kerak, aks holda joylardan olinadigan statistik
ma’lumotlarning haqqoniy-ligi, obyektivligi kamayishi mumkin.
10. Toshkent shahar hokimligi tomonidan tashkil etilgan ayollar maslahat
markazlari tajribasini o’rganib, shunga o’xshash markazlarni boshqa hududlarda
ham joriy etish maq-sadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |