Hol, uning turlari



Download 64,46 Kb.
bet6/20
Sana15.04.2022
Hajmi64,46 Kb.
#553555
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot

Savol va topshiriqlar:

  1. Miqdor holi nima? Qanday so‘rog‘i bor va ifodalanishi qanday?

  2. Saba holi, maqsad holi nima, qanday so‘rog‘i bor va ifodalanishi qanday?

  3. Shart holi nima, qanday so‘rog‘i bor va ifodalanishi qanday?

  4. To‘siqsizlik holi nima, qanday so‘rog‘i bor va ifodalanishi qanday?

  5. Ushbu gapni tahlil qiling: Kichik bo‘lgani bilan ancha og‘ir edi.

11-AMALIY MASHG‘ULOT
GAPNING UYUSHIQ BO‘LAKLARI, UYUSHISHNING IFODA VA VOSITALARI: SANASH OHANGI VA TENG BOG‘LOVCHILAR
Reja:

  1. Gapning uyushiq bo‘laklari.

  2. Uyushiq bo‘lakli gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi.

Gapda ba’zan ayrim bo‘laklar birdan ortiq kelishi mumkin. Birdan ortiq kelgan bunday bo‘laklar bir xil shaklda kelib bir xil so‘roqqa javob bo‘ladi. Shu xilda qo‘llangan bo‘laklar uyushiq bo‘lak hisoblanadi. Tarkibida uyushiq bo‘laklar ishtirok etgan gaplar uyushiq bo‘lakli gap sanaladi.
Misol: 1. Shu payt Qosim aka patnisda xurmo, anor, olma olib chiqdi (S.Ahmad). 2. Umarali tollar, majnuntollar, teraklar tagida asta sayr qilib, sabrsizlik bilan kezardi (Oybek). 3. Aytganlarim rost: bordik, o‘tirdik, bahslashdik (Oybek).
Yuqoridagi misollarning birinchisida vositasiz to‘ldiruvilar (xurmo, anor, olmani), ikkinchisida o‘rin hollar (tollar, majnuntollar, teraklar tagida) va uchinchisida esa kesimlar (bordik, o‘tirdik, bahslashdik) birdan ortiq bir xil shaklda, bir xil so‘roqqa javob bo‘lib kelgan - uyushib kelgan.
Birdan ortiq kelgan bir xil bo‘laklar doim uyushiq bo‘lak hisoblanavermaydi. Misollarni qiyoslaymiz:
Men sportni, muzikani sevaman.
Men sizga kitobni sovg‘a qilmoqchiman.
Misollarning birinchisda ikkita vositasiz to‘ldiruvchi bir xil so‘roqqa javob bo‘lib, birdan ortiq kelgani uchun uyushiq to‘ldiruvchi hisoblanadi. Ikkinchi misolda ikkita to‘ldiruvchi kelgan bo‘lsa ham ular ikki xil shaklda – jo‘nalish kelishigi va tushum kelishigi affikslarini olgan holda qo‘llangan va ikki xil so‘roqqa (kimga? nimani?) javob bo‘lgan. Shuning uchun ular uyushgan bo‘lak sanalmaydi.
Xuddi shunga o‘xshash holatni quyidagi misollarda ham ko‘rish mumkin: Ko‘klamning mayin shamollari esmoqda. Bu gapda ikki xil aniqlovchi (qaratqich va sifatlovchi) ishtirok etgan. Doim Samarqandda yashadik. Bu gapda ikki xil hol (payt holi va o‘rin holi) ishtirok etgan. Bu har ikki misoldagi birdan ortiq qo‘llangan aniqlovchi va hollar uyushgan bo‘lak hisoblanmaydi.
Gapning barcha bo‘laklari uyushib keladi.
Egalar uyushadi: Bu musobaqaning o‘z g‘oliblari, o‘z «chempion»lari bor edi. Unga Buxoroning tillasi, qora ko‘li, pillasi, gazi kerak edi (S.Ahmad). Uning do‘stlari, shogirdlari, muxlislari benihoya ko‘p edi (S.Ahmad.)

Download 64,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish