3.3. Bodroq makkajo‘xori duragaylarining suv saqlash qobiliyati
Makkajo‘xori o‘simliklarining tanasida to‘xtovsiz suv almashinish jarayoni
sodir bo‘lib turadi. Bunday jaryonlar makkajo‘xorining suvalmashinish
xususiyatlarini belgilaydi. Suv almashinuv jarayoni uch bosqichdan iborat: 1)
suvning ildiz tamonidan shimilishi; 2) o‘simlik tanasi bo‘ylab harakati va
taqsimlanishi; 3) barglar orqali bug‘lanishi – traspiratsiya bu bosqichlarning har
biri bir qancha jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Makkajo‘xorining suv almashinuv
xususiyatlari bir qancha omillarga: o‘simliklar o‘sish davrlariga, ildiz tizimining
rivojlanish xususiyatlarga, tuproq muxitiga iqlim omillarga mineral ozoqlanish
darajasiga va boshqa omillarga bog‘liq [6].
Makkajo‘xorining suvga bo‘lgan ehtiyoji ularni kenja turlari va navlarining
xususiyatlariga, iqlim sharoitlariga, havo tuproqning quruqlik darajasiga (qumli,
qumoq yoki og‘ir tuproqlar), rivojlanish bosqichlariga va bu paytda makkajo‘xori
tanasida to‘planadigan hosil moddalar miqdoriga, agrotexnologik tadbirlarga ham
bog‘liq. Hadeb sug‘oraverish natijasida tuproq haddan tashqari namlanib ketsa,
makkajo‘xorining suv almashinish jarayoni buziladi, o‘suv jarayoni kuchayib
g‘ovlash yuzaga keladi [11,14].
Suv
bilan
me’yorida ta'minlangan makkajo‘xori
o‘simliklarining
morfologiyasi, anatomiyasida va kimyoviy tarkibida sezilarli o‘zgarishlar yuz
beradi. Masalan ularning yer ustki poyalarining uzunligi va barglarining soni
ortadi, hosil elementlarining o‘lchami kattalashadi, tanasidagi suv miqdori ortadi.
13
47
Barglarida xilorofill miqdori ko‘payadi, umuman, makkajo‘xori o‘simliklarining
yer utski qismlarining massasi yer ostki qismlari massasiga nisbatan bir necha
marta ortishi kuzatiladi. O‘zlashtirilgan suvdan uzoq muddat davomida
foydalanish tufayli barglarning hayot faoliyati uzayadi. Makkajo‘xori barglarining
doimiy yashil bo‘lib turishi tuproqda suvning me'yorda bo‘lishi bilan bog‘liq. Suv
tanqis bo‘lgan sharoitda makkajo‘xorining o‘sishi keskin sekinlashadi. Barglari
maydalanib, ancha erta sarg‘ayadi. Poyasi ingichka tortib, zaiflashib qoladi va
natijada shamolga bardosh berolmay yotib qolishi mumkin. hosil organlarining
shakllanishi, rivojlanishi va donning qo‘yilishi yomonlashadi.
Bodroq makkajo‘xori duragaylarining suv almashinuv jarayonining muhim
ko‘rsatkichlaridan biri, to‘qimalarning suvni saqlash qobiliyati bo‘lib, bu jarayon
ko‘pgina omillarga bog‘liq ravishda o‘simlikda kechayotgan fiziologik jarayonlar
va hosildorlikka juda katta ta'sir etadi. Tuproq namligi bir xil bo‘lgan sharoitda,
ayrim navlarning suvni saqlash qobiliyati kuchliligi kuzatilladi. Bu esa shu
navlarning qurg‘oqchilikka chidamldilik darajasi yuqori ekanligidan dalolat beradi.
Qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklarning qurg‘oqchilik sharoitida suvni
saqlash qobiliyati chidamsiz navlarga nisbatan ancha yuqoriligi kuzatilgan.
Chunki, o‘simlik hujayrasining suvsizlikka chidamliligi yoki suvni saqlash
qobiliyati, suvning membranadan o‘tish jarayonlarini ta'minlovchi bir butun
fiziologik ko‘rsatkich hisoblanadi.
Suvni saqlash qobilyati makkajo‘xori barglarining dinamik ko‘rsatkichi
bo‘lib, bu jarayon o‘simlikning o‘sishiga, o‘sish fazalariga, vegetasiya davridagi
meteorologik sharoitga, agrotexnik tadbirlarga, navlarning xususiyatlariga, sutkalik
vaqtga, tuproq iqlim sharoitiga, suvsizlikning davom etish muddatiga bog‘liq
ravishda o‘zgarib turadi. Aniqlanishicha, tuproqda namlik miqdori yetishmaganda
va azot me'yorida bo‘lganda makkajo‘xorining suvni saqlash qobiliyati darajsi
kuchayadi (3.3-jadval).
3.3-jadvalda keltirilgan ma'lumotlar makkajo‘xorining ro‘vaklash, so‘ta
chiqarish va sut pishish fazalarida olingan.
3
48
3.3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |