Hol, uning turlari


Atov gaplar (nominativ) gaplar



Download 64,46 Kb.
bet18/20
Sana15.04.2022
Hajmi64,46 Kb.
#553555
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot

Atov gaplar (nominativ) gaplar predmet yoki hodisaning majud ekanligini bildiradi. Bunday gaplarda ega va kesim munosabati aniq ko‘rinmasa ham predikativlik va gaplarga xos bo‘lgan nisbiy tugal intonatsiya mavjud bo‘ladi.
Masalan: Keng dala. Bu erda har qanday odam bahri dili ochilib yaxshi dam oladi. Ko‘klam. Hammayoq yam-yashil libos kiygan. Nominativ gaplardan keyin, albatta, uning izohi, aniq mazmunini ifodalovchi ikki tarkibli gaplar keltiriladi: Tong. Quyosh erga oltin lentalar yoydi (O‘.Hoshimov). O‘qituvchi bo‘lish. Bu juda katta mas’uliyat talab qiladigan kasb.
Atov gaplar bitta so‘zdan tuzilishi yoki birdan ortiq so‘zlarning birikuvidan tuzilishi mumkin: Mayning so‘nggi kunlari. Talabalar yozgi ta’tilga qizg‘in tayyorlanishmoqda. Oddiy yoz tongi. Quyosh kalkovuz suvi bo‘ylab o‘sgan qalin tollarning uchida o‘ynaydi (Oybek). Ayrim vaqtda atov gaplar birdan ortiq - qator kelishi mumkin. Mart oyining oxirlari. Kunduz soat to‘rtlar chamasi. O‘quvchilarning qizg‘in munozaralari boshlandi.


Mashq. Berilgan misollar ichidan atov gap ishtirok etgan qurilmani ajratib ko‘rsating. Shu gapdagi kesim qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganini belgilab chiqing.
1. Jimjitlik. Giyohlar shitirlaydi, shamol chodirni silkitadi (S.Ahmad). 2. Vafo va sadoqatni timsoli bo‘lgan Mohlar oyim Farg‘ona xoni shoir Amir Umarxonning umr yo‘ldoshi, benazir maslahatchisi, she’riyat osmonida chaqnagan yulduz Nodirabegim edi (S.Ahmad). 3. Qish. Butun borliq oppoq choyshab bilan bezangan (Oybek). 4. Melodiy 1494 yilning yozi. Saraton issig‘ida Farg‘ona vodiysining osmoniga chiqqan quyuq bulutlar kun bo‘yi havoni dim qilib turdi-yu, kechki payt birdan jala quyib berdi (M.Ismoiliy). 5. Xazonrezlik payti. Hirot bog‘lariga suv beradigan Hirmiyrud daryosi va injil anhorining qirg‘oqlariga za’faron yaproqlar to‘kilgan (P.Qodirov). 6. Shu choldevor hovlimiz, shu tirikchilik ko‘zimga har qanday boylarning sersavlat uylaridan yaxshi ko‘rinadi (Oybek). 7. Hozir shu hamsuhbatlarining ko‘zlari daraxt yaproqlari ortida qoldi (T.Malik). 8. Niyoz hech bir mulozamatsiz mashinaning oldingi eshigini ochdi-da, o‘rindiqning changini qoqdi. 9. Ikkalamiz pushtada cho‘kkalab qoldik. 10. Kun sovuq. Quyosh dam ochilib ko‘ngillarni yoritib yuboradi, dam yopiladi-da, tumshayib oladi (Oybek). 11. Kech. Kun qoraygan. Temir yo‘l ustaxonasida majlis o‘tmoqda (Oybek).

Shaxsi umumlashgan gaplarda ko‘pincha nasihat, maslahat, odob o‘rgatish kabi mazmun anglashiladi.


Bunday gaplarda ba’zan ega mavjud bo‘lsa yoki uni topish mumkin bo‘lsa ham gapdagi mazmun o‘sha ega vazifasidagi so‘zga emas umumga qaratilgan bo‘ladi: Nimani eksang, shuni o‘rasan. Bu gapda qo‘llanmagan (yoki «tushib qolgan») ega sen so‘zi bo‘lsa ham mazmun umumga (hammaga) qaratilgandir. Shuning uchun bunday gaplar shaxsi umumlashgan gap hisoblanadi.
Shaxsi umumlashgan gaplar ko‘pincha maqollarda uchraydi: Birni kessang, o‘nni ek (Maqol). Dangasaga ish buyursang, senga aql o‘rgatar (Maqol). Aytar so‘zni ayt, aytmas so‘zdan qayt (Maqol). Otang bolasi bo‘lma, odam bolasi bo‘l (Maqol). Kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda (Maqol).


Mashq. Berilgan misollar orasidan shaxsi umumlashgan gaplar ishtirok etgan bo‘lsa, ularni ko‘chirib yozing.
1. Yomonga yaqin yursang balosi yuqar. 2. Dangasaga ish buyursang, senga aql o‘rgatar. 3. Sherzod bayramni o‘tkazish uchun o‘ziga yuz so‘m olib qoldi-da, qolgan pulning hammasini qishloqqa – singlisining nomiga jo‘natdi. Ayasi qanchalik quvonishini, qanchalik duo qilishini ko‘z o‘ngiga keltirib, o‘ziyam suyunib ketdi. 4. Ko‘z qo‘rqoq - qo‘l botir. 5. O‘g‘ri bo‘lsang ham, insof bilan bo‘l. 6. Otang bolasi bo‘lma, odam bolasi bo‘l. 7. Yetti o‘lchab bir kes. 8. Ko‘pdan quyon qochib qutilmas.

Download 64,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish