Mashq. Gaplarni o‘qing. Sifatlarni topib, tuzilishiga ko‘ra turini aniqlang.
1. Bunday tinch, ma’sud damlarda uni qog‘oz-qalam o‘ziga tortardi (P.Q.) 2. Bu shifobaxsh suvning topilganiga hali bir yil ham bo ‘lgani yo‘q (O.Y.) 3. U paxta ishi naqadar og‘ir ekanini, ayniqsa kuzda terim paytida, yo shu qari barchaning tinkasini quritishini yaxshi biladi (O.Y.) 4. Tezyurar lift qushday yengilgina uchib, Rasulni bir zumda to ‘rtinchi qavatga olib chiqdi (O.Y.). 5. Direktorimiz bizni tag‘in-da yuksak-yuksak zafarlar sari chorlaydi (T.M.) 6. Go‘yo Yusufbek ham o ‘zidek bir qonxo ‘rga bir zolimga aylansin emish (A.Qod.) 7. Qancha toza va musaffo, farahbaxsh, zebo, ey, odamzod, ibrat olgin yulduzlardan sen (M.Sh.) 8. Shu sokinlikni buzib, qaydadir kuchli portlash bo ‘ldi. Uning dahshatli ovozi tog‘ ko ‘kragiga qadalib aks-sado qaytdi (S.A.) 9. Xushkayfiyat odam
uchun tong otishini kuzatishdan zavqliroq yumush yo‘q (T.Mal.).
Mashq. Gaplarni o‘qing. Qo‘shma, murakkab va juft sifatlarni topib, ularni uch ustunda yozing.
1. Baland parvoz so ‘zlaringiz ko ‘nglimga zig‘ir yog‘iday urdi (O.) 2. Eshik ochilib yetti-sakkiz yosh-qari dehqonlar hujraga kirdilar (O.) 3. Zumrad yo ‘lning past-balandidan ehtiyot qadam tashlasa-da, qoqila-suqila borar edi (O.) 4. U soddaroq, qo‘polroq kiyingan, baqbaqasi qo‘sh qavat osilgan, keng yag‘rinli, mitti ko‘zlari ayyor, kalta to‘rva soqolli oltmish yoshlardagi kishi (O.) 5. Siyrak mallarang sochlari kechki shabadada hurpaygan, ko‘m-ko‘k ko‘zlari hayratdan chaqnagan (O.Y.). 6. To ‘rdagi kichkina eshik ochilib ichkaridan to‘la yuzlik, o‘siq qoshliq, og‘ir qarag ‘uvchi ko ‘zlik, siyrak soqol, o‘rta bo‘yluq, ustidan kimxob to‘n kiyib, beliga qilich osqan qirq besh yoshlar chamasida bir kishi ko ‘rindi (A.Qod.). 7. Men otamga jannatmakon Shohruh Mirzoga Kamarbasta o‘g‘il bo‘ldim qirq yil muttasil (M. Sh.). 8. Endi u yalang oyoq tanini oftob kuydirgan sho‘x, olov bola emas, sochlari oqargan, hayotning achchiq-chuchugini totgan Tolibjon edi (S.A.). 9. Hayitali oqsoqol cho‘rtkesar bir so‘zli edi (T.Mal.). 10. Sinf rahbari o ‘quvchisining sog‘-salomat ekanini bilib, ko‘ngli tinchidi (T.Mal.). 1 1. Hokim qulog‘iga bir-ikki
chalingan Saritepa qishlog‘i ham shu soyning o‘ng tomonida bo‘lib, o‘n-o‘n ikkitagacha pastu baland tomlardan iborat edi (M.).
O ‘quvchilarning qo ‘shma so ‘zlar bilan tanishtirish va ularning savodxonligini oshirish uchun turli o ‘yinlar, boshqotirma va tarqatma materiallardan ham foydalanish o ‘rinli bo ‘ladi. Masalan olmoshlarning tuzilishiga ko‘ra turlarini aniqlashda quyidagi terma mashqdan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |