Hol, uning turlari



Download 64,46 Kb.
bet3/20
Sana15.04.2022
Hajmi64,46 Kb.
#553555
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot

O‘rin holi ish-harakatning bajarilish o‘rnini bildiradi. O‘rin hollari o‘rin ravishlari (Allaqaerdan musiqa ovozlari eshitilib turardi. Oldinroq yuraylik, keyinda qolmaylik), o‘rin kelishiklari (o‘rin-payt, chiqish, jo‘nalish) affikslarini olgan otlar bilan (Universitetda o‘qiyman. Maktabdan kecha keldim. Yaqinda Marg‘ilonga jo‘naymiz), ko‘makchilar bilan birga qo‘llangan otlar bilan (Anhor bo‘ylab yurdik. Beshyog‘och bekatiga dovur piyoda ketamiz.), -gacha affiksi bilan birga qo‘llangan otlar bilan (Mustaqillik maydonigacha so‘zlashib bordik.) ifodalanadi.
O‘rin hollari qayerda?, qayerga?, qayerdan?, qayergacha? kabi so‘roqlarning biriga javob bo‘ladi.


Mashq. Berilgan misollar orasidan o‘rin hollarini ajratib ko‘rsating. Ularga tegishli so‘roqlarni qo‘yib ko‘chiring.
1. Ayollarni hovli etagidagi xonaga, erkaklarni kiraverishdagi mehmonxonaga olib kirishdi (S.Ahmad). 2. Uni Farg‘ona, Andijon, Sirdaryo viloyatlariga ko‘p chaqirishardi (S.Ahmad). 3. Go‘zallik nafosat olamining mag‘zidir. 4. Bobom bozordan opam uchun turli narsalar sotib oldilar (Oybek). 5. Bolaligimda bu nom qulog‘imga kirgan. O‘sha vaqtda parkning mana shu o‘ng qanotlaridagi tepalik - hozirgi teatr binosi tushgan joy – go‘riston edi (A. Qahhor). 6. Zuhra azaning to‘qqizinchi kuni kirib keldi (A.Qahhor). 7. Hovlida, derazaning tagida turgan ikkita xotin tik holda gaplashib turib, gapni mingboshi dodho va Zebi to‘g‘risiga ko‘chirdilar (Cho‘lpon). 8. Aytishlaricha, kapalak vafoni bilmagani uchun guldan-gulga qo‘naverar ekan (A. Qahhor).


Mashq. Matndagi o‘rin va payt hollarini aniqlang. Ularning farqini tushuntiring.
To‘tiqiz ertalab qo‘lga olgan do‘ppisining gulini tikib bo‘lib, bog‘chasidagi shaftoli tagiga bordi, keyin nashvatilarni tomosha qildi. U erdan o‘tib, behilarni ko‘rdi... To‘tiqiz so‘nggi vaqtlarda tinchini tamom yo‘qotib qo‘ydi. Uyga kirsa - uyda, hovliga chiqsa - hovlida betoqat bo‘ladi. Nazarida kunlar oldinga emas, orqaga ketayotgandek, bosgan izi manzilga yaqinlashtirmay uzoqlashtirayotgandek tuyiladi. U ilgarilari hech qachon bu qadar betoqatlik sezmasdi. Hammasining og‘zida, harakatida to‘y. Nahotki to‘y qiz bola uchun shu qadar larzali bo‘lsa! (M.Ismoiliy).


Mashq. O‘zingiz badiiy asarlardan o‘rin hollari ishtirok etgan gaplarga oltita misol to‘plang va qanday so‘z turkumlari bilan ifodalanganini izohlang.
O‘rin hollari ham holning boshqa turlari kabi birikmali qo‘llanishi mumkin: Ahillik bor joyda hamma ish soz ketadi. Talabalar yashaydigan xonalarda doim ozodalik va saranjomlik saqlanishi kerak.


Mashq. Matndagi birikmali hollarni aniqlang. Qaysi turdagi hol ekanligini aytib bering.
Sherzod salom berib, ostonadagi eski stulga o‘tirdi... Zulayho pildiragancha hovli to‘riga yugurdi. Yong‘oq shoxiga ilib qo‘yilgan ikki quloch arqondan yasalgan arg‘imchoqqa osildi. Uydan naridagi supa ustida xontaxta turar, xontaxtada qolgan shisha idishdagi murabboni ari talar edi... Sherzod pastak darvozadan kirishi bilan dimog‘iga rayhon isi urildi. Chap tomondagi gulzorda rayhonlar barq urib yotar, hovli yuzi iflos, hamma yoqda shox-shabbalar sochilib yotardi (O‘.Hoshimov).



Download 64,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish