3 Bob.Qurilish korxonalarida boshqaruv harajatlarini tahlil qilish usullari(“Makon-kapital invest” МChJ misolida)
Umumiy ma’lumotnoma
17.09.2007 da № 000517 – 02 raqam bilan davlat reestrida ro‘yxatga olingan.
Guvohnoma № 000517, 20.01.2012 dan Guvohnoma № 006229
Yuridik manzilgohi - Toshkent shahri, Mirobod t. Farg’ona yo’li ko’.Tel: 71-205-71-20
Mulchilik shakli: MCHJ
Asosiy faoliyat yo‘nalishi – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining
15.09.2007 yil 24/6 sonli qaroriga asosan Ipoteka krediti asosida yosh oilalar
uchun ko‘p qavatli turar joy binolari qurish.
«MAKON – KAPITAL INVEST» MCHJ ning tashkiliy tuzilmasi.
3.1. «Makon-Kapital Invest» MCHJ ning asosiy texnik – iqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili
«Makon-Kapital Invest» MCHJ ning ishchi kuchi bilan ta’minlanganligi
ISHLOVCHILAR TOIFASI
|
2017-YILDA
|
2018-YILDA
|
Farq (+/-)
|
Hamma xodimlar
|
50
|
53
|
+3
|
Asosiy faoliyatda
|
45
|
48
|
+3
|
Ishchilar-xizmatchilar
|
35
|
38
|
+3
|
Boshqaruvda
|
10
|
10
|
-
|
Rahbarlar
|
3
|
3
|
-
|
Mutaxassislar
|
7
|
7
|
-
|
Asosiy bo'lmagan faoliyatda
|
5
|
5
|
-
|
Korxonaning iqtisodiy salohiyati tarkibi Korxonaning iqtisodiy salohiyati (potensiali)ni (Kis) baholashda eng avvalo iqtisodiy tahlilning maqsadi va vazifasidan kelib chiqib, uni qiymati va xarajati nuqtayi nazaridan aniqlash lozim. Ushbu ko’rsatkichning to’liq qivmatini baholashda asosan buxgalteriya balansi ma‘lumotlaridan fovdalaniladi. Buning uchun buxgalteriya balansidagi asosiy vosita (Av), aylanma mablag‘lar (Am) va nomoddiy aktivlarning (Na) umumiy summalarini hamda hisob-kitob orqali aniqlangan ishchi va xizmatchilaming pulda ifodalangan qivmatini (Xq) olish mumkin.Shunday qilib, korxonaning iqtisodiy potensialini tahlil qilishda xo’jalik faoliyatida sodir bo’ladigan iqtisodiy jarayonida ishtirok etadigan barcha moddiy resurs (asosiy va aylanma mablag‘)lar, nomoddiy aktivlar va mehnat resurslari birgalikda mushtarak holda o'rganiladi. Moddiy resurslar va nomoddiy aktivlar to’g’risidagi ma‘lumotlar buxgalteriya balansida ifodalanadi, ammo mehnat resurslari esa bu hisobot tarkibida ko’rsatilmaydi.
Masalan, xodim korxona hisobidan 4 yil o'qigan. Birinchi yilda uning o'qishi uchun 200 ming so’m, ikkinchi yilda 250,0 ming so’m, uchinchi yilda 280,0 ming so’m va nihoyat to'rtinchi yilda 300,0 ming so’m pul to'lagan deb laraz qilsak, uning «shartli bahosi» 1030,0 ming so’mni tashkil qiladi. Agar xodimning o’qishi davlat yoki shaxsiy hisobdan amalga oshirilsa u holda korxona mazkur xodimni ishga qabul qilish bilan ushbu xarajatga tenglashtirgan miqdorda uning shartli qiymatini belgilash mumkin.Bundan tashqari, har yili davlat tomonidan diplom berilgan bakalavr, mutaxassis yoki magistming «narxini» ham markazlashgan tarzda aniqlab e‘lon qilib turishlari mumkin.
Xodimlaming umumiy qiymatini pulda ifodalash uchun quyidagi amalni
bajarish lozim. Birinchidan, barcha xodimlami kategoriyalarga bo’lib chiqadi.
Har bir kategoriyadagi xodimlami tayyorlashga ketgan qiymati aniqlanib, shu
kategoriya bo’yicha ularning umumiy summasi topiladi. Ikkinchidan, har bir
kategoriya bo'yicha aniqlangan summalami qo’shib xodimlarning «shartli
bahosini» ifodalaydigan jami summasini topishi mumkin. Buning uchun quyidagi matematik modelni qo’llash tavsiya qilinadi:
Bunda:
Xq — xodimlami tayyorlashga ketgan xarajatlaming jami summasi;
i — xodimlar kategoriyasining tartib soni (i =1,n);
n — xodimlar kategoriyasining umumiy soni;
a1— i kategoriya xodimlami tayyorlashga ketgan xarajatlar;
b1— i kategoriya xodimlaming malakasini oshirishga ketgan xarajatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |