35
Umuman, bodroq makkajo‘xori kenja turning o‘ziga
xos xususiyatlari
mamlakatimiz sharoitida juda kam o‘rganilgan. Shuning uchun uning ayrim xillari,
ayniqsa, sariq va qora rangli xillini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Chunki
uning o‘simliklari va donlari nisbatan mayda bo‘lishiga qaramasdan yuqori sifatga
ega hamda undan shirin va mazali bodroq mahsulotlari tayyorlash mumkin.
2.3. Tadqiqot uslublari
Dala tajribalari Samarqand viloyati jomboy tumanidagi “Laylo tursunova
yerlari” fermer xo‘jaligida 30×50 m kattalikdagi maydonlarda va 3 takrorlikda
amalga oshirildi. Tajriba dalalarida bajarilgan barcha
agrotexnik tadbirlar shu
mintaqada keng qo‘llanilayotgan uslublar asosida hamda makkajo‘xorining
biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirildi.
Tadqiqot olib borish uchun tajriba dalasini tanlash va tajriba o‘tkazish,
tuproq va o‘simliklarning namunalarini olish va tahlil qilish, fenologik kuzatishlar
O‘zPITI [18]
metodlari va Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti olimlarining
tavsiyalari asosida amalga oshirildi.
Tajriba o‘tgazilgan yer kuzda shudgor qilindi. Erta
bahorda tuproq yetilishi
bilan baronalash o‘tkazildi. Saralab terilgan urug‘lar suvga bir sutka davomida
ivitilib, 11-aprelda qator oralari 60 sm qilib tekis yerga ekiladi. Tajriba
maydonining tuproqlari o‘tloq bo‘z tuproqlardan iborat.
Asosiy agrotexnik tadbirlar xo‘jalikda qabul qilingan me'yorlar
asosida
o‘tkazildi. Maysalar to‘liq unib chiqqandan keyin yagonalash ishlari o‘tgazildi va
ko‘chat qalinligi o‘rtacha 18-20 sm hisobida qoldiriladi. Bu ko‘rsatkich gektariga
80-85 ming to‘pni tashkil qildi. Barcha fenologik kuzatuvlar va biometrik
o‘lchovlar Samarqand qishloq xo‘jaligi institutida
ishlab chiqilgan va tavsiya
etilgan (2002) usullarga asoslandi. Asosiy diqqat e'tibor bodroq makkajo‘xori
kenja tunning suv almashinuv xususiyatlari va hosildorlik jarayonini o‘rganishga
qaratilgan bo‘lib, quyidagi ko‘rsatgichlar aniqlandi: Makkajo‘xorining suv
almashinuv xususiyatlari,ya’ni barglardagi suv miqdori, barglarning suv taqchillik
36
hamda suv saqlab turish qobiliyatlari, hosildorligi. Bu ko‘rsatkichlar
makkajo‘jxorida 7-8 ta chin barg paydo bo‘lishi va so‘talarning mum-pishish
oralig‘ida har 10 kunda o‘tkazildi.
Assimilyasiya
qiluvchi
a’zolarning
suv
saqlash
qobiliyati
A.A.Nichiporovich [19] metodi bilan o‘rganildi. Kuning eng issiq vaqtida (13
00
)
o‘simliklardan olingan barglarni bir
soat davomida suvda saqlash, hamda 1 soat
ochiq havoda saqlab og‘irligini o‘lchashlar orqali barglarning suv taqchillik
darajasi va suvni saqlash qobiliyati tekshirildi. Barglarning quruq og‘irligi 105°C
da quritgich shikafida doimiy og‘irlikgacha quritish usuli bilan, o‘simliklarning
quruq og‘irligiga azotning ta'siri va barg to‘qimalaridagi
suvning miqdori
aniqlandi.
Barglardagi suv miqdori kuniga 7 marta tortish yo‘li bilan aniqlandi [19].
Barglardagi to‘liq to‘yinishga nisbatan suv tanqisligi Chatskiy [34] metodi
bo‘yicha mavsum davomida kuniga 3 marta: soat 8, 13, 18 da aniqlandi va Stocker
formulasi asosida hisoblab chiqildi.
Tajribalar natijasida olingan ma'lumotlar B.A.Dospexov (1985) usuli asosida
matematik tahlil qilindi.