Сабр эса Айюбча йўқ умри Нуҳ4.
XLVII
Marhamatli Ayyubning bezori oʻgʻri egriligini tuzatgani...
Bir kecha hurmatli Ayyub Ilohiy sirlar kayfidan mast boʻlib, toat-ibodat qilib, sham’dek
koʻzidan yoshlar toʻkib oʻltirar edi. U durdek koʻz yoshi dengiziga gʻarq boʻlib, kuyibyonishda sham’ga qoʻldosh edi. Xilvatda bir burchakni oʻziga maskan qilgan, goʻyo bir
qutichaning ichidan eng toza dur oʻrin olgandek edi.
Shu kecha bir kisavur uning uyiga laxm kovlay boshladi. Kechasi bilan u yer ostini
oʻyib, yoʻl qilib chiqqanda, uyda bir odarnning boshini koʻrdi. Ayyub ham buni tushunib,
indamadi; ibodatda davom etib, buni oʻziga olmadi. Oʻgʻri esa oʻsha teshikning ichidan
chiqib, uydan nima topsa, hammasini toʻplab, qanchasini koʻtara oladigan boʻlsa,
moʻljallab, orqasiga maxkam tangʻib bogʻladi. Laxmga kirmoqchi boʻlgan edi, teshik
kichkina, yuk esa juda ham katta boʻlganidan unga sigʻmadi. «Inining torligidan xafa
sichqon dumiga gʻalvirni ham boylab olibdi» (degan gap bor). Uning qiynalib qolganini
koʻrib, Ayyub oʻrnidan turdi-da, eshikni ochib, unga yoʻlni koʻrsatdi.
— Yuking katta boʻlib ketibdi, teshiging esa kichik. Yoʻldan chiqa qol, mana, eshik
ochiq.
U qancha gumrohlik koʻrsatgan boʻlsa, shayx unga shu xilda yoʻl koʻrsatdi. Kishi birovga
shu xilda yoʻl koʻrsatgandan keyin, u bunday yoʻldan chetga chiqishi mumkinmi?!
Bu ahvol oʻgʻrini ojiz qilib qoʻydi, ogʻir yuk esa qaddini bukdi. Vujudini bir oʻt yondirib
dard berib, bundan lojuvard osmonning ham isitmasi chiqib ketdi. Elkasidagi yukni shu
oʻtga tashlab, oʻz vujudining yukini ham kuydirishga tayyor edi. Bu ranju malolatdan
muztar boʻldi, xijolat uni xasdek oʻrtantirdi. Na’ra tortib, seldek koʻz yoshi toʻkdi;
shayxning oyogʻiga boshini fido qildi. Shayxning yaxshiligi, gunohini afv etgani tilini lol etdi, marhamatining Vuki esa jismini bexol qildi. Shayx marhamat qilib, uning koʻzidagi yoshini artdi, lutf koʻrsatib, boshini yerdan
koʻtardi. Uning dardu ahvolini tushunib, faqirlik xirqasini kiyishni tavsiya etdi. Tasavvuf
yoʻli oʻz oʻti bilan uning jonini kuydirib, undan biron nishon ham qoʻymagandek edi.
Uning butun borligʻi xasdek shu oʻtda kuydi. U shu oʻtdan koʻp yorugʻlik topdi. Kamolot
egasi uni shunday parvarish qilib, bir afv bilan shuncha narsaga ega boʻla oldi.
Navoiy, telbalikni qoʻyib, sen ham bir odarnning etagini ushlasang nima qilardi.
Soqiy, gunohimdan oʻtib, qoiimdan tutki, jonim ogʻzimga kelib, chiqay deb turibdi. Tez
boʻl, bir qadah bilan menga kushoyish ber. Umrim Nuh umricha boʻlmasa ham, sabrda
Ayyubcha borman.
Do'stlaringiz bilan baham: |