Savol va topshiriqlar:
Egasi topiladigan gaplar deb nimaga aytiladi?
Egasi ma’lum gaplarga ta’rif bering va misol keltiring.
Egasi umumlashgan gaplarga ta’rif bering va misol keltiring.
Shaxsi noaniq gaplar haqida ma’lumot bering.
Ushbu shaxsi noaniq gaplarni tahlil qiling:
O‘ylamasdan berilgan topshiriqni bajarish shart emas.
Bu yerda o‘rtoq Ergashevning xushyorligiga tan berish kerak.
Dars paytida tushunmagan o‘rinlarni ustozdan so‘rash joyiz.
18-AMALIY MASHG‘ULOT
BO‘LAKLARGA AJRALMAYDIGAN GAPLAR (SO‘Z-GAPLAR), ULARNING O‘ZIGA XOS SUSUSIYATLARI
Reja:
To‘liq va to‘liqsiz gaplar.
To‘liqsiz gaplarning tuzilish va qo‘llanish xususiyatlari.
Bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar. Bunday gaplar tarkibida ishtirok etgan so‘zlarni gap bo‘laklariga ajratib bo‘lmaydi. Agar bunday gaplar bir so‘zdan tuzilgan bo‘lsa, u so‘z hech qanday gap bo‘lagi nomi bilan atalmaydi. Ko‘pincha bu xildagi gaplar modal so‘z, undovlar yoki ma’no jihatdan boshqa turkumga ko‘chgan qani rost, to‘g‘ri kabi so‘zlardan tuziladi.
Bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar, asosan, dialoglarda qo‘llanadi va shu dialogda uning mazmuni to‘liq ochiladi.
Bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar tasdiq (mayli, xo‘p, albatta, ha, to‘g‘ri, darhaqiqat kabi) inkor (yo‘q, zinhor, kabi), so‘roq (to‘g‘rimi, rostdanmi, a kabi), his-hayajon, taajjub (iya, voy, voy bo‘, nahotki kabi) rasm-odat (salom, xayr, ko‘rishguncha kabi) ma’nolarini ifodalaydi.
Misol: - Ertaroq ketsak maylimi?
Mayli.
Kech qolmay tezroq qayting.
Xo‘p.
Fikrimizga tushundingizmi?
Xa.
Ertaga uchrasharmiz.
-A?
Bu ishni uch kunda bitiramiz.
Nahotki!
Mashq. Berilgan misollar orasidan bo‘laklarga ajralmaydigan gaplarning aniqlang. Ular qanday ma’no ifodalab kelganini tushuntiring.
1. Sharif u bilan do‘stlarcha ko‘rishdi.
-Xo‘sh? - dedi Sharif. – Ehsondan hech xat olasizmi?
-Yo‘q.
2. – Uyga borishga yurak yo‘q. Kampirga ro‘para bo‘lgani toqatim qolmabdi.
-Menda ozroq bor, - dedi Saidiy yonini kovlab.
-Yo‘... yo‘q.
-Yo‘q, bemalol. Menda uch so‘m bor. Ikki so‘mi etib turadi.
-Mayli. (A.Qahhor).
3. – Bozor yaxshi-da. Odam qalin, misoli daryoyi kabir, - deydi halfa.
-Bas! - deydi bobom charmdan boshini ko‘tarmay. (Oybek)
4. Tog‘alarim, halfalar ishlab o‘tirganda to‘satdan keksa halfa sukutni buzdi:
-Ertaga chorshanba bozorga boramiz-a?
-Ha (Oybek)
5. Bobom kulgidan kotib qoldi:
-Ey, tovba! (Oybek)
6. Oyim yana o‘ylanib o‘ylanib qoldi:
To‘g‘ri, - dedi anchadan keyin. (O‘.Hoshimov).
7. U sekin burildi:
-E, - dedi qo‘l siltab. - Har xil odam bor ekanda bu dunyoda (O‘.Hoshimov).
Bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar so‘z-gap deb ham nomlanadi. Bunday so‘z-gaplar to‘liqsiz gaplardan farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |