O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI FIZIKA VA MATEMATIKA FAKULTETI MATEMATIKA VA INFORMATIKA TA’LIM YO’NALISHI 104-GURUH TALABASI Bahodirova Sohiba 2022-YIL 18-APRELDAN 2022-YIL 23-APRELGACHA O’TKAZILGAN O’QUV AMALIYOTI
HISOBOTI
Universiteti Fizika va matematika fakulteti matematika
va informatika ta’lim yo’nalishi 104-guruh talabasi
Bahodirova Sohibaning o’quv amaliyoti davomidagi oylik
HISOBOTI
Men Bahodirova Sohiba Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida joylashgan Informatika va Axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan 319-sonli IDUM da 18-apreldan 16-maygacha o’quv amaliyotida bo’ldim. Amaliyotning birinchi kunida bizga fakultetimiz tomonidan biriktirilgan R.Mallayev va Sh.Bekchonova boshchiligida maktab bilan tanishdik. Ushbu maktab 1996-yilda tashkil topgan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi 679-sonli qaroriga asosan, kapital ta’mirdan chiqarib tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tgan. Maktab direktori: Toshmatova Sayohat Omonovna. Maktab deriktori sifatidagi ish faoliyatini 2015-yil 15-iyuldan boshlagan. Maktabda 757 nafar o’quvchi tahsil olayotgan bo’lib, shulardan 363 nafarini qizlar tashkil etadi. Muassassada 49 ta pedagog xodimlar faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar. Shundan 2 nafari Oliy toifa, 9 nafar birinchi toifa, 16 nafar ikkinchi toifa va 22 nafari fan mutaxassislari hisoblanadi Ta’lim tili asosan o’zbek va rus tillarida olib boriladi.O’quvchilarning darsdan bo’sh vaqtlarini sifatli va mazmunli o’tkazish uchun maktabda ko’plab fan to’garaklari tashkil etilgan bo’lib, to’garaklar malakali o’qituvchilar tomonidan olib boriladi.
O’quvchilarga qulaylik yaratish maqsadida 3 ta maxsus fan xonalari, 2 ta mehnat, tibbiyot hamda tish shifokori xonasi, 120 o’rinli faollar zali, 210 o’rinli oshxona va 1 ta sport zali tashkil etilgan.
2022-yil 19-aprel ertalab 8:10 da maktabga yetib keldim. O’qituvchilar xonasida guruhimiz bilan kelishilgan holda to’plandik. Amaliyot o’qituvchilarimiz va maktab direktori bizni davomat qilishdi. 8:30 da dars boshlanishi bilan 1-soat 5-,,B’ sinf matematika darsiga kirdik. Dars matematika fan o’qituvchisi Amonova Shohsanam tomonidan olib borildi. Biz esa o’quvchilar va o’qituvchi qo’llagan metodni diqqat bilan kuzatib, darslarni tahlil qilib bordik.
Biz ikkinchi kuni maktabning amaldagi meyoriy hujjatlari, davlat ta’lim standarti, o’quv dasturlari bilan tanishdik. Umumiy o’rta ta’limning tayanch o’quv rejasi quyidagilardan iborat ekan:
Do'stlaringiz bilan baham: |