Yurak konfiguratsiyasi yurak nisbiya to`mtoqlik chegaralariga javob beruvchi (qo`shimcha ravishda yurak to`motoqlik chegarasini 3-qovurg`a o`ngda ca 4-qovurg`a chapda aniqlash maqsadga muvofiq). Normada tomirlar chigali va chap qorincha orasida to`mtoq burchak –yurak beli aniqlanadi.
Tomirlar chigali kengligi to`sh bo`ylab 2 qovurg`a o`ng va chapda (normada chigal to`shdan chiqmaydi) kattalarda kenglik 5-6 sm ni tashkil etadi.
Yurak auskultatsiyasi
Yurak auskultatsiyasi bemorda har xil holatda o`tkaziladi, birinchi navbatda bevor chalqancha yotganda,chap yonbosh,o`tirgan yoki turgan holatda. Bundan tashqari yurak auskultatsiyasi bemor odatiy nafas olganda,nafas ushlab turganda (chiqarganda yoki olganda), jismoniy yuklamadan oldin yoki keyin o`tkaziladi.
Auskultatsiya klassik nuqtalari quyidagi rasmda keltirilgan (8-12 rasm).
Zarur hollarda (o`zgarishlar xarakterini aniqlash uchun) auskultatsiya yurak proeksiyasi ustida,va qo`ltiq osti, tanani orqa qismida aniqlanadi.
Yurak tonlari
Sog`lom bolalarda ikkita tonni aniqlasa bo`ladi (8-13 rasm, 8-7 jadval).
I va II tonlar orasidagi interval sistola bilan bog`liq,kattalarda u odatda 2 marta diastoladan kichkina bo`ladi.
Embriokardiya — mayatniksimon ritm. Bunda I va II ton bir xil bo`lib ular orasidagi interval teng. 2 hafta davomidagi kuzatiladigan embrikardiya norma hisoblanadi.
Auskultatsiyada muhim :
yurak tonlarini aniqlash;
tonlar tembri va yo`nalishin aniqlash;
yurak ritmi to`g`ri ligini aniqlash;
I va II tonlar bog`liq ligi balandligini aniqlash.
Bolalarda hayotni birinchi kunlaridan yurak tonlarni fiziologik sustlashishi kuzatiladi, keyinchalik tonlar aniqligi va balandliligi kattalarga qaraganda aniq bo`ladi. Biroz sustlashgan tonlar bo`g`iq sustlashgani esa gung hisolanadi.
I va II tonlar ovoziga qarab faqlanadi.tonlar bog`liq ligi yillar o`tib o`zgaradi.
Homilada birinchi 2- 3 sutkalarda yurak cho`qqisida va Botkin-ERBA II ton I dan balandroq I keyinchalik ular tenglashadi, 2-3oylarda I ton kuchayadi.
Hayotning 1-yilida yurak asosida birinchi ton yaxshi eshitiladi, keyin tonlar balandligi tenglashadi, 2 yoshdan keyin II ton kechayadi.
Yurak tonlari harakteristikasi
Ton turi
|
Tonlar harakteristikasi
|
Eshitilish vaqt
|
I ton
(sistolik)
|
qorinchalar qisqarishi boshida atrioventrikulyar klapan yopilishidan keyin. Bir necha komponentlardan iborat:
klapan (mitral klapan tebranishi va uch tabaqali klapan yopilishida);
mushak (qorinchalar miokardi ular-qisqargan vaqtida); tomir ( qon haydash fazasida aortani boshlanish bo`limlari va o`pka stvolini tebranishi); bo`lmacha (bo`lmacha mushaklari qisqarishi)
|
Katta pauzadan keyin eshitiladi, uyqu arteriyasi pulsatsiyasi va cho`qqi zarbiga mos keladi
|
IIton (diastolik)
|
qorinchalarda qon to`lishidan oldin eshitiladi(diastola). Aortal va o`pka arteriyasi klapanlari va ularni birgalikda boshlang`ich bo`limlarini tebranishidanhosil bo`ladi.
|
Kichik pauza dan keyin eshitiladi
|
2yoshdan 12 yoshgacha II ton o`ngdan ko`ra chapda 2-qovurg`ada yaxshi eshitiladi.O`pka arteriyasi ustida II ton fiziologik aksenti eshitiladi.
12 yoshda tonlar eshitilishi tenglashadi, keyinchalik II ton odatda o`ng tomonda yaxshi eshitiladi (aorta ustida).
Kattalarda cho`qqida I ton yaxshi eshitiladi, yurak asosida esa (aorta va o`pka arteriyalari ustida) — II ton.
Ba`zida auskultatsiyada yurak tonlari 2 xil ovoz tarzda eshitiladi, (asosiy tonlar parchalanishi yoki ikkilanishi) .
Do'stlaringiz bilan baham: |