Organik kimyo – organik birikmalar kimyosini o’rganuvchi fan.
Molekulasi tarkibida ,,C ‘’ atomi bo’lgan birikmalar organik birikmalar deyiladi. ( CO, CO2, HCN, HOCN, HSCN,H2CO3 va shu kislotalarning birikmalari anorganik birikmalarning muhim sinflariga xos xususiyatini nomoyon qilganliklari uchun anorganik kimyoda o’rganiladi !!!)
Berselius – fanga 4 ta termini kiritdi:
Organik kimyo -1808 yil 2. Izomeriya- 1830 yil 3. Allatropiya-1840 yil 4. Kataliz- 1835 yil
Organik kimyo tarraqiyotini 4 bosqichga ajratish munkin ! 1.Empirik davr—Insonning ilk bor organik moddalar bilan tanishuv davri.
Analitik davr--Dastlabki nazariyalar yaratilgan davr.
Tuzulish nazariyasi davri—tuzilish nazariyasi yaratilgan davrni o’z ichiga oladi.
Hozirgi zamon davri –molekular atomistic yoki ilmiy takomillashuv davri.
Eng muhim sintezlar
1).
1824-yil Vyoller laborotoriya sharoitida birinchi bo’lib ditsiandan – oksalat ( shavel) kislotani
kashf etdi. (CN)2+H2O=(COOH)2+ 2NH3
2). 1828-yil Vyoller ammoniy sianatdan mochevina (karbamidni) sintez qildi NH4CN NH2(CO)NH2
1842-yil Zinin nitro benzolni qaytarib anilinni sintez qildi. C6H5NO2+3H2S=C6H5NH2+2H2O+3S C6H5NO2+3H2=C6H5NH2+2H2O
C6H5NO2+ 3(NH4)2S=C6H5NH2+2H2O+3S+NH3
1845-yilda Kolbe etanoldan- sirka kislotani sintez qildi C2H5OH+{O}= CH3COOH + H2O
1854-yil Bertlo—yog’ni sintez qildi
1861-yil Butlerov chumoli aldegiddan Ca(OH)2 bilan qizdirib shakarsimon moddani sintez qildi. 6HCHO=C6H12O6
1814-yilda Krixgof kraxmalni gidrolizlab glukozasintez qildi.
Organik kimyodagi eng muhim nazariyalar
,, C” barcha birikmalarda ,,IV’’ valentli ekanligini 1857 – yili Kekule va Kolbelar tomonidan aniqlandi.
1860- yil ga kelib Kuper va Kekulelar tomonidan yana bir bor isbotlandi.
1815- yil Gey Lyusak, 1823- yilda Vyoller,1832-yil Libix tomonidan radikallar nazariyasi taklif qilindi
Uglerod atomlari o’zaro birikib uzun C-C bog’ hosil qilishi aniqlandi.(F.Kekule va A. Kuper , 1858)
Organik moddalar
|
Anorganik moddalar
|
Organik moddalar molecular tuzilishga ega bo’lgan birikmalar bo’lib,ularning molekulalari kovalent bog’lanish asosida vujudga keladi
|
Anorganik moddalar esa ko’pchiligi ion va qutubli kovalent bog’lanish asosida vujudga keladi
|
Organik birikmalar anorganik birikmalarga nisbatan barqaror emas, qizdirilganda oson parchalanadi. Ular 400-500*C artofida qizdirilganda to’liq parchalanib ketadi
|
Anorganik birikmalar organic birikmalarga nisbatan ancha barqaror
|
Organik birikmalar orasida ketadigan reaksiyalar sekinboradi bazilari katalizator ishtirokida ketadi
|
Anorganik birikmalar orasida reaksiyalar tez boradi
|
Organik birikmalarning 10 mln dan ortiq turi bor
|
Anorganik birikmalarning esa 400 000 dan ortiq
|