Savol va topshiriqlar:
1. Holning ta’rifini ayting va misol keltiring..
2. О’rin holi va uning ifodalanishi haqida gapiring va misol keltiring..
3. Payt holi va uning ifodalanishi haqida gapiring va misol keltiring..
4. Miqdor holi va uning ifodalanishi haqida gapiring va misol keltiring..
5. Vaziyat holi va uning ifodalanishi haqida gapiring va misol keltiring..
6. Sabab holi va uning ifodalanishi haqida gapiring va misol keltiring..
7. Maqsad holi va uning ifodalanishi haqida gapiring va misol keltiring..
8. Shart holi va uning ifodalanishi haqida gapiring va misol keltiring..
9. Tо’siqsizlik holi va uning ifodalanishi haqida gapiring va misol keltiring.
10-AMALIY MASHG‘ULOT
MIQDOR-DARAJA, SHART VA TO‘SIQSIZLIK HOLLARI, ULARNING IFODALANISHI
Reja:
Miqdor-daraja, shart va to‘siqsizlik hollari.
Gap bo‘laklarining joylashish tartibi.
Daraja-miqdor holi ish-harakatning miqdorini, darajasini bildirib qancha? qay darajada? kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi.
Misollar: Gapni kam so‘zla, ishni ko‘p ko‘zla. Daraja– miqdor hollari ko‘p, oz, biroz, bir muncha kabi miqdor ravishlari bilan (oz ishladim, ko‘p o‘qidim, uning ahvoli biroz yaxshilandi), marta so‘zi bilan birga kelgan sonlar bilan (kitobni uch marta o‘qib chiqdim) ifodalanadi. Misol: Darvoza oldida turib talabalarning mashg‘ulotdan chiqishini ancha kutdik. Bu fil’mni ikki marta ko‘rdim.
Daraja-miqdor hollari ham boshqa turdagi hollar kabi birikmali kela olishi mumkin.
Mashq. Matndagi daraja-miqdor hollarini aniqlang. Qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganini ayting.
Meva bozorda sust ketadi. Tilanchilar va devonalar, boshqa hech kim deyarli ko‘rinmaydi. Vaqt peshindan biroz oqqan. Biz tentirab yurib, unda-bunda to‘xtab olxo‘ri qidiramiz. Bozorda olxo‘ri ko‘p bo‘lsa ham ancha qimmatga sotishadi. Biz esa arzonini qidiramiz. Nihoyat topamiz, ammo dumbul, mayda. Sotuvchidan so‘rayman:
- Narxi qancha turadi? Arzonroq bersangiz olamiz, aka.
... Savdo zo‘r bo‘ladi. Talashib, tortishib qadog‘ini bir miri kam bir tangadan, jami o‘n ikki tangaga shaftoli sotib olamiz. G‘izillab bozordan chiqib Balandmachitga boramiz. Nafs o‘lgur yomon, bir pasda o‘nta shaftolini eb qo‘ydik (Oybek).
Mashq. Berilgan misollar orasidan ravish hollari va daraja miqdlor hollari ishtirok etgan gaplarni ko‘chiring.
1. Oldimdan katta-kichik odamlar o‘tib turadi, lekin shaftoliga kimsa boqmaydi (Oybek). 2. O‘rtoqlarim bilan ko‘p o‘ynadik. 3. SHu voqeadan bir necha kun o‘tdi. Lazokat xolaning xonadoniga ancha fayz kirdi (M.Qoriyev). 4. El-yurt boshida yana qora bulutlar paydo bo‘la boshladi. Urushning sovuq shabadalari esib, sovuq xabarlar kela boshladi (M.Qoriyev). 5. Anchadan keyin buvim g‘imirsib o‘rnidan turdi-da tasbehini tokchaga qo‘yib, sekin oldimga keldi (M.Ismoiliy).
Do'stlaringiz bilan baham: |